Sayt test rejimida ishlamoqda

2024 yil 16-18 mart kunlari “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida respublikamizning barcha hududlarida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.


Shu munosabat bilan Oliy attestatsiya komissiyasi jamoasi ham umumxalq hasharida ishtirok etdi. Jamoa a’zolari hududdagi o‘ziga biriktirilgan uchastkada obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, atrofni xazonlardan tozalash hamda ozodalik ishlarini bayramona kayfiyatda hamjihatlikda amalga oshirishdi.


 Yurtimizda  “Navruz” umumxalq bayrami arafasida hamda muborak Ramazon oyida o‘tkazilayotgan bunday xayrli ishlar nafaqat jamoadoshlar, balki butun xalqimiz qalbida ezgu tuyg‘ularni uyg‘otib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish, sog‘lom turmush tarzi hamda sanitariya-gigienik madaniyatni targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

OAK Axborot xizmati

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish