OAKning tarkibiy tuzilmalari.
OAK quyidagi tarkibiy tuzilmalardan iborat:
- Kotibiyat
- Axborot-tahlil bo‘limi
- Buxgalteriya, yuridik maslahatchi
Kotibiyat
Xujakulov Axtam Pardaboevich
b.f.n.,katta ilmiy xodim (Kimyo, biologiya va geologiya-minerologiya fanlari bo‘yicha bosh inspektor)
1975 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan.
Guliston davlat universitetini 1998 yilda kimyo mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.
1998-2013 yillarda Bioorganik kimyo va Mikrobiologiya institutlarida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.
2013 yildan boshlab OAK Kotibiyatida bosh inspektor lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Zufarov Aziz Alimdjanovich
tib.f.d. (Tibbiyot fanlari bo‘yicha bosh inspektor)
1971 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutini 1994 yilda pediatriya ishi mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.
1994-2013 yillarda Toshkent pediatriya tibbiyot institutida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.
2013 yildan boshlab OAK Kotibiyatida bosh inspektor lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Mamatmusaev Toxir Shaydulovich
arxitektura fanlari doktori (DSc) (Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha bosh inspektor)
1982 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan.
2006 yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan.
2006-2020 yillarda Toshkent arxitektura-qurilish institutida faoliyat ko‘rsatgan.
2021 yildan boshlab OAK Kotibiyatida bosh inspektor lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Yuldoshev Yusuf Sherlievich
texnika fanlari bo‘yicha PhD, (Fizika-matematika va texnika fanlari bo‘yicha bosh inspektor)
1986 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan.
2012 yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan.
2013-2020 yillarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi axborot – kommunikatsion texnologiyalari ilmiy – innovatsion markazida fa’oliyat ko‘rsatgan.
2021 yildan boshlab OAK Kotibiyatida bosh inspektor lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Inoyatova Yulduz Abduvaxabovna
Tibbiyot fanlari nomzodi (bosh inspektor)
1974 yili Toshkent shaxrida tug‘ilgan. Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutini 1998 yilda tibbiy-profilaktika ishi mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. 1998-2005 yildarda Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutida faoliyat ko‘rsatgan. 2005 yildan boshlab OAKda faoliyat ko‘rsatadi.
Abduraxmanov Ubaydulla Zulfiqorovich
Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim (qishloq xo‘jaligi va veterinariya fanlari bo‘yicha bosh inspektor)
1984 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan.
2009 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
2010-2014 yillarda O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti, 2014-2023 yillarda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida faoliyat ko‘rsatgan.
2020 yildan boshlab OAKda faoliyat ko‘rsatadi.
Kotibiyatning asosiy vazifalari:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlari va topshiriqlarini o‘z muddatida samarali va natijali ijro etilishi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini taaluqliligi bo‘yicha muddatida sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
- faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha himoya qilingan falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalarining O‘zbekiston Respublikasi OAK talablariga muvofiqligi yuzasidan shaxsan javob beradi va OAK Rayosati majlisida belgilangan tartibda hisobot beradi;
- yuqori tashkilotlar qaror va topshiriqlari hamda tegishli hisobotlarni o‘z yo‘nalishida muddatida sifatli ijrosini ta’minlaydi;
- mas’ul bo‘lgan ekspert kengashlari ishini tashkil etadi;
- hujjatlar, qarorlar, buyruqlar, shuningdek, hisobotlar, statistik shakllar, tahliliy materiallar, elektron bazalar, xatlar, fuqarolar murojaatlariga javoblar va boshqalarni o‘z vaqtida sifatli tayyorlaydi;
- AKTdan samarali foydalanadi va axborot xavfsizligini ta’minlaydi;
- dissertatsiyalar himoyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni OAK veb-sayti va «OAK Byulleteni» jurnalida chop etish uchun taqdim etilgan hujjatlarni me’yoriy-texnik ekspertizadan o‘tkazadi va tegishli hujjatlarni OAK Tartib-qoida komissiyasiga muhokamaga va veb-saytga joylashtirishga taqdim etadi;
- ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar bo‘yicha attestatsiya ishlarini me’yoriy-texnik ekspertizadan o‘tkazadi, ularga xulosa beradi hamda OAK Tartib-qoida komissiyasiga muhokamaga taqdim etadi;
- ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar, ular qoshidagi ilmiy seminarlar va OTM/ITMlari kengashlari faoliyatini o‘rganishni tashkil etadi va o‘rganish natijalari bo‘yicha tegishli materiallarni tayyorlanishini ta’minlaydi;
- ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash (bir martalik ilmiy kengash)larni tuzish va ular faoliyati bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqishni tashkil etadi.
