Savol: Qanday holatda ilmiy ma’ruza shaklida himoya qilishga ruxsat beriladi?
Javob: Ilmiy ma’ruza shaklida faqat fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyani yoqlashga ruxsat beriladi.
Ilmiy ma’ruza shaklidagi dissertatsiya izlanuvchi bajargan ilmiy ishlar va asarlarda e’lon qilingan, ushbu fan tarmog‘ining mutaxassislariga ma’lum bo‘lgan fan va amaliyot uchun katta ahamiyatga molik natijalari umumlashtirilgan bayonidan iborat bo‘lib, doktorlik dissertatsiyasi avtoreferatining ikki barobar hajmida rasmiylashtiriladi.
Ilmiy ishning ahamiyati, ilmiy ma’ruza shaklida dissertatsiyani himoya qilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalar izlanuvchining asosiy tadqiqotlari o‘tkazilgan lmuassasa tomonidan beriladi. Ilmiy ma’ruza shaklidagi dissertatsiyani himoya qilish uchun OAK Rayosatining ruxsati bo‘lishi zarur.
Savol: Dissertatsiya ishi nechta bobdan iborat bo‘lishi kerak?
Javob: Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya kirish qismi, kamida to‘rtta bob, asosiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lgan shaklda rasmiylashtiriladi. Dissertatsiyaning matni 100 varaqdan (varaqning oldi va orqa tomoniga matn tushiriladi) oshmasligi kerak (foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalar ko‘rsatilgan hajmga kirmaydi).
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya kirish qismi, kamida uchta bob, asosiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lgan shaklda rasmiylashtiriladi. Dissertatsiyaning matni 60 varaqdan (varaqning oldi va orqa tomoniga matn tushiriladi) oshmasligi kerak (foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalar ko‘rsatilgan hajmga kirmaydi).
Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi dissertatsiya hajmi ko‘pi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin.
Savol: Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun nechta ilmiy maqola chop etilgan bo‘lishi kerak?
Javob: Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 7 tadan kam bo‘lmasligi kerak. Ulardan kamida 3 ta ilmiy maqola (jumladan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta maqola).
Dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida keng muhokamasi asosida, jumladan kamida 2 tadan material (maqola, ma’ruza yoki ma’ruza tezisi) xalqaro konferensiya materiallari to‘plamida e’lon qilingan bo‘lishi shart.
Savol: Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun nechta ilmiy maqola chop etilgan bo‘lishi kerak?
Javob: Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 15 tadan kam bo‘lmasligi hamda ulardan Ro‘yxatga kiritilgan ilmiy nashrlarda kamida 10 ta maqola, ulardan 1 tasi tegishli fan tarmog‘i rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ixtisoslashgan ilmiy jurnallarida e’lon qilingan bo‘lishi kerak.
Dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida keng muhokamasi asosida, jumladan kamida 2 tadan material (maqola, ma’ruza yoki ma’ruza tezisi) xalqaro konferensiya materiallari to‘plamida e’lon qilingan bo‘lishi shart.
Ijtimoiy-gumanitar fanlari sohalari bo‘yicha dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya e’lon qilinishi kerak.
Savol: Ilmiy daraja olganligi to‘g‘risidagi diplom yo‘qotilgan taqdirga yangisi beriladimi?
Javob: Ilmiy darajani tasdiqlovchi diplom yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, OAK tomonidan manfaatdor shaxsning arizasiga muvofiq uning dublikati beriladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
fuqarolik pasportining nusxasi;
hujjat yo‘qolganligi to‘g‘risida respublika markaziy gazetasida berilgan e’lon nusxasi (agar yo‘qolgan bo‘lsa);
topilmalar byurosining tegishli ma’lumotnomasi (agar yo‘qolgan bo‘lsa).
Savol: Ilmiy unvon attestatlari necha kunda rasmiylashtiriladi?
Javob: OAK Rayosatining ilmiy unvon berish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va 1 oy muddatda attestat rasmiylashtiriladi.
Savol: Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi qanday normativ-hujjatlar asosida tartibga solinadi?
Javob: Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi, jumladan quyidagi normativ-hujjatlar asosida tartibga solinadi:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari
1. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun.
2. «Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida»gi Qonun.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 31 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy attestatsiya komissiyasi (O‘zbekiston Respublikasi OAK)ni tashkil qilish to‘g‘risida”gi PF-371-son Farmoni.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–4958-son Farmoni.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoni.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktyabrdagi «Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-6097-son Farmoni.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269-son Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4366-son Qarori
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 fevraldagi “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4623-son Qarori.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4708-son Qarori.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5032-son Qarori.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42-son Qarori.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 23 iyuldagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-330-son Qarori.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-447-son Qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 9 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi 421-son qarori.
18. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 25 iyuldagi “Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 283-son qarori.
19. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 365-son qarori.
20. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-son qarori.
21. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 noyabrdagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 937-son qarori.
22. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 34-son qarori.
23. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 fevraldagi “Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida talabgorlarga fan doktori (DSc) va falsafa doktori (RhD) ilmiy darajalarini berishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 74-son qarori.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
24. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizom.
25. Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
26. Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
27. Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
28. Ekspert kengashi to‘g‘risidagi nizom.
29. Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalari.
30. Dissertatsiyalar ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishini baholash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar.
31. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklar ro‘yxati.
Savol: Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash tarkibiga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan shaxs kiritilishi mumkinmi?
Javob: Ilmiy kengash ilmiy kotibi sifatida faol ilmiy faoliyat olib borayotgan va katta ilmiy-amaliy tajribaga ega bo‘lgan fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajaga ega mutaxassis kiritilishi mumkin.
Savol: Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy ishlarga qanday talablar qo‘yiladi?
Javob: Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy ishlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
e’lon qilingan ilmiy ishlar dissertatsiyaning ilmiy yangiligini aks ettirishi kerak. Dissertatsiya natijalari xalqaro va respublika doirasida o‘tkazilgan ilmiy konferensiyalarda va seminarlarda aprobatsiyadan (muhokamadan) o‘tkazilishi shart;
dissertatsiyaning asosiy ilmiy natijalari davriy ilmiy nashrlarda e’lon qilinishi lozim. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida e’lon qilingan asosiy ilmiy ishlar yakka mualliflikda bajarilgan bo‘lishi kerak (arxeologiya ixtisosligi bundan mustasno).;
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 7 tadan kam bo‘lmasligi kerak. Ulardan kamida 3 ta ilmiy maqola (jumladan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta maqola) OAKning dissertatsiyalarni asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga (bundan buyon matnda Ro‘yxat deb yuritiladi) kiritilgan nashrlarda chop etilishi lozim;
fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 15 tadan kam bo‘lmasligi hamda ulardan Ro‘yxatga kiritilgan ilmiy nashrlarda kamida 10 ta maqola, ulardan 1 tasi tegishli fan tarmog‘i rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ixtisoslashgan ilmiy jurnallarida e’lon qilingan bo‘lishi kerak;
ijtimoiy-gumanitar fanlari sohalari bo‘yicha dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya e’lon qilinishi kerak.
Savol: Ilmiy nashrlarni OAKning dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar Ro‘yxatiga kiritish uchun qanday talablar bajarilishi kerak.
Javob: Ilmiy jurnallarni OAKning dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar Ro‘yxatiga kiritish uchun nashr quyidagi talablarga javob berishi kerak.
1. Nashrning belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi.
2. Nashrning tegishli fan tarmog‘i yo‘nalishida ixtisoslashgan bo‘lishi.
3. Tegishli hollarda ilmiy maqolalarni chop etish bo‘yicha ilmiy rukunning mavjudligi.
4. ISSN (seriyali nashrning xalqaro standart raqami) ro‘yxatga olish raqamining mavjudligi.
5. Jurnalning rasmiy veb-sayti yoki veb-sahifasining mavjudligi .
6. Chop etiladigan materiallarni taqrizdan o‘tkazishning majburiyligi (zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi OAK so‘rovi asosida tegishli taqrizni taqdim etishning majburiyligi).
7. Tahririyat a’zolari tarkibida tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha kamida
3 nafar fan doktori ilmiy darajasiga ega mutaxassisning mavjudligi.
8. Chop etiladigan ilmiy maqola quyidagi talablarga javob berishi kerak:
o‘zbek, ingliz va rus tillarida qisqacha annotatsiyaning mavjudligi; tayanch so‘z va iboralarning berilganligi;
foydalanilgan asosiy adabiyotlar ro‘yxatining keltirilishi va ilmiy maqolaning kamida 0,25 b.t. hajmda bo‘lishi;
muammoning qo‘yilishi; materialning nazariy-metodologik va uslubiy jihatdan puxtaligi; manbalarning ishonchliligi; muammo, xulosa, taklif va tavsiyalarning asosliligi.
Nashrni ro‘yxatga kiritish uchun materiallarni ilmiy ekspertizadan o‘tikazish uchun tegishli shart-sharoitlar va tuzilmalar (kafedra, laboratoriyalar)ning mavjudligi albatta e’tiborga olinadi.
Savol: Dissertatsiya tayyorlamasdan impakt-faktori yuqori bo‘lgan ilmiy nashrlardagi maqolalari asosida ilmiy daraja olish mumkinmi?
Javob: OAK Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/4-son qarori bilan tasdiqlangan “Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risida nizom”ning
5-bandiga muvofiq tadqiqotlar amalga oshirilgan muassasa xulosasi va Ilmiy kengash taqdimnomasi asosida OAK Rayosati qarori bilan istisno tariqasida, quyidagilarga dissertatsiya tayyorlamasdan ilmiy daraja berilishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan:
salmoqli ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli darajada yuqori va ro‘yxat bo‘yicha xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 12 ta (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha 8 ta) ilmiy maqola chop ettirgan mutaxassisga eksperiment tariqasida fan doktori (DSc) ilmiy darajasi (ilmiy natijani amaliyotga joriy qilish bo‘yicha talablar bajarilgan holda);
muhim ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli darajada yuqori va ro‘yxat bo‘yicha xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 6 ta (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha 4 ta) ilmiy maqola chop ettirgan mutaxassisga eksperiment tariqasida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi.
Savol: Xorijiy mamlakatlarda olingan ilmiy daraja diplomini nostrifikatsiyalash qanday amalga oshiriladi?
Javob: Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 25 iyuldagi 283-son qarori bilan (3-ilova) tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi (Nizomda qanday hujjatlar taqdim etilishi ko‘rsatib o‘tilgan).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktyabrdagi “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘pisida”gi PF-6097-son Farmonida oliy ta’limdan keyingi ta’limning bir pog‘onali tizimi joriy qilingan xorijiy davlatlarning ro‘yxati har yili Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadigan xalqaro reytinglarda birinchi 300 ta o‘rindan birini egallagan oliy ta’lim tashkilotlarida olingan falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasi to‘g‘risidagi hujjatlari O‘zbekiston Respublikasida fan doktori (DSc) sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi va nostrifikatsiya qilinadi (ekvivalentligi qayd etiladi) deb belgilangan. Bu holda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: yo‘llanma xat (yoki ariza), ilmiy daraja diplomining notarial tasdiqlangan tarjimasi, pasport nusxasi (diplomni rasmiylashtirish uchun).
Savol: Qanday ilmiy natijalar nazariy ahamiyatga molik dissertatsiya-ning ilmiy natijasi bo‘lishi mumkin?
Javob: Talabgor tomonidan ishlab chiqilgan (asoslangan) yoki takomillashtirilgan quyidagi natijalardan biri nazariy ahamiyatga molik dissertatsiyaning ilmiy natijasi bo‘lishi mumkin:
nazariya, g‘oya;
qonuniyat (kategoriya) va uning o‘ziga xos xususiyatlari;
metodologiya;
metodika va usul (usullar tizimi);
ilmiy xulosa;
tahlil qilish va prognozlashtirish ko‘rsatkichlari (indikatorlari);
fan tarmog‘ining (ixtisoslikning) xususiyatidan kelib chiqqan holda boshqa shakllar.
Savol: Nazariy ahamiyatga molik dissertatsiyaning ilmiy natijasi qanday shakllarda amaliyotga joriy etilishi mumkin?
Javob: Nazariy ahamiyatga molik dissertatsiyaning ilmiy natijasi, jumladan quyidagi shakllarning biri bilan amaliyotga joriy etilishi mumkin:
intellektual mulk ob’ektiga mutlaq huquqning e’tirof etilishi – ixtiroga va seleksiya yutug‘iga patent hamda falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun foydali modelga patent, sanoat namunasiga patent olingan va u bugungi kunda dolzarb bo‘lganda;
ilmiy natijaning nufuzli, shu jumladan xorijiy ilmiy markaz (respublika ilmiy seminari) yoki oliy o‘quv yurtlari tomonidan e’tirof etilishi yohud fan tarmog‘i rivojlangan xorijiy mamlakatlarning impakt-faktori 0,5 dan yuqori bo‘lgan va xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 3 ta havola berilishi;
ilmiy natijadan talabgorning o‘zi qatnashmagan va tugallangan grantlar bo‘yicha ilmiy loyihada foydalanilishi;
ilmiy natijalarning Davlat reestriga kiritilganligi;
ilmiy taklifdan norma ijodkorligi faoliyati jarayonida foydalanilishi;
ilmiy taklifdan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarida foydalanilishi;
fan va texnologiyalarning nazariy-konseptual va uslubiy asoslarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi ilmiy ishlanmaning mavjud bo‘lishi;
ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan davlat ta’lim standarti, darslik yoki pedagogik texnologiyaning (falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun – o‘quv qo‘llanmaning) mavjud bo‘lishi;
ilmiy mahsulotning potensial iste’molchisi bo‘lgan respublika davlat organi yoki xo‘jalik boshqaruvi organining ilmiy-texnikaviy kengashi, bunday kengash bo‘lmagan holda tegishli tashkiliy tuzilmasi tavsiyasi asosida ushbu tashkilot (organ) tomonidan e’tirof etilishi;
innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida imzolangan shartnomalar;
innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi natijasiga ko‘ra faxriy nominatsiyalarga (“Eng yaxshi innovatsion ishlanma”, “Sanoat yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi innovatsion ishlanma”, “Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi innovatsion ishlanma”, “Axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi innovatsion ishlanma”, “Fan va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi innovatsion ishlanma”, “Yosh olimlarning eng yaxshi innovatsion loyihasi”) ega bo‘lganlar (faqat falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun);
talabgor tomonidan ishlab chiqilgan (asoslangan) yoki takomillashtirilgan, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning dolzarb muammolarining ilmiy echimi bo‘la oladigan natijalar.
ish bajarilgan tashkilot va ilmiy mahsulotning potensial iste’molchisi bo‘lgan respublika davlat organi yoki xo‘jalik boshqaruvi organining ilmiy-texnikaviy kengashi, bunday kengash bo‘lmagan holda tegishli tashkiliy tuzilmasi tavsiyasi asosida ushbu tashkilot (organ) tomonidan e’tirof etilishi;
muayyan fanlarning xususiyatiga ko‘ra mazkur Uslubiy ko‘rsatmalarning tegishli bandlarida nazarda tutilgan boshqa shakllar.
Dissertatsiyani rasmiylashtirishda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinishi lozim:
Savol: Dissertatsiyani rasmiylashtirishda qanday umumiy talablarga rioya qilinishi kerak?
Javob: Dissertatsiyani rasmiylashtirishda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinishi lozim:
matn tahririy jihatdan ravon, xatosiz va uni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablarga muvofiq hamda mantiqiy bog‘liqlikda bo‘lishi;
dissertatsiyaning tarkibiy qismlari bir-biri bilan o‘z aro bog‘liqlik va aloqadorlikda hamda tushunarli ravishda mantiqiy izchillikda yoritilishi;
har bir bobda ishning mazmun-mohiyati tadqiqotning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda tizimli ravishda ochib berilishi;
har bir bobning oxirida tadqiq qilingan muammolar bo‘- yicha xulosa va takliflar berilishi;
bayon qilingan xulosa dissertatsiya tadqiqotining mantiqiy hosilasi sifatida ishonchli manbalar asosida aniq va qisqa ifodalanishi, chuqur fikr-mulohazalar, etarli ilmiy dalillar asosida isbotlangan bo‘lishi.
Savol: Dissertatsiyaning kirish qismida qanday masalalar yoritib berilishi kerak?
Javob: Dissertatsiyaning kirish qismida quyidagilar yoritib berilishi kerak:
dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati;
tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivoj- lanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi (faqat fan doktori (DSc) dissertatsiyasi uchun);
muammoning o‘rganilganlik darajasi;
dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi;
tadqiqotning maqsadi;
tadqiqotning vazifalari;
tadqiqotning ob’ekti;
tadqiqotning predmeti;
tadqiqotning usullari;
tadqiqotning ilmiy yangiligi;
tadqiqotning amaliy natijalari;
tadqiqot natijalarining joriy qilinishi;
tadqiqot natijalarining ishonchliligi;
tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati;
tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi;
tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi;
dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
Savol: Ilmiy unvon olish uchun qanday umumiy talablarni bajarish kerak?
Javob: Quyidagi umumiy talablarni bajargan shaxslar ilmiy unvonlarga talabgor bo‘lishlari mumkin:
ilmiy loyiha, davlat granti, xo‘jalik shartnomasi yoki boshqa loyihalar doirasida ilmiy natijalar olgan;
ma’naviy-ma’rifiy ishlarda samarali ishtirok etayotgan;
oxirgi 2 yil ichida oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimidagi attestatsiya jarayonida ishtirok etgan (taqrizchi, ilmiy seminar, ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash, malakaviy imtihonlarni qabul qilish komissiyasi a’zosi, rasmiy opponent va shu kabi shakllarda);
zamonaviy o‘qitish usullarini egallagan, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, ma’ruza kurslari va seminarlarni yuqori o‘quv-uslubiy va ilmiy saviyada olib borayotgan (OTT mutaxassislari uchun).