Jabborova Xolida Abdusalom qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “ꞵ-diketon hosilalarining UO22+, VO2+ bilan kompleks birikmalari sintezi, tuzilishi va xossalari”, 02.00.01 - Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/K748.
Ilmiy rahbar: Daminova Shahlo Sharipovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oʻzbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baqo Bafoevich, kimyo fanlari doktori, professor; Ibodullaeva Mavjuda Ibodulloevna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ꞵ-diketon hosilalari asosida uranil hamda vanadil ionlarining koordinatsion birikmalarini sintezi, ularning tarkibi va tuzilish xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor UO22+, VO2+ larning ꞵ-diketon hosilalari hamda tarkibida N, S saqlagan organik ligandlar ishtirokida 19 ta yangi kompleks birikmalari sintez qilingan;
kvant-kimyoviy usullar yordamida ligand va sintez qilingan kompleks birikmalarning geometrik hamda energetik parametrlari, atomlardagi zaryadlarning taqsimoti, geometriyasi hamda reaksion qobiliyati aniqlanganda uranil kompleksi uchun ΔE = -1.73, vanadil komplekslari uchun ΔE qiymat -4.32, -4.37 va -4.46 eV ga tengligi aniqlangan;
monoligandli komplekslar uchun M:L=1:2, geteroligandli komplekslar uchun M:L1:L2 = 1:2:1 nisbatda sintez qilingan yangi kompleks birikmalarning tarkibi, tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalari va metall ionlarining ligand donor atomlari bilan koordinatsiyalanish qonuniyatlari element, RST, DTA, spektroskopik analiz usullari yordamida asoslangan;
sintez qilingan yangi komplekslarning termik xossalarining metall va ligand tabiatiga bog‘liqligi aniqlanib, kompleks birikmalarda termik barqarorlik ligandlar ABI < MAB < ABT < MBT < FBI < AFBI va metallar VO2+ < UO22+ qatorida ortib borishi isbotlangan;
ilk bor tarkibi [UO2(BNA)2C2H5OH], [UO2(BNA)2ABT] bo‘lgan komplekslarning beshburchakli bipiramida, [V2O6]n(ABI)2 polimer kompleksining tetraedr va [VO(AcAc)2ABT] kompleksining esa kvadrat piramida geometriyaga ega bo‘lgan kristall tuzilishlari rentgen strukturaviy analiz usuli yordamida aniqlangan;
Hirshfeld sirt tahlilida H∙∙∙H, O∙∙∙H/H∙∙∙O va C∙∙∙C ta’sirlari ko‘proq kuzatilgan hamda molekulalararo ta’sirlashish energiyalari aniqlangan;
sintez qilingan kristallarning elektron zichligi yuzasi va elektron zichligini xaritalashga asoslanib, molekulaning sirt maydonlari va bo‘shliqlar hajmi  10% dan ortiq emasligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. BNA, AcAc asosida UO22+, VO2+ larning mono va aralash ligandli koordinatsion birikmalarini sintezi, ularning tarkibi va tuzilish xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
[UO2(BNA)2C2H5OH], [(V2O6)(ABI)2] va [VO(AcAc)2(ABT)]  tarkibli kompleks birikmalarning rentgen tuzilish tahlili natijalari Kembridj kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam.ac.uk /cons/retrievihg.html CCDC depozit raqami 2291372, 2291369, 2413359). Natijada, o‘xshash yangi kimyoviy birikmalarni sintez qilish va tuzilishini tavsiflash imkonini bergan;
sanoat oqova suvlari tarkibidan uran ionlarini aniqlash va ularni kompleks birikmalar holida cho‘ktirish orqali miqdoriy tahlil qilish usuli “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ texnologik eritmalarida sinab ko‘rilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Ajning 2024-yil 6-sentyabrdagi 23/01-01-07/523-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur usul yordamida texnologik eritmalari hamda chiqindi suvlaridagi uranil ionlarini aniqlash mumkin bo‘ldi;
sintez qilingan kompleks birikmalardan FZ-20200929348-raqamli «Fenol kislotalari asosidagi supramolekulyar komplekslarning tuzilishi bilan ularning o‘simliklarni abiotik va biotik salbiy ta’sirlardan himoya qilish xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tadqiq qilish» mavzusidagi fundamental loyihada metallo-kompleks birikmalarini sintez qilish, ularning tuzilishi va xossalarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024-yil 14-avgustdagi № 4/1255-1814 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ꞵ-diketon asosida olingan metallokompleks birikmalarining sintez metodikasi, faol biologik xususiyatlari, ularning struktura tuzilishi, markaziy atom qurshovi va ligandlar tabiatiga bog‘liqligi bo‘yicha olingan fundamental qonuniyatlardan foydalangan holda  fenol kislotalari asosidagi supramolekulyar komplekslarning sintezida yuqori natijalarga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish