- Asosiy sahifa
- Yangiliklar
- Rayosat yig‘ilishi onlayn o‘tkazildi
Bugun mamlakatimizda koronovirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha joriy qilingan karantin sharoitida OAK Rayosati yig‘ilishi karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda onlayn shaklda tashkil etildi.
Yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra, dastlab attestatsiya ishlari ko‘rib chiqildi. So‘ngra ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar va ekspert kengashlari tarkiblariga o‘zgartirishlar kiritish, ilmiy kengashlar va bir martalik ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish, ixtisosliklar bo‘yicha malakaviy imtihonlar dasturlarini tasdiqlash kabi masalalar muhokama qilindi.
Rayosat yig‘ilishi qaroriga muvofiq 21 nafar talabgor fan doktori (DSc), 133 nafar talabgor falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarida, 25 nafar talabgor professor, 89 nafar talabgor dotsent va 19 nafar talabgor katta ilmiy xodim unvonlarida tasdiqlandi.
Ilmiy darajada tasdiqlanganlarning diplomlari shu kunning o‘zida ular faoliyat olib borayotgan oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalariga elektron shaklda etkazildi.
OAK Axborot xizmati
Bosh menyu
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»
- Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
- Ochiq ma’lumotlar
- Ixtisosliklar ro‘yxati
- Rayosat majlislari
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
- Gender tenglik
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tahliliy ma’lumotlar
Yangiliklarga obuna bo‘lish
Foydali resurslar
So‘rovnoma
-
Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy veb-saytiga baho bering