Shavkat Mirziyoev Buxoroning Olot tumani markazida mahalliy aholi vakillari, faollar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Davlat rahbari kechagi kuchli shamol kutilmagan va ilgari kuzatilmagan tabiiy ofat bo‘lganini, odamlar turmushi, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarga salbiy ta’sir qilganini afsus bilan qayd etdi.

Turar joylar va infratuzilma ob’ektlarini ta’mirlash, aholiga har tomonlama ko‘maklashish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot tarmoqlari, jamoat xavfsizligi yuzasidan tezkor chora-tadbirlar belgilandi.

Manba: https://t.me/azizbek_abduvaliyev

Yangiliklarga obuna bo‘lish