OAK Axborot-tahlil bo‘limi
Mahmanov Orif Qudratovich
texnika fanlari doktori (DSc), dotsent (bo‘lim boshlig‘i)
1988 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan.
2013 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan.
2013-2014 yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish markazida, 2013-2014 yillarda "OAK AKT joriy etish va rivojlantirish markazi"da faoliyat ko‘rsatgan.
2024 yildan boshlab OAKda bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Zulunov Satvoldi Mamatovich
Fizika-matematika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim (bosh mutaxassis)
1949 yida Andijon viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini 1971 yilda matematika mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. 1971-1993 yildarda Rossiya FA Sibir bo‘limida, O‘zbekiston Respublikasi FA Matematika institutida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. 1993 yildan boshlab OAKda faoliyat ko‘rsatadi.
OAK Axborot-tahlil bo‘limining asosiy vazifalari:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlari va topshiriqlarini o‘z muddatida samarali va natijali ijro etilishi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini taaluqliligi bo‘yicha muddatida sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
- OAK bo‘linmalaridan tegishli ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish asosida chorak va yillik hisobotlarni tayyorlash va yuqori tashkilotlarga taqdim etish;
- OAK veb-sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish ishlarini tashkil etish;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishidagi nis.egov.uz tizimi savolnomasini muddatida, sifatli va ob’ektiv ma’lumotlar bilan to‘ldirib borish;
- mas’ul xodimlar bilan birgalikda OAK veb-sayti, axborot tizimlar va elektron hujjat aylanish tizimlarining tegishli ravishda ishlashini ta’minlash;
- oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yuritish va yangilab orish, OAK tegishli bo‘linmalari bilan birgalikda oylik hisobot ma’lumotlari va statistik axborotlarni tayyorlash.
Yuriskonsul`t
Masaidova Marg‘uba Muratovna
1-darajali yurist (Yuriskonsul`t)
1979 yilda Qirg‘iziston Respublikasi, O‘sh shahrida tug‘ilgan.
Toshkent davlat yuridik isntitutini 2008 yilda tugatgan.
2010 yili 2- Toshkent yuridik kolleji mahsus fanlar kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat qo‘rsatgan. 2010 yildan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya kommissiyasi yuridik maslahatchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Yuridik maslahatchining asosiy vazifalari:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlari va topshiriqlarini o‘z muddatida samarali va natijali ijro etilishi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini taaluqliligi bo‘yicha muddatida sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
- OAKning huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish;
- OAK tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;
- OAKning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida tuzilmalar ishini muvofiqlashtirish;
- OAK xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali etkazishda ishtirok etish;
- shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, davlat organi va tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash.
Buxgalteriya
Isroilov Zoxid Barotovich
Bosh xisobchi
Tel: (71) 233-11-43, e-mail: vakglbux@oak.uz
1983 yilda Jizzax viloyati Baxmal tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat agrar universitetini 2004 yilda tugatgan.
2005-2010 yillarda Xalq ta’limi vazirligida va vazirlik tasarrufidagi tashkilotlarda hisobchi va bosh hisobchi, 2011-2012 yillarda Markaziy davlat arxivida bosh hisobchi lavozimida lavozimida faoliyat qo‘rsatgan. 2012 yildan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya kommissiyasi bosh hisobchi lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Ponomaryova Svetlana Valer`evna
1-toifali hisobchi
Tel: (71) 233-11-43, e-mail: ponomareva.s@oak.uz
1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2008 yilda Toshkent temir yo‘l transporti kasb-hunar kollejini tugatgan. 2010 yildan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya kommissiyasi 1-toifali hisobchisi vazifasida faoliyat olib bormoqda.
Buxgalteriyaning asosiy vazifalari:
- Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq holda buxgalteriya ishini tashkil etish;
- byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larining maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlaydi hamda ularning hisob-kitobini olib borish;
- soliq inspeksiyasi, statistika boshqarmasi, bank va nafaqalar jamg‘armasiga hisobotlar tayyorlash va topshirish;
- debitorlik va kreditorlikni doimiy ravishda nazorat qilib boradi; doimiy ravishda kassa inventarizatsiyasini o‘tkazadi; davlat xaridlari bo‘yicha elektron savdolarni tashkil etish;
- OAK ish haqi va boshqa to‘lovlar to‘g‘risidagi hisob-kitoblarni yuritish;
- bank va G‘aznachilik uchun to‘lov topshiriqnomalarini tayyorlash;
- kassa va haqiqiy xarajatlar hisobotini yuritish;
- mulk hisob-kitobini olib boradi va buxgalteriya hisobi va hisobotini olib borish;
- g‘aznachilikda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun shartnomalarni tayyorlash.