- Asosiy sahifa
- Himoya haqidagi e’lonlar (Mustaqil ilmiy kengash bo‘yicha)
-
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aminokislotalar va ularning eritmalaridagi molekulalararo ta’sirlarning tebranish spektrlarida namoyon bo‘lishi”, 01.04.05 – Optika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/FM807
Ilmiy rahbar: Jumabaev Abduvaxid, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.FM.02.04
Rasmiy opponentlar: Astanov Salix Xusenovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Raxmatullaev Ilyos Arzimurodovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Millliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. -
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘rtinchi tartibli karrali xarakteristikali va parabolo-giperbolik tipdagi tenglamalar uchun chegaraviy masalalar”, 01.01.02 – Differensial tenglamalar va matematik fizika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/FM865
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.FM.86.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Apakov Yusupjon Pulatovuch, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Taxirov Jozil Ostanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Karimov Kamoliddin Tuychiboevich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik. -
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hisoblanuvchi ajratiluvchi ekvivalentliklar ustida algebraik tizimlar”, 01.01.06 – Algebra (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/FM842
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.FM.86.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Kasimov Nadumulla Xabibullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Morozov Andrey Sergeevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor (S.L.Sobolev nomidagi Matematika instituti, Rossiya Federatsiyasi); Xudoyberdiev Abror Xakimovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qozon federal universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik. -
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bir jinsli bo‘lmagan qatlamli g‘ovak muhitda neft va gaz filtratsiyasi jarayonini matematik modellashtirish”, 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1425
Ilmiy rahbar: Ravshanov Normaxmad, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamadiev Abdivali Shukurovich fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Boltibaev Shuxratjon Komiljanovich, texnika fanlari falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. -
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Makkajo‘xori o‘simligini kasallantiruvchi ba’zi fitopatogen viruslarni aniqlash va xususiyatlarini o‘rganish”, 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/V595.
Ilmiy rahbar: Fayziev Voxid Baxromovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti, PhD.03/14.07.2022.B/Qx.10.06.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Zarifa Nosirovna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim; Sasmakov Sobirjon Anarmatovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. -
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi organik chiqindilarini anaerob qayta ishlash jarayonini elektr impulsli ishlov berib jadallashtirish”, 05.05.07 – “Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3963
Ilmiy rahbar: Muratov Hakim Maxmudovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Isakov Abdusaid Jalilovich texnika fanlari doktori, professor; Xoliqnazarov Urolboy Abduraxmanovich (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muxandislik - texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. -
Qosimov Elbek Alisherovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lonI. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Er osti quvurlaridagi murakkab seysmodinamik jarayonlarni matematik modellashtirish»,
05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T.2087
Ilmiy rahbar: Mirzaev Ibraxim, fizika-matenatika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: M.T. O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Indiaminov Ravshan Shukurovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Muxamadiev Abdivali Shukurovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi seysmik ta’sirlardagi er osti quvurlarida murakkab seysmodinamik jarayonlarning matematik modellari va hisoblash usullarini takomillashtirish hamda avtomatlashtirilgan dasturiy majmua ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zilzilalarning qaydlari asosida er osti quvurlari fazoviy tizimlarining seysmodinamik jarayonlarini o‘rganish uchun mumkin bo‘lgan ko‘chishlar prinsipidan foydalanib takomillashtirilgan matematik modellar ishlab chiqilgan;
atrofidagi grunt bilan o‘zaro ta’sirini, ekssentrisitet bog‘lanishlar, bikr bog‘lanishlar, quduq va quvur ichidagi suyuqlik massalarini hisobga olgan holda Timoshenkoning balka modeli bo‘yicha er osti quvurlarining hisoblash algoritmlari ishlab chiqilgan;
mavjud zilzila yozuvlari asosidagi hamda garmonik, so‘nuvchi garmonik, impuls funksiyalari ko‘rinishidagi ta’sirlaridagi murakkab tarmoqli er osti quvurlarining seysmodinamikasi masalalarini hisoblashning sonli algoritmlari ishlab chiqilgan;
seysmik ta’sirlarda er osti quvurlari fazoviy tizimlarini hisoblashda dastlabki kiritiluvchi ma’lumotlarni interaktiv rejimda tayyorlash uchun foydalanuvchi interfeysi, olingan natijalarni grafik va animatsion ko‘rinishda namoyish etishni avtomatlashtirish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Er osti fazoviy quvurlari tizimining seysmodinamik jarayonlarini tadqiq qilish uchun takomillashtirilgan matematik modellar, algoritmlar va avtomatlashtirilgan dasturiy majmuadan foydalanish natijasida olingan ilmiy natijalar amaliyotda quyidagi yo‘nalishlarda joriy etilgan:
seysmik hududlarda er osti quvurlarini loyihalash jarayonida avtomatlashtirilgan dasturiy majmuadan «Farg‘ona viloyati Quva tumani Boyiston MFY hududida yashovchi aholi xonadonlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 8,0 km ichimlik suvi tarmog‘ini tortish» qurilish ob’ektida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi №11-8/9090 – sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari seysmik hududlarda er osti quvurlarini loyihalash jarayonida hisoblash aniqligini oshirish imkonini bergan;
zilzilalarning real yozuvlari bazasidagi mavjud ma’lumotlardan foydalanib, turli seysmik to‘lqinlar ta’sirida murakkab tuzilishli er osti quvurlari atrofini o‘rab turgan grunt xossasining o‘zgaruvchanligini hisobga olgan holda, quvurlarda hosil bo‘ladigan kuchlanishlarni aniqlash uchun Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashda Uchqo‘rg‘on «Suvoqova» DUK ga tegishli ob’ektida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi №11-8/9090 – sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida er osti suv ta’minoti quvurlarini loyihalash jarayonida hisoblash vaqtining tejalishiga va mehnat unumdorligining 1,2 barobar orshirishga erishilgan. -
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oqova suvlarni tozalash jarayoni xarajatlarini optimallashtirishni matematik modellashtirish»,
05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Uteuliev Nietbay Uteulievich, fizika-matenatika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Seytov Aybek Jumabaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Tashtemirova Nadira Nematillaevna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. -
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Don mahsulotlari korxonalari va nasos stansiyalarida elektr uskunalar ekspluatatsiya ishonchliligini oshirish”, 05.05.07 – “Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2112
Ilmiy rahbar: Isaqov Abdusaid Jalilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Muratov Xakim Maxmudovich texnika fanlari doktori, professor; Raxmatov Abdugani Djumabekovich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. -
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Grunt to‘g‘onlarda nobarqaror fil`tratsiya intensivligiga suv o‘tkazuvchi inshootlar suv o‘tkazish qobiliyatining ta’siri (To‘polong suv ombori misolida)”, 05.09.06– Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3522
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Bakiev Masharif Ruzmetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc. 03/30.12.2021.T.10.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Toshkent arxitektura va qurilish instituti, “Gidrotexnika va geotexnika muxandislik texnologiyasi” kafedrasi professori, t.f.d. Fayziev Xomitxon (05.09.06), O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti “Umumtexnika fanlari” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor Jonqobilov Ulug‘murod Umbarovich (05.09.07).
Yetakchi tashkilot - Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Bosh menyu
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»
- Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
- Ochiq ma’lumotlar
- Ixtisosliklar ro‘yxati
- Rayosat majlislari
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
- Gender tenglik
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tahliliy ma’lumotlar
Yangiliklarga obuna bo‘lish
Foydali resurslar
So‘rovnoma
-
Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy veb-saytiga baho bering