Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi tufayli joriy qilingan karantin sharoitida izlanuvchilar va mutaxassislarning sog‘lig‘ini asrash, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va attestatsiya jarayonini samarali amalga oshirish maqsadida ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tomonidan tajriba-sinov tariqasida dissertatsiyalar himoyasi, shuningdek, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot musassalarida izlanuvchilarning malakaviy imtihonlari onlayn shaklda tashkil etilishi haqida ma’lum qilgan edik. Oliy attestatsiya komissiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida ushbu jarayonlar tegishli tartib-qoidalarga muvofiq tarzda o‘tkazilishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish choralari ko‘rildi.
Bugun mazkur masalaga bag‘ishlangan onlayn seminar tashkil etildi. Unda  Oliy attestatsiya komissiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbarlari, mutasaddi xodimlar, respublika oliy o‘quv yurtlarining sohaga mas’ul prorektorlari ishtirok etdilar.
Seminarda dissertatsiyalar himoyasi hamda malakaviy imtihonlarni onlayn shaklda tashkil etish jarayoniga doir masalalar atroflicha muhokama qilindi.

OAK Axborot xizmati

Yangiliklarga obuna bo‘lish