Xo‘jaqulova Durdona Sadriddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonda Rosa L. turkumi turlari mikobiotasi”, 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/B635.
Ilmiy rahbar: Nuraliev Xamro Xaydaralievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti, DSc.02/30.12.2019.B.39.01.
Rasmiy opponentlar: T.Rahimova, biologiya fanlari doktori, professor; Shuxrat Ganievich Kamilov, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistondagi Rosa L.turkumi turlari mikromisetlarini keng qamrovli tahlil qilish va zararli turlarga qarshi fungisidlar samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda Rosa L. turkumi turlarida mikromisetlarning 2 bo‘lim, 5 sinf, 10 tartib, 15 oila, 17 turkumiga mansub bo‘lgan 25 turi aniqlangan;
ilk bor O‘zbekiston mikobiotasi uchun 2 yangi Acrodictys septosporioides Matsush va Sphaerulina rehmiana Jaap zamburug‘ turi qayd etilgan;
mikromisetlarning tik mintaqalari bo‘yicha tarqalishi hamda mavsumiy rivojlanishi ochib berilgan;
ilk bor O‘zbekiston hududida na’matakda Fusarium proliferatum (Matsush.)zamburug‘i qayd etilgan;
ayrim zamburug‘larni turli tarkibli ozuqa muhitlarida o‘sish dinamikasi va fungisidlarning ta’siri o‘rganilgan;
ilk bor O‘zbekistonda Rosa L. turkumi turlari mikromisetlarining elektron ma’lumotlar bazasi yaratilib global biologik xilma-xillik ma'lumotlar bazasi (GBIF) ga joylashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda Rosa L. turkumi turlari mikobiotasini tahlil qilish doirasida olingan natijalar asosida:
O‘zbekistonning turli hududlaridan yig‘ilgan 120 dan ortiq mikologik gerbariy namunalari, tadqiqot natijalarini saqlash va ilmiy asosda foydalanishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Botanika instituti "Noyob obekti" Mikologik gerbariy (TASM) fondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024-yil 29 yanvardagi №4/1255-206-son ma’lumotnomasi). Ushbu gerbariy namunalari nafaqat Mikologik gerbariy fondini boyitishga, balki O‘zbekistonda tarqalgan na’matak turkumi turlari mikobiotasini elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirishga ham imkon yaratdi. Ushbu ma’lumotlar bazasi, o‘z navbatida, zamburug‘larning taksonomik tarkibi, tarqalish hududlari va ekotizimlar bo‘yicha ilmiy tahlilni amalga oshirishga xizmat qiladi;
bundan tashqari, yig‘ilgan gerbariy namunalari xalqaro ma’lumotlar tizimiga, ya’ni Bioxilma-xillik bo‘yicha ma’lumotlar umumbashariy (GBIF) bazasiga kiritilgan bo‘lib, 2024 yil 5 martdagi №003 guvohnomaga asosan bu ma’lumotlar global miqyosda mavjud bo‘lgan ilmiy tadqiqotlarga qo‘shildi. Natijada, O‘zbekistonda tarqalgan Rosa L. turkumi turlarining mikromisetlarining xalqaro miqyosda kuzatish va monitoring qilish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish