- Asosiy sahifa
- Matbuot
-
Bugun dunyo miqyosida tibbiyotga bo‘lgan talab va ehtiyoj har qachongidan yuqori. Respublikamizda ham ana shulardan kelib chiqib, tibbiyot fanlari yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etilishi aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklar kelib chiqishining oldini olish, davolash sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda 46 ta talabgor fan doktori, 229 ta talabgor tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktor ilmiy darajalarida tasdiqlandi. Himoya qilingan dissertatsiya tadqiqotlari orqali surunkali yurak etishmovchiligi, turli xil yondosh kasalliklar bilan kechganda buyraklardagi funksional fibroz o‘zgarishlarning xususiyatlari va unda kompleks davo samaradorligi, kamqonlik bilan kechayotganda buyrak hamda yurakdagi fibroz jarayonlariga antianemik davoning ta’siri isbotlandi. Bunday kasallikda ichaklardagi mikrob majmuasi buzilishining immun yallig‘lanish tizimiga ta’siri baholandi.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktyabrda "Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘pisida"gi farmoni qabul qilingan. Mazkur hujjatda ilmiy-intellektual hamda moliyaviy resurslarni to‘liq safarbar etgan holda, ilmiy-innovatsion salohiyatdan keng foydalanish, istiqbolda ilm-fanni muntazam isloh qilib borish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
-
Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan 2020 yil va joriy yilning o‘tgan davrida arxitektura fanlari sohasida 2 nafar talabgor fan doktori (DSc), 11 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasida tasdiqlandi.
Milliy matbuot markazida Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda shu haqda so‘z yuritildi.
Ta’kidlanganidek, ilmiy tadqiqotlarning ilmiy natijalariga ko‘ra, me’morchilikda tasviriy va badiiy vositalarni qo‘llash paleolit davrida g‘or va qoyatosh yuzalarida qoyatosh suratlari, antik va ilk o‘rta asr devoriy rangtasviri, o‘rta asrlar qo‘lyozma miniatyurasi, me’moriy-epigrafik ornamentlar, turli zamonaviy badiiy vositalar kabi syujetli kompozisiyalar tuzish orqali yuzaga kelgan.
-
O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rahbariyati ishtirokida geologiya va mineralogiya sohasida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda foydali qazilmalarning 70 dan ortiq turi bo‘yicha 2 mingdan ziyod kon mavjud. Yangi konlar topish uchun er qa’rining yanada chuqurroq qatlamlarini geologik o‘rganish, murakkab tarkibli konlarni o‘zlashtirish uchun sohaga ilmiy yondashish va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish zamon talabidir.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 16 iyul` kuni “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etgan xorijiy mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari, hukumatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Evropa komissiyasi vise-prezidenti, Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel bilan muloqotda ko‘p qirrali O‘zbekiston – EI hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Jozep Borrel davlatimiz rahbariga Evropa kengashi Raisi Sharl` Mishel` va Evropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayenning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi hamda O‘zbekiston yetakchisining Markaziy va Janubiy Osiyo bog‘liqligini mustahkamlash borasidagi global tashabbusi muhim ahamiyatga ega va o‘z vaqtida ilgari surilayotganini ta’kidladi.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan yurtimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon 16 iyul` kuni Samarqand va Buxoroda bo‘ldi.
Oliy martabali mehmonga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri hamrohlik qildi.
Pokiston Bosh vaziri Samarqand bilan tanishuvni Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilishdan boshladi.
-
Avvalambor, “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasining barcha ishtirokchilarini chin qalbimdan samimiy qutlayman.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish janoblariga Forumni qo‘llab-quvvatlaganlari uchun alohida rahmat aytmoqchiman.
Bugungi davramizda Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani Janobi Oliylarini hamda
Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon Janobi Oliylarini ko‘rib turganimdan xursandman va ularga chuqur minnatdorlik izhor etaman.
Fursatdan foydalanib, anjumanimizda bevosita qatnashayotgan, asosiy hamkor davlatlarning tashqi ishlar vazirlari va yuqori martabali vakillariga, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, jahonning yetakchi moliya institutlari rahbarlariga ham tashakkur bildiraman.
Murakkab pandemiya sharoitiga qaramasdan, siz, azizlarning Forumimizdagi ishtirokingiz ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan yuksak e’tibor hamda qat’iy intilishingizni yaqqol tasdiqlaydi.
Saxovatli va serquyosh O‘zbekiston zaminiga xush kelibsiz!
-
Prezident Shavkat Mirziyoev 13 iyul` kuni raqamli texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.
Mamlakatimizda axborot texnologiyalari izchil rivojlantirilib, aholiga qulayliklar kengaytirilmoqda. Bugungi kunda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 253 xil xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Joriy yilda ularni yana 60 taga ko‘paytirish, 50 dan ortiq xizmatlarni soddalashtirish mo‘ljallangan.
Eng muhimi, bu ishlar sansalorlik, byurokratiya va korrupsiyani kamaytirib, vaqt va mablag‘larni tejash, unumdorlikni oshirishga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi farmoni bilan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlangan edi. Ushbu strategiyaga muvofiq, 2020-2022 yillarda hududlar va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, tarmoqlar bo‘yicha 443 ta loyiha ishlab chiqilib, bugungi kungacha 194 tasi tatbiq etildi. Hududlarda dasturdagi 1 ming 643 ta loyihadan 1 ming 172 tasi joriy qilindi.
-
Mamlakatimizda innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va ularni biologiyaning turli sohalarida qo‘llash hisobiga yuqori samarali biotexnologik tadqiqotlarni jahon talablari asosida rivojlantirish hamda olingan ilmiy natijalarni qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, farmatsevtika, atrof-muhit muhofazasi va boshqalarga tadbiq etish yuzasidan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. So‘nggi to‘rt yil davomida mazkur fan yo‘nalishida 254 nafar talabgor ilmiy darajalarda tasdiqlangan. Ushbu dissertatsiya tadqiqotlari orqali, jumladan, quyidagi ilmiy natijalar olingan:
-
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar faoliyatini nizomlar talablari asosida tashkil qilish, ilmiy darajalar berishda talablarning yagonaligini ta’minlash, faoliyatda har qanday salbiy holatlarning oldini olish yuzasidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshiriloqda.
Bosh menyu
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»
- Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
- Ochiq ma’lumotlar
- Ixtisosliklar ro‘yxati
- Rayosat majlislari
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
- Gender tenglik
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tahliliy ma’lumotlar
Yangiliklarga obuna bo‘lish
Foydali resurslar
So‘rovnoma
-
Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy veb-saytiga baho bering