OAK Rayosatining 2024 yil 30 martdagi 352/4-son qarori:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 31 yanvardagi “Ilmiy noshirlik faoliyati hamda dissertatsiyalarda ko‘chirmachilikni aniqlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 24-son buyruqning 3-bandi bilan “Ilmiy faoliyat natijalarini nashr etish uchun tavsiya etilgan nashrlar ro‘yxatiga kiritish uchun ilmiy nashrlarga qo‘yiladigan ilmiy etiket talablari” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanib, unda 16 ta nashriyotlar va ma’lumotlar bazalari e’tiborga olinmagani ma’lumot uchun qabul qilinsin.

“Ilmiy faoliyat natijalarini nashr etish uchun tavsiya etilgan nashrlar ro‘yxatiga kiritish uchun ilmiy nashrlarga qo‘yiladigan ilmiy etiket talablari”ning 21-bandiga muvofiq quyidagi 16 ta nashriyotlar va ma’lumotlar bazalari “O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati”dan (3-bet) 2024 yilning 1 aprelidan boshlab chiqarilsin:
1.    (2) Journal Impact Factor
2.    (5) Global Impact Factor
3.    (6) International Impact Factor Sevices
4.    (15) Directory of Research Journals Indexing
5.    (17) Open Academic Journals Index
6.    (19) Scientific Indexing Services
7.    (20) General Impact Factor
8.    (21) InfoBase Index
9.    (22) International Society for Research Activity
10.    (23) Scientific Journal Impact Factor
11.    (24) Scientific Research Publishing Inc
12.    (26) Academic Journals Database
13.    (27) Academic One File
14.    (28) Advanced Science Index
15.    (39) Impact Factor Search
16.    (43. z/h) Universal Impact Factor.

OAK Kotibiyati hamda ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati”dan (3-bet) 2024 yilning 1 aprelidan chiqarilgan 16 ta nashriyotlar va ma’lumotlar bazalari asosida «impakt-faktor»ga ega bo‘lgan ilmiy jurnallarda nashr etilgan maqolalarni Ro‘yxat tarkibiga kiritilgan ilmiy jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar sifatida qabul qilmaslik amaliyotini yo‘lga qo‘ysin.

Yangiliklarga obuna bo‘lish