Nosirov Sobitjon Sobirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Toshkent Botanika bog‘iga introduksiya qilingan Lonicera L. (Caprifoliaceae Juss.) turkumi ayrim istiqbolli turlarining bioekologik xususiyatlari”, 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/V974.
Ilmiy rahbar: Raximova Nargiza Kamiljanovna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Botanika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti, DSc.02/30.12.2019.B.39.01.
Rasmiy opponentlar: Xamraeva Dilovar Tolibdjonovna, biologiya fanlari doktori; Baysunov Babir Xidirovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: introduksiya sharoitida Lonicera L. turkumi ayrim istiqbolli turlarining bioekologik xususiyatlarini asoslash, ko‘kalamzorlashtirishda foydalanish uchun ko‘paytirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Lonicera turkumi ayrim istiqbolli (Lonicera maackii, L. tatarica, L. korolkowii, L. paradoxa) turlarining Toshkent Botanika bog‘i sharoitida o‘sishi va rivojlanishiga ekologik omillarning ta’siri aniqlangan;
laboratoriya sharoitida turlar urug‘ unuvchanligining eng maqbul haroratlari aniqlangan;
tadqiqot ob’ektlarining sutkalik va mavsumiy gullash dinamikalari hamda urug‘ mahsuldorligi asoslangan;
O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob Lonicera paradoxa ning tabiiy o‘sish sharoitida hozirgi holati kuzatilgan hamda ushbu turni mikroklonal usulda ko‘paytirishga erishilgan;
o‘simliklar introduksion baholanib, ko‘paytirish usullari ishlab chiqilgan hamda ulardan Respublikamizning ko‘kalamzorlashtirish sohasida foydalanish uchun tavsiyalar berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lonicera L. turkumi ayrim istiqbolli turlarining Toshkent Botanika bog‘i sharoitida introduksiyasi hamda bioekologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadqiqot ob’ektlari sifatida tanlab olingan turlarni Toshkent Botanika bog‘i ex-situ sharoitida ko‘paytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Toshkent Botanika bog‘ining Dendrologiya laboratoriyasi faoliyatiga joriy qilingan (O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 13-iyuldagi 04/1255-1479-son ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent Botanika bog‘ida turlarning tirik koleksiyasini yaratish imkonini bergan;
generativ va vegetativ ko‘paytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Toshkent, Farg‘ona va Namangan viloyatlarining Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmalariga joriy qilingan (O’zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 15-dekabrdagi 03-03/3-8213-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rganilgan turlarni viloyatlarning mos iqlim sharoitida yalpi ko‘paytirish imkonini bergan;
turkum turlarining fenologiyasi va biometriyasiga doir ma’lumotlar Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasining 2023 yil 21-dekabrdagi 1-13/29594-son ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent shahar yo‘l qatnov yoqalari va bino-inshootlarning atrofiga mos buta turlarini tanlash va ko‘kalamzorlashtirish faoliyati samaradorligini oshirish imkonini bergan.