- Asosiy sahifa
- Ilmiy nashrlar
-
OAK Rayosatining 2023 yil 29 dekabrdagi 347/5-son qarori bilan san’atshunoslik fanlari bo‘yicha PhD va DSc ilmiy darajalariga talabgorlarning dissertatsiyalari yuzasidan asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari nashrlari ro‘yxatidan «Problemi sovremennoy nauki i obrazovaniya» jurnali 2024 yil 1 yanvaridan chiqarildi.
-
O‘zbekiston Respublikasi OAK Rayosatining tegishli qarorlari bilan “Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati”ga ilmiy nashrlarni kiritish haqida
-
Ilmiy tadqiqotlar natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarning tavsiyasiga ko‘ra fan tarmoqlari bo‘yicha shakllantiriladi. Ro‘yxat 2015-2019 yillarda har yili nashr qilingan. Ro‘yxat to‘liq formati OAK veb-saytiga joylashtirilgan.
Mamlakatimizda axborot ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda ilmiy kengashlarning akademik mustaqilligini kengaytirish maqsadida ilmiy jamoatchilik bilan kelishilgan holda Ro‘yxatni bekor qilish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan. Shunga ko‘ra, 2020 yildan beri Ro‘yxat kitobcha shaklida chop etilmagan. Barcha o‘zgartirishlar muntazam ravishda OAK veb-saytida e’lon qilib borilishi yo‘lga qo‘yilgan. -
OAK Rayosatining 2021 yil 24 maydagi 298/10-son qarori bilan iqtisodiyot, filologiya va tibbiyot fanlari bo‘yicha PhD va DSc ilmiy darajalariga talabgorlarning dissertatsiyalari yuzasidan asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatidan «Jamiyat va innovatsiyalar - Obshhestvo i innovatsii - Society and innovations» jurnali (www.inscience.uz) 2021 yil 1 iyundan chiqarildi.
-
TADQIQOTChILAR DIQQATIGA!
Discertatsiyalar sifatini oshirishda nashr ishlari, jumladan ularning tegishli talablarga javob bergan ilmiy nashrlarda chop etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan internet tarmoqlarida joylashtirilgan ma’lumotlarga asoslangan holda quyida keltirilgan “shubxali” nashrlarda maqolalarni chop etish uchun taqdim etishda ehtiyokorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.
Scopus platformasidan 2021 yilning aprel oyi holatiga chiqarilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati ilova qilinadi. -
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini nashr qilish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati»dan 58 ta ilmiy nashr ob’ektiv ilmiy-tashkiliy sabablarga ko‘ra keyingi yillarda chiqarilgan.
OAK Rayosatining 2020 yil 31 dekabrdagi qarori asosida pedagogika va psixologiya fanlari bo‘yicha nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan «European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences (EJRRES)» (Great Britain. Progressive Academic Publishing, http://www.idpublications.org/ejrres-vol-8-no-4-2020/) jurnali 2021 yildan boshlab ilmiy nashrlar ro‘yxatidan chiqarildi (mazkur nashr ro‘yxatda mavjud bo‘lgan davrda chop qilingan maqolalar e’tiborga olinadi).
-
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi to‘g‘risidagi nizom»ga muvofiq OAKga doktorlik dissertatsiyalarining asosiy ilmiy natijalarini e’lon qilish uchun tavsiya etiladigan ilmiy nashrlar, shu jumladan, elektron ilmiy-texnik jurnallar ro‘yxatini belgilash yuklatilgan.
-
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan va 2017 yil 22 maydagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi to‘g‘risidagi nizom”ga asosan ...
-
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan va 2017 yil 22 maydagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi to‘g‘risidagi nizom”ga asosan ...
-
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi to‘g‘risidagi nizom»ga va O‘zbekiston Respublikasi OAK Rayosatining 2013 yil 11 apreldagi 197/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Doktorlik dissertatsiyalarining asosiy ilmiy natijalari e’lon qilinishi lozim bo‘lgan respublika va xorijiy mamlakatlarning nufuzli ...
Bosh menyu
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»
- Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
- Ochiq ma’lumotlar
- Ixtisosliklar ro‘yxati
- Rayosat majlislari
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
- Gender tenglik
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tahliliy ma’lumotlar
- Bo‘sh ish o‘rinlari
Yangiliklarga obuna bo‘lish
Foydali resurslar
So‘rovnoma
-
Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy veb-saytiga baho bering