Botirov Sunnatjon Xudoyberdi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “Sanoatda qo‘llaniluvchi ionitlar va ular asosidagi interpolimer tizimlarga Cr(VI) ionlari sorbsiyasi”, 02.00.06 - Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/K724.
Ilmiy rahbar: Muxamediev Muxtarjan Ganievich. kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yunusov Haydar Ergashovich, texnika fanlari doktori, professor; Qutlimuratov Nurbek Matkarimovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologiya instituti;
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoatda qo‘llaniluvchi ionitlar va ular asosidagi interpolimer tizimlarga Cr(VI) ionlari sorbsiyasini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
AB-17-8 va KU-2 sanoat ion almashinuvchi polimer materiallari asosida, individual ionitlarga nisbatan elektir o‘tkazuvchanligi yuqori, kuchli ionlangan yangi uzoq tartibliy tasirlashuvga ega bo‘lgan interpolimer tizim yaratilgan;
anionitlar va interpolimer tizimga dixromat ionlari adsorbsiyasining kinetikasi, tadqiq qilingan va adsorbsion jarayon tezligi psevdo-ikkinchi tartibli kinetik modelga mos ekanligi keltirilgan, demak jarayon geterogen bo‘lishiga qaramasdan reaksiya tezligiga dixromat ionlari konsentratsiyasidan tashqari polimer tarkibidagi funksional guruxlar konsentratsiyasi ham ta'sir etgan;
yakka holdagi anionitlarga hamda interpolimer sistemaga dixromat ionlarini adsorbsiya izotermalari tadqiq qilingan, olingan natijalar izotermalarning borishi PPE-1, AN-31 anionitlar uchun Freyndlix, AB-17-8 va AB-17-8 va KU-2 funksional polimerlar asosidagi interpolimer sistemalar uchun Lengmuer modeliga mos kelishi ko‘rsatilgan;
funksional polimerlar asosida olingan yangi interpolimer tizimning fizik-kimyoviy xossalari baholangan va interpolimer tizimning dixromat ionlariga nisbatan sorbsion sig‘imi yakka holdagi PPE-1, AN-31, AB-17-8 anionitlarga qaraganda yuqori ekanligi aniqlangan;
interpolimer tizimlarni yakka holdagi anionitlarga qaraganda sorbsion sig‘imi yuqoriligi anionit funksional guruhlarini interpolimer tizimdagi kationit sulfoguruxlari ta’sirida faollanishi bilan tushuntirilgan. EDXRF taxlil dixromat ionlarini faqat anionit funksianal guruhlari tomonidan yutulishini, kationit funksional guruhlari adsorbsiya jarayonida qatnashmasligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat ionitlati yordamida uzoq tartibliy tasirlashuvga asoslanga yangi interpolimer tizimning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
funksional polimerlar asosida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda Interpolimer tizimlarga asoslangan oqava suvlarni tozalash qurilmasi yaratilgan hamda yaratilgan interpolimer tizimlar asosidagi qurulma “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ ning markaziy mexanik ta’mirlash zavodini “Galvanik sexi” dan chiqayotgan oqava suvlarni Cr(VI) ionlaridan tozalash uchun joriy qilingan. (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ ning (2024-yil 17-oktyabrdagi 01-02-5-XX-24-10-0129-son ma’lumotnomasi). Natijada kombinat chiqindi suvida mavjud boʻlgan dixromat ionlarining miqdori 50 mg/l dan 0.05 mg/l gacha kamayganligi aniqlangan.
Muborak gazni qayta ishlash zavodidan interpolimer tizimlarga asoslangan oqava suvlarni tozalash qurilmasi yaratilgan. Yaratilgan interpolimer tizimlar asosidagi qurilma Muborak gazni qayta ishlash zavodidan chiqayotgan oqava suvlarni Cr(VI) ionlaridan tozalash uchun joriy qilingan. (2024 yil 21 oktyabrdagi 873/G‘K-10-sonli ma’lumotnomasi). Natijada joriy qilinish natijasida oqava suvi tarkibida Cr(VI) ionlari konsetratsiyasi dastlabki 10 mg/l dan 0,03 mg/l gacha kamayganligi aniqlandi, bu esa korxonadan chiqayotgan oqava suvlarni tozaligi tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi talablariga mos kelishini bildiradi va tashqi muhit ekologiyasiga salbiy ta’sir qilmasligiga xizmat qiladi hamda ijtimoy- iqtisodiy samara bergan.