Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining navbatdagi Rayosat majlisi ham onlayn shaklda bo‘lib o‘tdi.
Unda Rayosat a’zolari, mas’ul xodimlar, tegishli ekspert kengashlari raislari ishtirok etdilar.
Majlis kun tartibiga tegishli masalalar muhokama qilindi.

Rayosat majlisi qaroriga ko‘ra, talabgorlarning 64 nafari fan doktori, 221 nafari falsafa doktori ilmiy darajalarida, 35 nafari professor, 104 nafari dotsent va 22 nafari katta ilmiy xodim unvonlarida tasdiqlandi. Shuningdek, 4 nafar talabgorning ilmiy daraja olganligi to‘g‘risidagi diplomi nostrifikatsiya qilindi.

Ilmiy daraja va ilmiy unvonda tasdiqlanganlarning diplom va attestatlari ular faoliyat olib borayotgan oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalariga elektron shaklda etkaziladi.

OAK Axborot xizmati

Yangiliklarga obuna bo‘lish