- Asosiy sahifa
- Yangiliklar
-
Oliy attestatsiya komissiyasida 2024 yilning 19 iyul kuni iqtisodiyot va sotsiologiya fanlari yo‘nalishida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi hamda ilmiy kengashlar faoliyati samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda ilmiy kengashlar va uning huzuridagi ilmiy seminar kotiblari ishtirok etdi.
-
Oliy attestatsiya komissiyasida 2024 yilning 29 may kuni mamlakat ilm-fani rivojida muhim o‘rin tutuvchi falsafa fanlari yo‘nalishida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston - 2030” Strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni asosida belgilangan vazifalar doirasida o‘tkazilgan anjumanda oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalaridagi ilmiy kengashlar rahbariyati ishtirok etdi.
-
Oliy attestatsiya komissiyasida 2024 yilning 29 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston - 2030” Strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni asosida belgilangan vazifalar doirasida mamlakat ilm-fani rivojida muhim o‘rin tutuvchi matematika fanlari yo‘nalishida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot markazlaridagi ilmiy kengashlar rahbariyati ishtirok etdi. -
Oliy attestatsiya komissiyasida 2024 yilning 28 may kuni geologiya-menerologiya fanlari yo‘nalishida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi hamda ilmiy kengashlar faoliyati samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda ilmiy kengashlar va uning huzuridagi ilmiy seminar kotiblari ishtirok etdi.
-
Bugun davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, so‘z erkinligi va inson huquqlari kafolatiga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Davlat organlarining jamoatchilik oldidagi hisobdorligi odatiy holga aylandi. Bu Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning yorqin dalilidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021-yil 16-iyundagi farmoniga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi, axborot olish erkinligi hamda jamoatchilik nazorati ta’minlanmoqda. -
Poytaxtimizda «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi tizimi 2023 yil sarhisobi» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish masalalari bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni OAK faoliyatini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
-
Bugungi kunda davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, so‘z erkinligi va inson huquqlari kafolatiga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021 yil 16 iyundagi farmoniga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi, axborot olish erkinligi hamda jamoatchilik nazorati ta’minlanmoqda. -
Oliy attestatsiya komissiyasida 25 mart kuni O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi qoshida tashkil etilgan “Yosh olimlar ligasi” loyihasi ishtirokchilari bilan davra suhbati o‘tkazildi. -
2024 yilning 14 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Ilm-fan va ilmiy faoliyatda korrupsiya va byurokratiya: muammo va uning echimlari” mavzusida ilmiy-amaliy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti mas’ullari hamda Akademiyaning professor-o‘qituvchilari, mustaqil izlanuvchilari va tayanch doktorantlari ishtirok etdi. -
2024 yil 16-18 mart kunlari “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida respublikamizning barcha hududlarida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan Oliy attestatsiya komissiyasi jamoasi ham umumxalq hasharida ishtirok etdi. Jamoa a’zolari hududdagi o‘ziga biriktirilgan uchastkada obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, atrofni xazonlardan tozalash hamda ozodalik ishlarini bayramona kayfiyatda hamjihatlikda amalga oshirishdi.
Bosh menyu
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»
- Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
- Ochiq ma’lumotlar
- Ixtisosliklar ro‘yxati
- Rayosat majlislari
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
- Gender tenglik
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tahliliy ma’lumotlar
Yangiliklarga obuna bo‘lish
Foydali resurslar
So‘rovnoma
-
Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy veb-saytiga baho bering