
O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati tomonidan fanlar sohasida ilmiy daraja talabgorlarining dissertatsiya ishlari bo‘yicha asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan xorijiy ilmiy jurnallar ro‘yxatini takomillashtirish yuzasidan qaror qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, “Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati”dan ayrim jurnallar chiqarildi. Tahlillarga ko‘ra, mazkur nashrlar xalqaro ilmiy bazalarda etarli darajada indekslanmagan, iqtiboslik ko‘rsatkichlari past bo‘lgan, faoliyati to‘xtatilgan yoki xalqaro e’tirof etilgan ma’lumotlar bazalarida qayd etilmagani aniqlandi. Xususan:
Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha:
1. «Voprosi melioratsii»;
2. «Agroekologiya» (Rossiya Federatsiyasi);
3. «Journal Genetics and Plant Physiology»;
4. «Time Journal of Biological Science and Technology» (Bolgariya);
5. «International Journal of Agricultural Science and Bioresource Engineering Research»;
6. «International Research Journal of Agricultural Science and Soil Science»;
7. «International Journal of Agriculture Research and Reviews» (AQSh);
8. «Indian Journal of Plant Genetic Resources»;
9. «Journal of Cotton Research and Development»;
10 «Sericologia» (Hindiston);
11. «The Asian and Australasian Journal of Plant Science and Biotechnology» (Yaponiya).
Kimyo fanlari bo‘yicha:
1. Canadian Journal of Science and Education (Canada. Informa UK Limited, an Informa Group Company);
2. International Journal of Biochemistry Research & Review (The USA. Science Domain International);
3. International Journal of Chemical Petrochemical Technology (Canada, India, Qatar, Singapore, USA, Great Britain. Trans Streller international chemistry and petro chemistry technologies organization);
4. International Journal of Food Processing Technology (The USA. Department of Food Science);
Biologiya fanlari bo‘yicha:
1. Biochemistry and Biotechnology: Research and Development (The USA. Nova Science Publisher, Inc);
2. Journal of Biochemical and Pharmacological Research (The USA. Research Publisher Inc).
Tibbiyot fanlari bo‘yicha:
1. American Journal of Medicine and Medical Sciences.
Texnika fanlari bo‘yicha:
1. Journal of Textile Science & Engineering;
2. Computing Science and Technology International Journal;
3. Engineering;
4. Materials Sciences and Applications;
5. Open Journal of Polymer Chemistry;
6. World Journal of Mechanics;
7. Journal of Automobile Engineering;
8. Journal of Bio-Technology and Research;
9. Journal of Chemical Engineering and Technology;
10. Journal of Civil, Structural, Environmental & Water Resources Engineering Research;
11. Journal of Computer Networking, Wireless and Mobile Communications;
12. Journal of Computer Science Engineering and Information Technology Research;
13. Journal of Electrical and Electronics Engineering;
14. Journal of Electronics, Communication and Instrumentation Engineering Research;
15. Journal of Engineering and Technology;
16. Journal of Food Science & Technology (Transstellar);
17. Journal of Industrial Engineering and Research;
18. Journal of Mechanical and Production Engineering;
19. Journal of Metallurgical and Materials Engineering Research;
20. Journal of Plastic and Polymer Technology;
21. Journal of Textile and Fashion Technolog.
San’atshunoslik fanlari bo‘yicha:
1. (2019) Anthropology & Archeology of Eurasia The USA. Taylor & Francis, Inc.
Arxitektura fanlari bo‘yicha:
1. International Journal of Scientific and Technology Research France/India. Publication Ethics and Malpractice Statement;
Shu bilan birga, xalqaro ilmiy nashrlarning nomlari o‘zgarishi bilan bog‘liq holatlar ham inobatga olindi. Xususan, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha avval ro‘yxatda alohida qayd etilgan «Vestnik sel`skoxozyaystvennoy nauki» va «Vestnik Rossiyskoy akademii sel`skoxozyaystvennix nauk» jurnallari yagona nashrning turli yillardagi nomlari ekani aniqlanib, mazkur jurnalning amaldagi nomi — «Vestnik rossiyskoy sel`skoxozyaystvennoy nauki» shaklida ro‘yxatga kiritildi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasining «Nauchniy jurnal Rossiyskogo NII problem melioratsii» jurnali 2021 yildan boshlab «Melioratsiya i gidrotexnika» nomi bilan nashr etilayotgani sababli ro‘yxatda yangi nomi bilan qayd etildi. Bolgariyaning «Rasteniev’dni nauki (Plant Sciences)» jurnali esa hozirgi kunda «Rasteniev’dni nauki» (Bulgarian Journal of Crop Science) nomi bilan nashr etilayotgani munosabati bilan ro‘yxat tegishli ravishda yangilandi.
Yaponiyaning «Journal of Sericultural Science of Japan» jurnali nomi «Journal of Insect Biotechnology and Sericology» deb o‘zgargani hamda mazkur jurnal Scopus xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasida indekslanishi inobatga olinib, ro‘yxatda yangi nomi bilan qayd etildi.
Ta’kidlash joizki, mazkur qaror qabul qilinguniga qadar (10.06.2026 y.) ro‘yxatdan chiqarilgan jurnallarda nashr etilgan ilmiy maqolalar dissertatsiya ishlarining asosiy ilmiy natijalari sifatida belgilangan tartibda e’tiborga olinadi.
Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan ilmiy nashrlar ro‘yxatini muntazam ravishda qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirib borish ilmiy tadqiqotlar sifati hamda ilmiy natijalarning xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Axborot xizmati.