- Asosiy sahifa
- OAV oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim haqida
-
Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi(OAK) tomonidan tashkil etilgan tadbirda soha hodimlari, mutaxassislar, yosh olimlar, erkin tadqiqotchilar va jurnalistlar ishtirok etdi.
– Bugun zamon shiddat bilan rivojlanmoqda, – dedi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK raisi Ahmadbek Yusupov. – Ilm-fanda ham qator yutuqlarga erishilmoqda. Shularni inobatga olgan holda komissiyamiz tizimida ham qator o‘zgarishlar qilindi. OAK faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, mamlakatimizda reytingi yuqori 30 ta oliy ta’lim muassasasi qatoriga kirgan oliygohlarga imtiyozlar berildi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari va Mudofaa vazirligi hay’ati tavsiya etgan idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalari kengashlariga sinov tariqasida 2019 yilning 1 oktyabridan boshlab talabgorlarni bevosita dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlarida, 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab esa professor ilmiy unvonida tasdiqlash huquqi berish ko‘zda tutilgan.
-
31 may kuni milliy matbuot markazida Oliy attestatsiya komissiyasi rahbariyati ishtirokida «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish choralari» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan tashkil etilgan tadbirda soha xodimlari, mutaxassislar, yosh olimlar, erkin tadqiqotchilar va jurnalistlar ishtirok etdi.
-
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi PP-4958 sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 304-sonli qarorlari qabul qilindi.
Ushbu qarorlarning mazmun-mohiyati bilan tanishtirish maqsadida 2017 yil 1 iyul` kuni Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi tomonidan videoselektor seminari o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
-
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida «Ilm-fan taraqqiyoti – jamiyat rivojlanishining kafolati» mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) raisi Yusupov Axmadbek Tadjievich ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbatda Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutining rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va 60 dan ortiq mustaqil izlanuvchilar ishtirok etishdi.
Bosh menyu
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»
- Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
- Ochiq ma’lumotlar
- Ixtisosliklar ro‘yxati
- Rayosat majlislari
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
- Gender tenglik
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tahliliy ma’lumotlar
- Bo‘sh ish o‘rinlari
Yangiliklarga obuna bo‘lish
Foydali resurslar
So‘rovnoma
-
Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy veb-saytiga baho bering