-
-
-
Strategiya beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 100 ta maqsadni o‘z ichiga oladi: birinchidan, har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish; ikkinchidan, barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash; uchinchidan, suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish; to‘rtinchidan, qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish; beshinchidan, “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish. Strategiyada inson kapitalini rivojlantirish, sifatli ta’lim, zamonaviy sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, iqtisodiy o‘sish, ekologik barqarorlik, samarali davlat boshqaruvi, adolat, ochiqlik, xavfsizlik va konstruktiv tashqi siyosat masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Matbuot
-
Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Munira Aminova rahbarligida jamoa a’zolari ishtirokida ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda komissiya faoliyatini yanada samarali tashkil etish, jamoatchilikda tashkilot imidjiga nisbatan shakllangan salbiy munosabatni o‘zgartirish va attestatsiya ishlari sifatini oshirish masalalariga alohida urg‘u berildi. Shuningdek, faoliyatda xolislik, shaffoflik va ochiqlik tamoyillariga ustuvor ahamiyat berish zarurligi ta’kidlandi. -
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Aminova Munira Abdugafurovna O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi etib tayinlandi.
Aminova Munira Abdugafurovna mazkur tayinlovga qadar Buyuk Britaniyaning Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti bilan hamkorlikda Toshkent shahrida tashkil etilgan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti rektori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Moliya vazirligi, Xalqaro Vestminster universiteti, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (New York), Xalqaro ma’muriy fanlar instituti (Brussel), Evropa Ittifoqi dasturlari hamda Belgiya va Niderlandiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida rahbarlik, ilmiy-pedagogik va ekspertlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
M.A. Aminova — siyosiy fanlar doktori, davlat boshqaruvi va oliy ta’lim sohalarida katta tajribaga ega. U Toshkent davlat texnika universiteti, Buyuk Britaniyadagi Birmingem universiteti va Brussel Vrije universitetida tahsil olgan.
Uning davlat boshqaruvi, oliy ta’lim, institutsional rivojlanish va xalqaro hamkorlik sohalaridagi keng milliy va xalqaro tajribasi O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishga, jumladan, institutsional modernizatsiya, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy diplomatiya va raqamli transformatsiya tashabbuslarini ilgari surishga xizmat qilmoqda.
2024-yildan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining maslahatchisi sifatida faoliyat yuritmoqda. -
Ta’lim va ilmiy-tadqiqotlar sifatini oshirish hamda professor-o‘qituvchilar va kursantlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi v.v.b., texnika fanlari doktori, professor Abdulaziz Shermuxamedov O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida bo‘ldi.
Tashrif davomida Akademiyada ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish hamda ilmiy kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. -
Oliy attestatsiya komissiyasida “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida ma’naviy-marifiy tadbir o‘tkazildi. Unda Oliy attestatsiya komissiyasi jamoasi ishtirok etdi.
Tadbirni Oliy attestatsiya komissiyasi raisi vazifasini bajaruvchi A.Shermuxamedov ochar ekan, o‘zbek tilining ilm-fan tili sifatidagi rivojida har bir olim va ilmiy tadqiqotchilar faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etayotgani e’tirof etildi. Xususan, bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha tayyorlanadigan dissertatsiya avtoreferatlari tadqiqot qaysi tilda yozilishidan qat’i nazar dastlab o‘zbek tilida berilishi muhim qoidaga aylangani ta’kidlandi. Bu ham albatta o‘zbek tilining ilm-fan tili sifatidagi nufuzining oshishida alohida o‘rin tutadi. Zero, o‘zbek tili har qanday zamonaviy ilmiy tadqiqotlarni bayon etish salohiyatiga egadir. -
Ijtimoiy tarmoqlardagi tekshirib ko‘rilmasdan anonim ravishda tarqatilgan ba’zi xabarlarga ko‘ra ayrim ilmiy kengashlar a’zolari tomonidan “...ilmiy ishlarni himoyaga tayyorlash va Ilmiy kengashdan o‘tkazib berish” kabi vajlar bilan tadqiqotchilardan ma’lum miqdordagi mablag‘larni talab qilish holatlari uchrayotgani bildirilgan.
Shu kabi fikrlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
| Ko‘rsatkichlar | Jami | Jumladan | Shundan 2021 yilda | ||
| Fan doktori (DSc) | Falsafa doktori (PhD) | Fan doktori (DSc) | Falsafa doktori (PhD) | ||
| Ilmiy darajalarda tasdiqlanganlar soni | 7535 | 1863 | 5672 | 351 | 1976 |
|---|---|---|---|---|---|
| Ko‘rsatkichlar | Jami | Shundan 2021 yilda |
| Ilmiy unvonlarda tasdiqlanganlar soni | 5695 | 1535 |
|---|
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning 2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari, maqsadlari va aniq ko‘rsatkichlarini belgilab beruvchi asosiy uzoq muddatli dasturiy hujjat hisoblanadi. Strategiya dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF–158-son Farmoni bilan tasdiqlangan bo‘lib, keyinchalik jahonda yuz berayotgan yangi tendensiyalar, iqtisodiy va texnologik o‘zgarishlar hamda keng jamoatchilik muhokamalari davomida bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF–21-son Farmoni bilan yangilangan. Strategiyaning asosiy mohiyati barqaror va inklyuziv taraqqiyotni ta’minlash, aholi farovonligini oshirish, davlatga bo‘lgan jamoatchilik ishonchini mustahkamlash hamda islohotlarni “maqsad — harakat — natija” tamoyili asosida izchil davom ettirishdan iborat.
Bosh menyu
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»
- Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
- Ochiq ma’lumotlar
- Ixtisosliklar ro‘yxati
- Rayosat majlislari
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
- Gender tenglik
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tahliliy ma’lumotlar
Yangiliklarga obuna bo‘lish
Foydali resurslar
So‘rovnoma
-
Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy veb-saytiga baho bering







