⚡️Prezident Sh.Mirziyoevning Sirdaryo viloyatiga tashrifining asosiy natijalari:

✅  Davlat rahbari Sirdaryo viloyatida barpo etilayotgan turar joy majmualari qurilishini boshlab berdi.

❗️ Suv toshqinidan zarar ko‘rgan 4,5 mingga yaqin xonadon egalarining har biriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentidan:

✅ 40 million so‘mlik moddiy yordam;

✅ Televizor, muzlatgich, kir yuvish mashinasi, minipech, elektr choynak va dazmol kabi maishiy texnikalardan iborat sovg‘alar topshirilmoqda.

?  Uy-joylari butunlay yaroqsiz holga kelib qolgan aholi uchun 3 ta massivda jami 2 ming 640 kvartirali 66 ta 5 qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan.

❗️ Ta’mirlanadigan va yangi quriladigan uylar davlat tomonidan bepul qurib-ta’mirlab beriladi.

✅ 1 sentyabrgacha odamlar yangi ko‘p qavatli uylarga va o‘zlarining ta’mirlangan hovli-joylariga to‘liq ko‘chib o‘tadi.

❗️ Shu bilan birga, uylari zararlangan odamlarning ilgarigi hovlilari ham o‘zlarida qoladi.

✅ Sirdaryo viloyatining Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida 1 ming 800 ga yaqin beton panelli kottejlar zamonaviy ta’mirlanib, o‘z egalariga topshiriladi.

? Shu maqsadda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari boshchiligida 305 ta qurilish tashkiloti va 12 mingga yaqin quruvchilar Sirdaryoga etib kelgan.

❗️Qiymati 2 trillion 143 milliard so‘mlik 323 ta katta-kichik loyihalar amalga oshiriladi.

? Ushbu loyihalar hisobiga Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlarida joriy yilda 10 mingga yaqin kishi ish bilan ta’minlanadi.

Manba: https://t.me/aoka_uz

Yangiliklarga obuna bo‘lish