- Asosiy sahifa
- Yangiliklar
-
Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiya himoyalarini amaldagi tartibda o‘tkazish jarayonini yakunlash va yangi ilmiy attestatsiya tizimi bo‘yicha berilgan Rasmiy axborotdan so‘ng tadqiqotchilar, ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar, ilmiy kengashlar huzuridagi ilmiy seminarlar rahbariyati va ilm-fan sohasiga qiziquvchilarda turli savollar yuzaga kelgani tabiiy.
Quyida mazkur jarayon bilan bog‘liq eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar e’lon qilinmoqda. -
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF–98-son “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, 2027-yil 1-yanvardan boshlab ilmiy darajalar berishning yangi tizimi joriy etiladi.
Shu munosabat bilan Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) Rayosatining 2026-yil 29-oktyabrdagi 391/2-sonli qarori bilan amaldagi tartib bo‘yicha dissertatsiya himoyalari to‘g‘risida OAK veb-saytida e’lon berish jarayoni 2026-yil 30-noyabrdan yakunlanishi ma’lum qilinadi. Shunga ko‘ra, OAK veb-saytida e’lon berish uchun attestatsiya hujjatlarini taqdim etishni joriy yilning 13-noyabriga qadar davom ettirish belgilandi. PF–98-son Farmonning 7-bandiga muvofiq dissertatsiya himoyasi to‘g‘risida e’loni berilgan barcha talabgorlarning dissertatsiya himoyasini joriy yilning 31-dekabriga qadar o‘tkazish nazarda tutilgan. -
31 oktyabr kuni Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Munira Aminova Germaniyaning “Leybnis nomidagi o‘tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish instituti” (Leibniz Institute of Agricultural Development in Transition Economies - IAMO) direktori Thomas Glauben hamda mazkur institut katta ilmiy xodimi, o‘zbek olimi Ixtiyor Bobojonovni qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot faoliyatini xalqaro miqyosda rivojlantirish, milliy ilmiy salohiyatning xalqaro ilmiy hamjamiyatga integratsiyalashuvini kuchaytirish va o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, o‘zbekistonlik olim va tadqiqotchilarning nufuzli xalqaro ilmiy konferensiyalar, simpozium va forumlarda ishtirokini kengaytirish, ilmiy natijalarini xalqaro maydonda taqdim etish, xorijiy ilmiy muassasalar va yetakchi olimlar bilan qo‘shma tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. -
Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Munira Aminova rahbarligida jamoa a’zolari ishtirokida ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda komissiya faoliyatini yanada samarali tashkil etish, jamoatchilikda tashkilot imidjiga nisbatan shakllangan salbiy munosabatni o‘zgartirish va attestatsiya ishlari sifatini oshirish masalalariga alohida urg‘u berildi. Shuningdek, faoliyatda xolislik, shaffoflik va ochiqlik tamoyillariga ustuvor ahamiyat berish zarurligi ta’kidlandi. -
Oliy attestatsiya komissiyasida navbatdagi Rayosat yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda Rayosat a’zolari, OAK rahbariyati, fan yo‘nalishlariga mas’ul bosh inspektorlar hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 26 maydagi “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–98-sonli farmoni bo‘yicha dissertatsiyalar ekspertizasi sifatini oshirish, ilmiy kengashlar faoliyati samaradorligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini muvofiqlashtirishga ustuvor ahamiyat qaratildi. -
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Aminova Munira Abdugafurovna O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi etib tayinlandi.
Aminova Munira Abdugafurovna mazkur tayinlovga qadar Buyuk Britaniyaning Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti bilan hamkorlikda Toshkent shahrida tashkil etilgan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti rektori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Moliya vazirligi, Xalqaro Vestminster universiteti, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (New York), Xalqaro ma’muriy fanlar instituti (Brussel), Evropa Ittifoqi dasturlari hamda Belgiya va Niderlandiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida rahbarlik, ilmiy-pedagogik va ekspertlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
M.A. Aminova — siyosiy fanlar doktori, davlat boshqaruvi va oliy ta’lim sohalarida katta tajribaga ega. U Toshkent davlat texnika universiteti, Buyuk Britaniyadagi Birmingem universiteti va Brussel Vrije universitetida tahsil olgan.
Uning davlat boshqaruvi, oliy ta’lim, institutsional rivojlanish va xalqaro hamkorlik sohalaridagi keng milliy va xalqaro tajribasi O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishga, jumladan, institutsional modernizatsiya, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy diplomatiya va raqamli transformatsiya tashabbuslarini ilgari surishga xizmat qilmoqda.
2024-yildan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining maslahatchisi sifatida faoliyat yuritmoqda. -
Ta’lim va ilmiy-tadqiqotlar sifatini oshirish hamda professor-o‘qituvchilar va kursantlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi v.v.b., texnika fanlari doktori, professor Abdulaziz Shermuxamedov O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida bo‘ldi.
Tashrif davomida Akademiyada ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish hamda ilmiy kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. -
Oliy attestatsiya komissiyasida “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida ma’naviy-marifiy tadbir o‘tkazildi. Unda Oliy attestatsiya komissiyasi jamoasi ishtirok etdi.
Tadbirni Oliy attestatsiya komissiyasi raisi vazifasini bajaruvchi A.Shermuxamedov ochar ekan, o‘zbek tilining ilm-fan tili sifatidagi rivojida har bir olim va ilmiy tadqiqotchilar faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etayotgani e’tirof etildi. Xususan, bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha tayyorlanadigan dissertatsiya avtoreferatlari tadqiqot qaysi tilda yozilishidan qat’i nazar dastlab o‘zbek tilida berilishi muhim qoidaga aylangani ta’kidlandi. Bu ham albatta o‘zbek tilining ilm-fan tili sifatidagi nufuzining oshishida alohida o‘rin tutadi. Zero, o‘zbek tili har qanday zamonaviy ilmiy tadqiqotlarni bayon etish salohiyatiga egadir. -
Bugun 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni Prezidentimiz tomonidan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid Qonun imzolandi. Nihoyat, uzoq yillik tarixiy xato tuzatildi. Ya’ni, endi zamonaviy texnologiyalarda yozishda biroz murakkab bo‘lgan quyidagi harflar bir tovush, bir belgi tamoyiliga muvofiqlashdi.
-
Oliy attestatsiya komissiyasining «OAK. Onlayn maslahat» boti tadqiqotchilarning ilmiy jarayonda yuzaga kelayotgan tezkor savollariga tezkor javob olishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘tgan vaqt davomida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi sohasi bo‘yicha 110 nafar murojaatchidan savollar kelib tushdi. Ularning tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar ijrosi va jarayonda yuzaga kelgan savollarining 98 foiziga tezkor va to‘liq javob berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qilgan aniq ish yuzasidan berilgan 2 nafar murojaatchining savoli tegishli mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.
Bosh menyu
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»
- Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
- Ochiq ma’lumotlar
- Ixtisosliklar ro‘yxati
- Rayosat majlislari
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
- Gender tenglik
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tahliliy ma’lumotlar
Yangiliklarga obuna bo‘lish
Foydali resurslar
So‘rovnoma
-
Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy veb-saytiga baho bering