Sayt test rejimida ishlamoqda

2018 yil 28 iyun` Oliy attestatsiya komissiyasida press-konferensiya hamda ilmiy tadqiqotchilarni ilmiy darajalarda tasdiqlanganlik to‘g‘risidagi diplomni topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda OAK raisi «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi natijalari» mavzuida ma’ruza qildi. Ma’ruzada OAKda bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar, jumladan: “OAK nizomlari qayta ishlanib, tasdiqlandi va Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Mazkur nizomlarda xalqaro ilg‘or amaliyot, samarali ilmiy faoliyatni rag‘batlantirish, dissertatsiya sifati va samaradorligini oshirish, imtihonlar tarkibini optimallashtirish va baholash tizimini takomillashtirish kabilarga alohida e’tibor qaratilgan;
“Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliligi ro‘yxati”,  “Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalari” va “Dissertatsiyalar ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishini baholash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar” qayta ko‘rib chiqildi hamda ro‘yxatdan o‘tkazildi;
siyosiy fanlar tiklanib, ixtisosliklar ro‘yxatiga kiritildi;
islomshunoslik fanlari ixtisosliklar ro‘yxatiga kiritildi;
samarali va natijador ilmiy faoliyatni rag‘batlantirish uchun muhim ilmiy yangiliklar olgan va katta ahamiyatga ega bo‘lgan 3 tagacha ixtiro patenti muallifiga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini dissertatsiya himoyasisiz ilmiy kengashda prezentatsiya asosida berish tartibi kiritildi;
muhim ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli darajada yuqori va ro‘yxat bo‘yicha xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kerakli miqdorda maqolalar chop ettirgan mutaxassisga falsafa doktori(PhD) va ilmiy darajaga ega bo‘lgan talabgorga fan doktori(DSc)ilmiy darajasini dissertatsiya himoyasisiz ilmiy kengashda prezentatsiya asosida berish tartibi kiritildi;
2 ta malakaviy imtihon qoldirilgan holda (ixtisoslik va chet tili) barcha malakaviy imtihonlar bekor qilindi (maxsus fan bo‘yicha malakaviy imtihon faqat ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha ilmiy unvonlar talabgorlari uchun qoldirildi);
IELTS, TOEFL, CEFR, Test DaF, GOETHE-ZERTIFIKAT, DALF va Davlat test mar­kazining malakaviy sertifikatiga ega izlanuvchi­lar chet tili bo‘yicha malakaviy imtihonni topshirishdan ozod etildi;
dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati ilk bor to‘liq shaklda ishlab chiqildi”.
Undan tashqari bundan keyingi rejalar hamda ilmiy darajalar va ilmiy unvonlarda tasdiqlanganlar to‘g‘risida ham atroflicha so‘z yuritildi.
Yuklab olish: Maruza-matni.pdf

Yangiliklarga obuna bo‘lish