2026 yil 10 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlis kun tartibiga muvofiq, belgilangan muddatlarda taqdim etilgan attestatsiya ishlarini ko‘rib chiqish, ayrim ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish, yangi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarni tashkil etish, nizom talablariga muvofiq bir martalik ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarni tuzish, malakaviy imtihonlar dasturlarini tasdiqlash hamda attestatsiya jarayoniga oid boshqa masalalar muhokama qilindi.
Majlis davomida har bir masala yuzasidan kotibiyat va mas’ul bosh inspektorning axboroti eshitilib, ular asosida muhokamalar o‘tkazildi. Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Rayosat qarorlari qabul qilinib, belgilangan tartibda ijroga yo‘naltirildi.
Shuningdek, majlis yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 26 maydagi PF–98-son Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi tizimini yanada ochiq, shaffof va samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, ustuvor vazifalar va kelgusi chora-tadbirlar belgilab olindi.
OAK Axborot xizmati