Yulchiev Davronbek Gulamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xorazm viloyatining sug‘oriladigan maydonlari sho‘rlanish darajasini tezkor baholash uslubini takomillashtirish”, 06.01.02 – “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T4047.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Shermatov Ermat, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash.
Sherov Anvar Gulamovich – “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor (06.01.02).
Juraev Umid Anvarovich – “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti Gidromelioratsiya fakul`teti dekani, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor (06.01.02).
Yetakchi tashkilot – Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyatining o‘tloqi allyuvial turli darajada sho‘rlangan tuproqlari sharoitida g‘o‘za bargining qalinligini o‘zgarishi asosida tuproqning sho‘rlanish darajasini tezkor aniqlash uslubini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tuproqning sho‘rlanish darajasi va g‘o‘za bargining qalinligi orasidagi funksional bog‘liqlik aniqlangan;
g‘o‘za bargining qalinligi asosida tuproqning sho‘rlanish darajasini aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan;
g‘o‘za bargining qalinligi asosida tuproqning sho‘rlanish darajasini tezkor aniqlash uslubi ishlab chiqilgan;
Mamdani noravshan mantiqiy modeli asosida tuproqning sho‘rlanish darajasi baholangan;
tuproqning sho‘rlanish darajasini tezkor aniqlash uslubi asosida Xorazm viloyatida tuproqning sho‘rini yuvish me’yorlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xorazm viloyatining o‘tloqi allyuvial, turli darajada sho‘rlangan tuproqlari sharoitida tuproqning sho‘rlanish darajasini tezkor aniqlash uslubini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar asosida:
ishlab chiqilgan g‘o‘za bargining qalinligi asosida tuproqning sho‘rlanish darajasini tezkor aniqlash uslubi va ushbu uslubga binoan viloyatdagi sho‘rlangan tuproqlarning sho‘rini yuvish me’yorlari bo‘yicha tavsiyalar Chapqirg‘oq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Viloyat meliorativ ekspedisiyada joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 25 yanvardagi 03/28-271-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xorazm viloyatida g‘o‘za ekilgan sug‘oriladigan erlar tuproqlarining sho‘rlanishi bo‘yicha monitoring olib borish samaradorligini oshirdi hamda tuproq sho‘rlanishini boshqarish imkonini yaratdi;
sho‘rlanish darajasini baholash algoritmi Xorazm viloyating Xiva, Qo‘shko‘pir va Shovot tumani Melioratsiya bo‘limlarida joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 25 yanvardagi 03/28-271-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za bargi qalinliklarini o‘lchash orqali to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilishning aniq usuli ta’minlanib, tuproqning sho‘rlanish darajasini aniq baholash imkonini yaratdi;
g‘o‘za bargining qalinligi va tuproqning sho‘rlanish darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik asosida ishlab chiqilgan viloyat sug‘oriladigan erlarini sho‘rlanish darajasi bo‘yicha tasnifi Chapqirg‘oq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspedisiyada joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 25 yanvardagi 03/28-271-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tasniflash tuproq kartogrammalarini yaratishga va turli darajada sho‘rlangan tuproqlar uchun sho‘r yuvish me’yorlarini belgilashga asos bo‘lgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish