Fan tarmog‘i – muayyan belgilar asosida mohiyatan bir-biriga yaqin ixtisosliklar guruhi (ixtisosliklar)ning tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha guruhlanishi. 

Fan tarmog‘i shifri (raqami) – oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxatidagi muayyan fan tarmog‘ining fan tarmoqlari tarkibida raqamlangan tartib raqami.

Tegishli attestatsiya tadbirlarini raqamlashtirishda fan tarmoqlari nomini qisqa ifodalab berish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu masala, birinchi navbatda, ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar, dissertatsiya himoyalarini o‘tkazishga ruxsat berilgan fan tarmoqlari hamda attestatsiya ishlarini raqamlashtirishda muhim o‘rin tutadi. Chunki mazkur holat ilmiy kengashga qaysi fan tarmog‘i bo‘yicha himoya ishlarini o‘tkazishga ruxsat berilganini ko‘rsatadi. Fan tarmoqlari nomi ular nomining bosh harflari asosida qisqartirib beriladi.

Fan tarmog‘i shifri   Fan tarmog‘i nomi Qisqartirilgan nomi
01.00.00 Fizika-matematika fanlari FM
02.00.00 Kimyo fanlari K
03.00.00 Biologiya fanlari B
04.00.00 Geologiya-mineralogiya fanlari GM
05.00.00 Texnika fanlari T
06.00.00 Qishloq xo‘jaligi fanlari Qx
07.00.00 Tarix fanlari Tar
08.00.00 Iqtisodiyot fanlari I
09.00.00 Falsafa fanlari  F
10.00.00 Filologiya fanlari Fil
11.00.00 Geografiya fanlari Gr
12.00.00 Yuridik fanlar Yu
13.00.00 Pedagogika fanlari Ped
14.00.00 Tibbiyot fanlari Tib
15.00.00 Farmatsevtika fanlari  Far
16.00.00 Veterinariya fanlari V
17.00.00 San’atshunoslik fanlari San
18.00.00 Arxitektura A
19.00.00 Psixologiya fanlari P
22.00.00 Sotsiologiya fanlari S
23.00.00 Siyosiy fanlar Ss
24.00.00 Islomshunoslik fanlari Isl

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish