- Asosiy sahifa
- Yangiliklar
-
Qadrli vatandoshlar!
Avvalo, siz, azizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni ulug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Albatta, keyingi yillarda mamlakatimizda yangicha ruhda keng nishonlanayotgan bu bayramning alohida fayzi va shukuhi borligini barchamiz yaxshi bilamiz. Ushbu qutlug‘ sanada milliy qadriyatlarimiz gultoji bo‘lgan ona tilimizning tariximiz va taqdirimiz, bugungi hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini, uni rivojlantirish borasida oldimizda turgan dolzarb vazifalarni yanada chuqur his etamiz.
-
Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik shodiyonasini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ushbu sana arafasida juda ko‘plab jamoa va xonadonlarga faxr-iftixor va xursandchilik nashidasi kirib bordi. Gap shundaki, Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga binoan jamiyatimiz hayotida kechayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar va erishilayotgan natijalarga fidokorona mehnati bilan munosib hissa qo‘shayotgan ko‘plab yurtdoshlarimiz “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlanmoqda.
-
Ma’lumki, 2020 yil 29 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘pisida” PF-6097-sonli Farmoni e’lon qilindi. Unda ilmiy-intellektual hamda moliyaviy resurslarni to‘liq safarbar etgan holda ilmiy-innovatsion salohiyatdan keng foydalanish, istiqbolda ilm-fanni muntazam isloh qilib borishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy infratuzilmani modernizatsiya qilish ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish kabi ustuvor vazifalar belgilab berildi.
-
Davlatimiz rahbarining BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi yig‘ilishidagi nutqini diqqat bilan tingladik.
Aytish kerakki, mazkur kengash dunyo bo‘ylab inson huquqlari himoyasini ta’minlashga qaratilgan BMT tizimidagi eng nufuzli organlardan biridir. Kengashga 47 ta davlat a’zo. Kengash a’zolari uch yillik muddatga yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
-
Hurmatli rais Najot Shamim Xon xonimlari!
Hurmatli Oliy komissar Mishel` Bachelet xonimlari!
Xonimlar va janoblar!
Bugun O‘zbekiston Inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zosi sifatida ushbu uchrashuvda birinchi marta ishtirok etmoqda.
Biz so‘nggi yillar davomida Kengashga a’zo bo‘lish uchun butun mas’uliyatni anglagan holda intilib kelganimizni ta’kidlamoqchiman.
-
Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”,-deb yozgan edi.
Bugun dunyoda olti mingga yaqin til va sheva bo‘lib, shundan atigi yuzga yaqini davlat tili maqomiga ega. Ular orasida Ona tilimizning ham borligi bizlarga cheksiz g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. Zero, dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zlik va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida g‘oyat muhim o‘rin egallab kelayotgan buyuk qadriyatdir.
-
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!
Qadrli muallimlar!
Muhtaram ustozlar!
Bugun siz, azizlar bilan 1 oktyabr` – O‘qituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami arafasida uchrashib turganimdan baxtiyorman.
-
Assalomu alaykum, qadrli va muhtaram vatandoshlar!
Avvalo, siz azizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘qqiz yillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Ayni paytda ushbu tantanali marosimni joylardagi studiyalarda, shuningdek, uylarida “oynai jahon” orqali tomosha qilayotgan, mening tabrik so‘zlarimni eshitib turgan mo‘’tabar otaxon va onaxonlarimizga, munis opa-singillarimizga, aziz yoshlarimizga, barcha-barcha yurtdoshlarimga o‘zimning yuksak ehtiromimni bildiraman.
-
Bugun yurtimizda kechayotgan islohotlar, jumladan raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish borasidagi sa’y-harakatlarga muvofiq tarzda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayoni ham bosqichma-bosqich raqamlashtirilmoqda. Ayni paytda OAK faoliyatida 7 ta axborot tizimi amaliyotga joriy etilgan bo‘lib, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda yana 5 ta (“Korporativ elektron hujjatlar aylanish kompleks-tahliliy axborot tizimi”, “Dissertatsiyalar jamoaviy elektron ekspertizasi axborot tizimi”, “Ilmiy darajalar kompleks-tahliliy axborot tizimi”, “Ilmiy unvonlar kompleks-tahliliy axborot tizimi”, “Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar yagona portali”) axborot tizimi ishlab chiqildi va hozirda tizimlar test rejimida sinovdan o‘tkazilmoqda.
-
Mazkur ro‘yxatga quyidagilar kiritilgan:
Sog‘liqni saqlash tizimidagi hamda xususiy tibbiyot tashkilotlari, tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmat va xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalari.
Farmatsevtika mahsulotlari (dori vositalari va tibbiy buyumlar) ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning xizmat avtotransport vositalari.
Fuqarolarga kechiktirib bo‘lmaydigan tez tibbiy yordam ko‘rsatish (homiladorlik, tug‘ruq, tana jarohati, OIV/OITS, onkologik yordam, nurlanish terapiyasi, gemodializ yordamini ko‘rsatish, jarrohlik amaliyoti zarur bo‘lganda, inson hayotiga xavf tug‘dirayotgan boshqa holatlar) bilan bog‘liq hollarda tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan shaxsiy avtotransport vositalari.
Bosh menyu
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»
- Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
- Ochiq ma’lumotlar
- Ixtisosliklar ro‘yxati
- Rayosat majlislari
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
- Gender tenglik
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tahliliy ma’lumotlar
- Bo‘sh ish o‘rinlari
Yangiliklarga obuna bo‘lish
Foydali resurslar
So‘rovnoma
-
Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy veb-saytiga baho bering