Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijalari mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashning mustahkam poydevorini yaratish imkonini berdi. «Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari» dasturiy g‘oya asosida ona Vatanimiz taraqqiyoti va jahondagi nufuzini yanada yuksaltirishda ta’lim va ilm-fan sohalarini sifat jihatdan rivojlantirish muhim o‘rin tutadi. «O‘z  iqtisodiyotini mavjud tabiiy resurslarni sarflash evaziga emas, innovatsion mahsulotlar yaratish, o‘zlashtirish va ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish orqali rivojlantirish taraqqiyotning asosiy omiliga aylanmoqda» . Oldimizga qo‘yilgan ulkan maqsadlarimizga erishishda «Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz» . Bu borada uzluksiz ta’lim va ilm-fanning tarkibiy qismi bo‘lgan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi tizimini izchil rivojlantirish, uning sifati va natijadorligini oshirib borish alohida ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va ko‘rsatmalari oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi tizimini rivojlantirishning metodologik asoslarini tashkil qiladi. Milliy rivojlanish xususiyatimizdan kelib chiqqan holda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini rivojlantirish kompleks yondashish asosida amalga oshirilmoqda:

birinchidan, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini rivojlantirish ijtimoiy larzalarsiz izchillik bilan bosqichma-bosqich amalga oshirilishi;

ikkinchidan, masalaga kompleks yondashgan holda sohadagi islohotlarni oliy ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish bo‘yicha islohotlar tarkibida amalga oshirish;

uchinchidan, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning ijtimoiy maqomini yuksaltirib borish hamda iqtidorli yoshlarning ilmiy faoliyatga keng jalb qilish bo‘yicha keng qamrovli tadbirlar tarkibida amalga oshirish;

to‘rtinchidan, maqsadli tadbirlarni sifat, natijadorlik va raqobatbardoshlikni ta’minlash talablari asosida amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF–4958-son Farmoni bilan oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim ikki pog‘onali tizimining joriy qilinishi uzluksiz ta’lim va ilm-fanning tarkibiy qismi bo‘lgan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi tizimini rivojlantirish, uning sifati va natijadorligini oshirishda, ayniqsa iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi. Agarda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning bir bosqichli tizimida o‘rta hisobda bir oyda 9 ta dissertatsiya himoyasi o‘tkazilgan bo‘lsa, yangi tizim sharoitida bu ko‘rsatkich 112 tani tashkil etdi. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim ikki pog‘onali tizimining joriy qilinishi (2017-2020 yy.) sharoitida bir pog‘onali tizimga (2013-2017 yy.)  nisbatan, jumladan: DSc, PhD ilmiy darajalarida tasdiqlashning o‘sish sur’ati 955% ni tashkil etdi; DSc ilmiy darajasida tasdiqlashning o‘sish sur’ati 230% ni tashkil etdi; PhD ilmiy darajasi bo‘yicha himoyalar ilk bor yo‘lga qo‘yilib, yildan-yilga o‘sib borishi ta’minlanmoqda.

Mamlakatimiz imliy salohiyatini mustahkamlash va uning sifat tarkibini takomillashtirishda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlari, xususan, tayanch doktorantura va doktorantura samaradorligi alohida muhim o‘rin tutadi. Bu borada keyingi yillarda maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga erishilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2020 yil 30 aprel` kuni o‘tkazilgan yig‘ilish 28-son bayonining 35-bandi ijrosi yuzasidan koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha joriy qilingan karantin sharoitida izlanuvchilar va mutaxassislarning sog‘lig‘ini asrash, ortiqcha harakatlarning oldini olish hamda attestatsiya jarayonini samarali amalga oshirish maqsadida ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tomonidan tajriba-sinov tariqasida dissertatsiyalar himoyasi onlayn (masofaviy) shaklda nizom talablariga muvofiq joriy yil may-iyun` oylarida tashkil qilinib, 285 nafar talabgor ilmiy darajalarda tasdiqlandi (30.06.2020 y.).

Samarali va natijador ilmiy faoliyatni rag‘batlantirish maqsadida tayanch doktorantura va doktoranturani muddatida tugatib, ilmiy darajalarda tasdiqlanganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mazkur sanadan boshlab e’lon qilib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

OAK Rayosatining 2020 yil 30 iyundagi 285-son qarori bilan tayanch doktorantura va doktoranturani  muddatida tugatib, falsafa doktori (PhD) va fan doktori (PhD) ilmiy darajlarida tasdiqlangan quyidagi 9 nafar yosh olimni samimiy qutlab, ularga sihat-salomatlik, ilmiy faoliyatlarida katta muvaffaqiyatlar va Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi faoliyatlariga ulkan yutuqlar tilaymiz.

Abdullaeva
Moxira Zaxidjanovna

(tarix fanlari bo‘yicha falsafa
doktori (PhD))

Abdullaeva
Mashxura Ikromjonovna

(biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD))

Atabaeva
Nargis Batirovna

(psixologiya fanlari bo‘yicha
falsafa doktori (PhD))

 

Ruzmatova Dilfuza Mirzabaevna
(tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD))

Savrieva Dilafruz Doutovna
(texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD))

Abdumalikova
Feruza Baxtiyarovna

(tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD))

Rajabova Sadoqat Yusufovna
(pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD))

Pozilov Ma’murjon Komiljonovich
(biologiya fanlari  doktori (DSc))

Djuraev Tulkin
Arzikulovich

(biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD))

Yakubov Abdulaziz Abdujabbarovich
(tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD))

Sultanov Sanjar O‘razalievich
(texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD))

Yangiliklarga obuna bo‘lish