- Asosiy sahifa
- Yangiliklar
-
Qadrli vatandoshlar!Butun sayyoradagi islom ummati bilan birga jonajon O‘zbekistonimizning barcha mo‘min-musulmonlari ham qutlug‘ va muborak Ramazon oyini xursandchilik bilan kutib oldilar.
Dunyo musulmonlari uchun eng aziz va qadrli bo‘lgan, barcha ezgu niyatlar ijobat bo‘ladigan Ramazoni sharifning kirib kelishi bilan siz, azizlarni, butun xalqimizni chin yurakdan muborakbod etib, barchangizga o‘zimning yuksak ehtiromim va samimiy tilaklarimni izhor etaman.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqiAssalomu alaykum, hayotimiz quvonchi, fayzu farishtasi bo‘lgan muhtarama onaxonlar, hurmatli opa-singillar, dilbar qizlarim!
Bugun siz, azizlar bilan mana shunday tantanali anjumanda uchrashib, barchangizni, sizlarning timsolingizda butun mamlakatimiz ayollarini Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan qutlash men uchun ulkan sharaf va saodatdir.
Barcha-barchangizga samimiy mehrim va cheksiz hurmatimni izhor etishga ijozat bergaysiz.
-
Yangi O‘zbekistonda ilm-fan, madaniyat va ma’rifat, inovatsion izlanishlar sohalarida amalga oshirilayotgan tub islohotlarda muhtarama xotin-qizlarning ham munosib hissasi bor. Bu davlatimiz taraqqiyoti va jamiyatimiz farovonligi yo‘lida davlat boshqaruvi, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ilm-fan, adabiyot va san’at, ma’rifat-ma’naviyat, sport, ishlab chiqarish, qo‘yingki, barcha sohalarda fidokorona mehnat qilayotgan mu’tabar ayol va qizlarimizning erishayotgan muvaffaqiyatlarida yorqin namoyon.
-
Oliy attestatsiya komissiyasida 2024 yil 12 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholi orasida kasalliklarni erta aniqlash, ularning oldini olish yuzasidan 2024 yil sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi 21-son majlisi bayonida belgilab berilgan vazifalar ijrosi muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
-
Oliy attestatsiya komissiyasida pedagogika, tibbiyot (05.01.2024), tarix va filologiya (26.01.2024) fanlari yo‘nalishida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi natijalari tahlili hamda ilmiy kengashlar faoliyati samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli fanlarga ixtisoslashgan ilmiy kengashlar rahbarlari ishtirok etdi.
-
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2023 yil 23 avgustdagi 10-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida OAKda 4-6 dekabr sanalarida faoliyatda ochiqlikni ta’minlash, korrupsion xavf-xatarlarni oldini olish masalalariga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari o‘tkazildi.
-
Oliy attestatsiya komissiyasi Geologiya fanlari universiteti bilan birgalikda geologiya-minerologiya fanlari bo‘yicha dissertatsiya ishlari hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy qilish bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazdi.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi PF-27-son «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmonining 2-bandi ijrosi yuzasidan Oliy attestatsiya komissiyasining TADBIRLAR DASTURI
-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning
Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
Assalomu alaykum, muhtarama onaxonlar!
Munis opa-singillar!
Dilbar qizlarim!
Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun O‘zbekiston xotin-qizlarini 8 mart bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman.
-
Hurmatli askar va serjantlar, ofiser va generallar!Qurolli Kuchlarimiz xizmatchilari va faxriylari!
Qadrli yurtdoshlar!
Sizlarni, sizlar orqali ko‘pmillatli butun xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Ushbu quvonchli ayyomda o‘z hayotini ona yurt himoyasidek ulug‘ ishga bag‘ishlagan siz, azizlarga o‘zimning yuksak hurmat va ehtiromimni bildiraman.
Bosh menyu
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»
- Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
- Ochiq ma’lumotlar
- Ixtisosliklar ro‘yxati
- Rayosat majlislari
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
- Gender tenglik
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tahliliy ma’lumotlar
Yangiliklarga obuna bo‘lish
Foydali resurslar
So‘rovnoma
-
Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy veb-saytiga baho bering