- Asosiy sahifa
- Yangiliklar
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 26 maydagi PF–98-son Farmoni bilan yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan islohotlar doirasida 2027 yil 1 yanvardan boshlab ilmiy darajalar berish tartibida muhim o‘zgarishlar joriy etilmoqda. Xususan, ilmiy kengashlar faoliyati samaradorligi va mustaqilligini oshirish maqsadida Oliy attestatsiya komissiyasining fan tarmoqlari bo‘yicha ekspert kengashlari tomonidan dissertatsiyalarni ilmiy ekspertizadan o‘tkazish hamda himoya qilingan dissertatsiyalar bo‘yicha ilmiy kengash qarorlarini Rayosat qarori bilan tasdiqlash amaliyoti bekor qilinadi. -
2026 yil 10 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlis kun tartibiga muvofiq, belgilangan muddatlarda taqdim etilgan attestatsiya ishlarini ko‘rib chiqish, ayrim ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish, yangi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarni tashkil etish, nizom talablariga muvofiq bir martalik ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarni tuzish, malakaviy imtihonlar dasturlarini tasdiqlash hamda attestatsiya jarayoniga oid boshqa masalalar muhokama qilindi.
-
Ayrim ijtimoiy tarmoqlar va axborot platformalarida Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyati, xususan, ilmiy darajalarni tasdiqlash jarayonlari yuzasidan haqiqatga to‘liq mos kelmaydigan hamda asossiz xulosalar bildirilmoqda.
Avvalo ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni asosida Oliy attestatsiya komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Farmonga ko‘ra 2027 yil 1 yanvarga qadar Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya himoyasi to‘g‘risida e’lon berilgan va dissertatsiya himoyasini o‘tkazgan izlanuvchilarga ilmiy darajalar mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar amalda bo‘lgan tartibga muvofiq berilishi belgilangan. -
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 26 maydagi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida dissertatsiya himoyasi jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlash joizki, Farmonga muvofiq 2026 yil 1 avgustdan boshlab dissertatsiya himoyasi bilan bog‘liq barcha jarayonlar yagona onlayn elektron platforma orqali amalga oshirilishi belgilangan. Shu munosabat bilan axborot tizimini yaratish, uni davlat axborot resurslari bilan integratsiya qilish, funksional imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash ishlari deyarli to‘liq yakunlanish arafasida. -
Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan «Ijtimoiy-gumanitar ixtisosliklarda dolzarb mavzularni tanlash va ularni shakllantirish masalalari» mavzusida ovozli chat formatida ochiq muloqot tashkil etildi.
Ochiq muloqotda O‘zbekiston Milliy universiteti kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Jamila Jumabaeva ma’ruza bilan ishtirok etib, o‘zining ko‘p yillik ilmiy-pedagogik va amaliy tajribasiga tayangan holda mazkur yo‘nalishdagi muhim masalalar yuzasidan taqdimot qildi. -
Mamlakatimizda ta’lim va fan sohalarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, ilmiy hamda ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan, 7.07.2026 y. kuni Oliy attestatsiya komissiyasida pedagogika fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar ilmiy kotiblari ishtirokida hamda onlayn tarzda tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 26 may kuni qabul qilingan “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va amaliyotga tatbiq etilayotgan yangiliklar yuzasida keng ma’lumot berildi. -
Oliy attestatsiya komissiyasi raisi v.v.b. A.A.Shermuxamedov tomonidan Qoraqalpoq davlat universitetida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta`lim va ilmiy tadqiqot tashkilotlari huzuridagi ilmiy kengashlar rahbariyati, professor-o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot va sayyor qabul o‘tkazildi (02.07.2026 y.).
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilayotgan yangiliklar va ularni amaliyotga tatbiq etilish jarayoni yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berish maqsadida tashkil etildi. Shuningdek, uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmoni ijrosini ta’minlash va “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida o‘tkazildi. -
Davlatimiz rahbarining 2026-yil 26-maydagi “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni sohada yangi davrni boshlab berayotgan muhim huquqiy hujjatdir. Binobarin, ushbu farmon nafaqat mavjud tizimni takomillashtirish, balki ilmiy daraja berish, doktorantura faoliyati, ilmiy kengashlar mas’uliyati va akademik halollikni ta’minlash bo‘yicha mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etishni ko‘zda tutmoqda.
-
Mamlakatning ilmiy-texnik va innovatsion taraqqiyotida ixtiro va seleksiya yutuqlari muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, mazkur kashfiyot va tajribalar asosida yangi texnologiyalar, raqobatbardosh mahsulotlar, yuqori hosilli navlar va resurs tejovchi echimlar real hayotgan tatbiq etiladi. Bu nafaqat ilm-fan, balki iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarish samaradorligini ham oshirishga xizmat qiladi.
-
Oliy attestatsiya komissiyasi raisi v.v.b. A.A.Shermuxamedov tomonidan Samarqand davlat universitetida viloyatdagi oliy ta`lim va ilmiy tashkilotlar huzuridagi ilmiy kengashlar rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va yosh ilmiy tadqiqot bilan ochiq muloqot va sayyor qabul o‘tkazildi (25.06.2026 y.).
Bosh menyu
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»
- Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
- Ochiq ma’lumotlar
- Ixtisosliklar ro‘yxati
- Rayosat majlislari
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
- Gender tenglik
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tahliliy ma’lumotlar
Yangiliklarga obuna bo‘lish
Foydali resurslar
So‘rovnoma
-
Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy veb-saytiga baho bering