- Asosiy sahifa
- Yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoev koronavirus aniqlanmagan yoki epidemiologik vaziyat yaxshilangan viloyat, tuman va shaharlarda karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha topshiriq berdi
Prezident qurilish va infratuzilma tarmoqlari korxonalarining to‘liq ishlashini ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Hozirgi pandemiya paytida ishsizlar, yordam va ko‘makka muhtoj aholi soni ortishi tabiiy. Turli mamlakatlar kasallikka qarshi kurashish barobarida ish joylarini saqlab qolish va iqtisodiyotni keskin tanazzulga uchramasligi uchun bor imkoniyatlarni ishga solmoqda.
-
O‘zbekiston Rossiyaga 5 million dona tibbiy niqob va tibbiyot dokalaridan iborat insonparvarlik yordamini jo‘natdi.
"O‘zbekiston hukumati va xalqiga, birodarlarimizga ushbu qo‘llab-quvvatlash va ko‘mak uchun eng iliq so‘zlarni aytmoqchimiz. Biz O‘zbekistonda ham COVID-19 holatlari qayd etilganidan xabardormiz, biroq shunga qaramay O‘zbekiston Rossiya bilan eng zarur buyumlarni baham ko‘rishga qaror qildi" — RF hukumati raisining o‘rinbosari.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 17 aprel` kuni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.Joriy yilda xalqaro va xorijiy moliya institutlari tomonidan yo‘naltirilgan 2,7 milliard dollarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Ularning asosiy qismi Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, amaldagi loyihalarni optimallashtirgan holda, mablag‘lar birinchi o‘rinda tibbiyot sohasiga yo‘naltirilmoqda. Xalqaro tashkilotlar bu borada mamlakatimizga ko‘maklashish va mablag‘ ajratishga tayyor ekanini bildirmoqda.
-
Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston Davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra:
? byudjet mablag‘lari maqbullashtiriladi;
? birlamchi zarur va dolzarb bo‘lmagan xarajatlar keyinga qoldiriladi;
? byudjet mablag‘lari eng avvalo muhim xarajatlarga (koronavirusga qarshi kurashishga oid, ish haqlari, pensiya va stipendiyalarni o‘z vaqtida to‘lashga oid, oziq-ovqat mahsulotlari va kommunal to‘lovlarni to‘lashga oid) sarflanadi;
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev:
“Chindan ham, mana shunday murakkab va sinovli damlarda biz ulug‘ va mehnatkash xalqimizning qudrati, aql-zakovati va sabr-matonati, mehr-oqibati va samimiyati bilan ushbu og‘ir sinovlarni ham, albatta engib o‘tamiz”. -
Prezident Shavkat Mirziyoev 10 aprel` kuni paxtachilik va g‘allachilikda klaster tizimi samaradorligini va hosildorlikni oshirishda eng dolzarb vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi avvalida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish borasidagi ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Davlatimiz rahbari, jumladan, shunday dedi:– Avvalambor, dunyoning ko‘plab davlatlarida koronavirusning tez tarqalishi bilan bog‘liq bugungi vaziyat biz O‘zbekistonda karantin va aholini besabab ko‘chaga chiqmaslik rejimini o‘z vaqtida joriy etganimizni isbotlaganini ta’kidlamoqchiman.
Buni to‘g‘ri tushunib va ma’qullab, sabr-toqat bilan uyida va karantin maskanlarida o‘tirgan barcha fuqarolarimizga, shuningdek o‘z burchini mardlik va matonat bilan bajarayotgan shifokorlarimizga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 10 aprel` kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda hamkorlikni kuchaytirish va sa’y-harakatlarni birlashtirish uchun videoanjuman tarzida o‘tkazilgan navbatdan tashqari sammitida ishtirok etdi.Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev raisligida o‘tgan tadbirda, shuningdek, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban hamda kengash bosh kotibi Bag‘dat Amreev va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus ishtirok etdi.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 8 aprel` kuni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda joylardagi ishlar natijadorligi tahlili hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai bo‘lgan tomorqachilikni rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, davlatimiz rahbari tomonidan koronavirus tarqalishini cheklash, uning aholi hayoti va mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan qator muhim qarorlar qabul qilindi. Jumladan, Maxsus respublika komissiyasi tuzilib, epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirish, aholi sog‘lig‘ini himoya qilish, karantin rejimini joriy etish bo‘yicha keng qamrovli ishlar yo‘lga qo‘yildi.
-
Prezidentimizning qayd etishicha, qisqa muddatda fuqarolarimiz, davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan "O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik" jamg‘armasiga 50 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ o‘tkazilgani — elimizning mazkur xavf-xatarga qarshi elkama-elka kurashishga tayyor ekanligining yorqin isboti.
— Mana shunday og‘ir sinov damlarida ko‘pmillatli xalqimiz sarosima va vahimaga tushmasdan, aksincha, chetdan kelgan bu baloning tezroq o‘tib ketishiga, hademay yaxshi kunlar kelishiga ishonib, o‘zining mustahkam irodasi, mehr-oqibati va hamjihatligini yana bir bor namoyon etmoqda, — dedi Shavkat Mirziyoev.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 26 mart kuni koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Tadbir avvalida davlatimiz rahbari ushbu masala bo‘yicha xalqimizga yana bir bor murojaat qildi.
– Bugungi kunda butun dunyo, insoniyat og‘ir kunlarni boshidan kechirmoqda. Koronavirus infeksiyasi 190 dan ziyod mamlakatga tarqalib, pandemiyaga aylandi. Kasallanganlar soni 450 mingdan, vafot etganlar 21 mingdan oshdi.
Afsuski, ushbu kasallik mamlakatimizni ham chetlab o‘tmadi. Bugunga kelib virus bilan kasallanganlar soni 65 nafarni tashkil qilmoqda.
Shu sababli, Bosh vazir rahbarligida respublika komissiyasi tuzilib, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etildi.
Pandemiyaga qarshi kurashish va uning oqibatlarini yumshatish uchun jamg‘armaga 10 trillion so‘m miqdorida mablag‘ yo‘naltirildi.
Bosh menyu
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»
- Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
- Ochiq ma’lumotlar
- Ixtisosliklar ro‘yxati
- Rayosat majlislari
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
- Gender tenglik
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tahliliy ma’lumotlar
Yangiliklarga obuna bo‘lish
Foydali resurslar
So‘rovnoma
-
Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy veb-saytiga baho bering