Ko‘baev Jurabek Eshmamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonning G‘arbiy Tyan-Shan tog‘ tizmalari ksilofag-hasharotlari”, 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/B732.
Ilmiy rahbar: Juginisov Tangirbergen Isaevich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.20.04.
Rasmiy opponentlar: Gandjaeva Lola Atanazarovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Zokirov Islomjon Ilxomjonovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning G‘arbiy Tyan-Shan tog‘ tizmalari ksilofag-hasharotlarining tur tarkibini aniqlash, tarqalishini monitoring qilish, bioekologik xususiyatlarini ochib berish va ularga qarshi takomillashtirilgan kurashning profilaktik chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning G‘arbiy Tyan-Shan tog‘ tizmalari o‘rmonzorlarida Coleoptera turkumi ksilofag-hasharotlarining 5 oila, 13 kenja oilaga mansub 58 turi aniqlangan;
O‘zbekistonning G‘arbiy Tyan-Shan tog‘ tizmalaridagi 15 ta o‘simlik turida Coleoptera turkumiga mansub ksilofag-hasharotlarning dengiz sathidan 800-1000 metr balanlikda-76, 1200-1500 metrda-91, 2000-2200 metrda esa-70 ta sonlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha uchrashi qayd qilingan;
Ilk bor, O‘zbekistonning G‘arbiy Tyan-Shan tog‘ tizmalari va antropogen-transformatsiyalangan hududlarida Coleoptera turkumiga oid ksilofag-hasharotlarning dominant turlari sifatida Dokhtouroffia nebulosa, Aeolesthes sarta, Asemum striatum, Buprestis rustica, Anobium pertinax qo‘ng‘izlari qayd etilgan;
O‘zbekistonning G‘arbiy Tyan-Shan tog‘ tizmalari antropogen-transformatsiyalangan hududlaridagi bog‘ agrosenozlarida Cerambycidae, Buprestidae, Curculionidae qo‘ng‘izlar oilasiga mansub ksilofag-hasharotlarning 24 turi aniqlangan, shulardan, Dokhtouroffia nebulosa, Aeolesthes sarta, Buprestis rustica dominant turlar sifatida o‘rtacha 64,7%-70,5% uchrashi qayd etilgan;
Coleoptera turkumi ksilofag-hasharotlaridan daraxt o‘simliklarining zararlanishiga qarshi “PIRALAKS-LYuKS” kimyoviy preparatining biologik samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning G‘arbiy Tyan-Shan tog‘ tizmalari ksilofag-hasharotlari yuzasidan olingan ilmiy natijalari asosida:
O‘zbekistonning G‘arbiy Tyan-Shan tog‘ tizmalari o‘rmonlaridagi Coleoptera turkumiga mansub ksilofag-hasharotlarning turlar xilma-xilligi, tarqalishi va zararkunandalik xususiyatlariga nisbatan qarshi kurashning biologik samaradorliklari o‘rganilib Namangan viloyati Pop ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi dorivor o‘simliklarni etishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi “POP” ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligining 2024 yil 22 oktyabrdagi №01/368 son ma’lumotnomasi). Natijada, Coleoptera turkumiga mansub ksilofag-hasharotlar dominant turlarini monitoring qilish, ularning o‘rmonzorlarni biozararlashdagi ishtirokini baholash hamda ularga qarshi kurash tadbirlarini takomillashtirish imkonini bergan.
O‘zbekistonning G‘arbiy Tyan-Shan tog‘ tizmalarida tarqalgan ksilobiont hasharotlar vakillaridan qattiqqanotlilar (Coleoptera) turkumining 5 oila, 13 kenja oilaga mansub 58 turi aniqlangan. Shuningdek, ksilofag qo‘ng‘izlarning bioekologik xususiyatlari va trofik aloqalari o‘rganilib O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligining 2024 yil 19 noyabrdagi №350 son ma’lumotnomasi). Natijada, Coleoptera turkumi ksilofag-hasharotlarning turlar xilma-xilligini aniqlash, oziqlanishi va zararkunandalik xususiyatlarini baholash hamda daraxt, buta, yarim buta o‘simlillarini himoyalash imkonini bergan.