- Asosiy sahifa
- Ilmiy nashrlar
-
Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
-
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2026 yil 10 iyundagi tegishli qaroriga muvofiq «Development of science» ilmiy jurnali texnika va kimyo fanlari bo‘yicha «Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxati»dan chiqarildi.
Tegishli ekspert kengashlari tomonidan o‘tkazilgan tahlillar natijasida mazkur jurnalda chop etilgan maqolalarning sezilarli qismi ilmiy nashrlarga qo‘yiladigan ilmiy etiket va umumiy texnik talablariga to‘liq javob bermasligi, tadqiqot natijalarining ilmiy yangiligi va nazariy-amaliy ahamiyati etarli darajada asoslanmaganligi kabi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. -
O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati tomonidan fanlar sohasida ilmiy daraja talabgorlarining dissertatsiya ishlari bo‘yicha asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan xorijiy ilmiy jurnallar ro‘yxatini takomillashtirish yuzasidan qaror qabul qilindi. -
Ilmiy natijalarni nufuzli xalqaro va milliy nashrlarda e’lon qilish tadqiqotchining ilmiy jamoatchilik o‘rtasida tanilishi, ilmiy g‘oyalarining keng muhokama qilinishi hamda tadqiqotlar sifati oshishiga xizmat qiladi. Har bir nufuzli ilmiy jurnal yoki ma’lumotlar bazasi o‘z auditoriyasi va baholash mezonlariga ega bo‘lib, ularda chop etilgan maqolalar olimlarning xalqaro ilmiy maydondagi o‘rnini mustahkamlaydi. -
OAK Rayosatining 2026 yil 5 martdagi 382/5-son qarori bilan san’atshunoslik fanlari bo‘yicha PhD va DSc ilmiy darajalariga talabgorlarning dissertatsiyalari yuzasidan asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan Evropa mamlakatlari nashrlar ro‘yxatidan «European Journal of Arts (Avstriya. “East West Association for Advanced Studies and Higher Education GmbH» jurnali chiqarildi.
-
TADQIQOTChILAR DIQQATIGA!
Internet tarmoqlarida joylashtirilgan ma’lumotlarga asoslangan holda quyida keltirilgan “shubhali” nashrlarda maqolalarni chop etish uchun taqdim etishda ehtiyokorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.
Scopus platformasidan 2026 yilning yanvar oyi holatiga chiqarilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati ilova qilinadi. -
OAK Rayosatining 2024 yil 30 martdagi 352/4-son qarori:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 31 yanvardagi “Ilmiy noshirlik faoliyati hamda dissertatsiyalarda ko‘chirmachilikni aniqlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 24-son buyruqning 3-bandi bilan “Ilmiy faoliyat natijalarini nashr etish uchun tavsiya etilgan nashrlar ro‘yxatiga kiritish uchun ilmiy nashrlarga qo‘yiladigan ilmiy etiket talablari” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanib, unda 16 ta nashriyotlar va ma’lumotlar bazalari e’tiborga olinmagani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
“Ilmiy faoliyat natijalarini nashr etish uchun tavsiya etilgan nashrlar ro‘yxatiga kiritish uchun ilmiy nashrlarga qo‘yiladigan ilmiy etiket talablari”ning 21-bandiga muvofiq quyidagi 16 ta nashriyotlar va ma’lumotlar bazalari “O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati”dan (3-bet) 2024 yilning 1 aprelidan boshlab chiqarilsin: -
OAK Rayosatining 2023 yil 29 dekabrdagi 347/5-son qarori bilan san’atshunoslik fanlari bo‘yicha PhD va DSc ilmiy darajalariga talabgorlarning dissertatsiyalari yuzasidan asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari nashrlari ro‘yxatidan «Problemi sovremennoy nauki i obrazovaniya» jurnali 2024 yil 1 yanvaridan chiqarildi.
-
O‘zbekiston Respublikasi OAK Rayosatining tegishli qarorlari bilan “Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati”ga ilmiy nashrlarni kiritish haqida
-
Ilmiy tadqiqotlar natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarning tavsiyasiga ko‘ra fan tarmoqlari bo‘yicha shakllantiriladi. Ro‘yxat 2015-2019 yillarda har yili nashr qilingan. Ro‘yxat to‘liq formati OAK veb-saytiga joylashtirilgan.
Mamlakatimizda axborot ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda ilmiy kengashlarning akademik mustaqilligini kengaytirish maqsadida ilmiy jamoatchilik bilan kelishilgan holda Ro‘yxatni bekor qilish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan. Shunga ko‘ra, 2020 yildan beri Ro‘yxat kitobcha shaklida chop etilmagan. Barcha o‘zgartirishlar muntazam ravishda OAK veb-saytida e’lon qilib borilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Bosh menyu
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»
- Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
- Ochiq ma’lumotlar
- Ixtisosliklar ro‘yxati
- Rayosat majlislari
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
- Gender tenglik
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tahliliy ma’lumotlar
Yangiliklarga obuna bo‘lish
Foydali resurslar
So‘rovnoma
-
Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy veb-saytiga baho bering