- Asosiy sahifa
- Matbuot
-
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan va 2017 yil 22 maydagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi to‘g‘risidagi Nizom”ning 30-bandiga asosan O‘zbekiston RespublikasiOAK Rayosatining 2019 yil 28 martdagi 263/7.4-son qarori bilan Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tomonidan taqdim etilgan dissertatsiya himoyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida e’lon berish huquqi 2019 yilning 1 aprelidan boshlab O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga berildi.
-
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida joriy yilning 17-18 aprel` kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar Ro‘yxatiga kiritilgan milliy ilmiy nashrlar tahririyati vakillari ishtirokida ishchi-seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda chop etilayotgan ilmiy maqolalar sifatini yanada oshirish hamda jurnallarni baholashning milliy reytingi tizimini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar Ro‘yxatiga kiritilgan milliy ilmiy jurnallarning elektron axborot bazasini shakllantirish, ularning reytingini baholash bo‘yicha dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Bosh menyu
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»
- Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
- Ochiq ma’lumotlar
- Ixtisosliklar ro‘yxati
- Rayosat majlislari
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
- Gender tenglik
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tahliliy ma’lumotlar
- Bo‘sh ish o‘rinlari
Yangiliklarga obuna bo‘lish
Foydali resurslar
So‘rovnoma
-
Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy veb-saytiga baho bering