- Asosiy sahifa
- Himoya haqida e’lonlar
-
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Boshlang‘ich sinflar adabiy ta’limida o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatish metodikasi, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (filologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped12190.
Ilmiy rahbar Tuychieva Maxfuza Umarkulovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Konisbay Abilovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Isroilova Ruxshona Sunnatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
P. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinflar adabiy ta’limida o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Sh. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinflar adabiy ta’limida o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatishning tashkiliy-didaktik imkoniyatlari badiiy asar mazmunini muammoli-tahliliy o‘zlashtirish, sabab-oqibatli va mantiqiy bog‘lanishlarni aniqlash, obrazlararo munosabatlarni qiyosiy talqin qilish, syujet rivojini modellashtirish, dalillash va inferensial xulosa chiqarish faoliyatlari asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinflar adabiy ta’limida o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatishning didaktik modeli muammoli vaziyat → tahliliy idrok → mantiqiy operatsiya → dalillash → xulosalash → refleksiya siklida badiiy matnning semantik, syujet-kompozision va obrazlar tizimiga xos didaktik imkoniyatlarni mantiqiy fikrlash operatsiyalari bilan integrativ-dinamik uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
“O‘qish savodxonligi” darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi adabiy matnning syujet-kompozision va mazmuniy qatlamlarini “Dialogik-dalillash” metodi orqali fikrni matn dalillari bilan asoslash, “Kollaborativ reasoning” metodi orqali rolli guruhiy muhokamada dalillarni taqqoslash va muqobil fikrlarni mantiqiy tekshirish, “Syujetli argument xaritasi” orqali sabab-voqea-harakat-oqibat-dalil-xulosa munosabatlarini vizuallashtirish asosida integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
adabiy ta’limda o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashga o‘rgatish metodikasi samaradorligi matnni tushunishdan muqobil echim taklif qilish va o‘z fikrlash natijasini refleksiv baholashgacha bo‘lgan tahliliy-taqqoslash, sabab-oqibatli anglash, inferensial fikrlash, argumentativ dalillash, umumlashtirish-xulosalash va refleksiv baholash mezonlarining integrativ-dinamik aloqadorligi asosida takomillashtirilib, ularning reproduktiv, analitik va ijodiy-refleksiv darajalarini belgilovchi mezon–indikator-diagnostik topshiriq tizimi aniqlashtirilgan. -
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Tarbiya fanlarini o‘qitishda talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10971.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Dilnoza Narzullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Narzikulova Dilnoza Xoshimjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Raxmonov Azizxon Bositxonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
P. Tadqiqotning maqsadi Tarbiya fanlarini o‘qitishda talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Sh. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tarbiya fanlaridan talabalarda mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirishning metodik imkoniyatlari metakognitiv strategiyalar hamda refleksiv pedagogika integrativligida blended learning, flipped learning va microlearning texnologiyalarini qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
Tarbiya fanlaridan talabalarda mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish modeli talabalarning ijtimoiy va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida hamkorlikda o‘qish, o‘zaro o‘rganish hamda bilim, tajriba va amaliyot almashishga yo‘naltirilgan yondashuvlarni uyg‘unlashtirish orqali o‘quv jarayonining sotsiokonstruktiv xususiyatini kuchaytirish asosida takomillashtirilgan;
Tarbiya fanlaridan talabalarda mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirishning mexanizmi maqsad qo‘yish– rejalashtirish– monitoring– refleksiya– o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalari tizimlashtirilib, talabaning o‘quv avtonomiyasi va akademik mustaqilligini rivojlantirishdagi ro‘liga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan;
Tarbiya fanlaridan talabalarda mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish mexanizmining samaradorligi reproduktiv darajadan produktiv va kreativ darajaga transformatsiyalashga xizmat qiluvchi ko‘p bosqichli motivatsion–kognitiv faoliyat–refleksiv–diagnostik tizim sifatida eksperimental-statistik usullar asosida dalillangan. -
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Affiksatsiya sohasida pragmatik konnotatsiyalarning aktuallashuvi muammolari (fransuz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya).
-
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Bo‘lajak o‘qituvchilar raqamli kompetentligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirish, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped11307.
Ilmiy rahbar Ibragimov A’lamjon Amrilloevich, Pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidasi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qo‘ysinov Odil Almuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ibraymov Askar Esbosinovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
P. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilar raqamli kompetentligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Sh. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilar raqamli kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari xalqaro kompetensiya ramkalarini milliy ta’lim mazmuniga kontekstual moslashtirish, integrativ o‘quv-metodik ta’minotni individuallashtirish hamda raqamli kasbiy identitet, subektlik va aksiologik pozisiyani shakllantirish jarayonlarining funksional muvofiqligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetentligini rivojlantirish modeli kognitiv, amaliy-faoliyatli, aksiologik va refleksiv komponentlari dinamik o‘sishini raqamli-didaktik muhit imkoniyatlari bilan muvofiqlashtirish hamda kasbiy ehtiyoj, pedagogik mas’uliyat va xavfsiz faoliyat o‘rtasidagi motivatsion-regulyativ aloqadorlikni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetentligini rivojlantirish mexanizmi tashkiliy-muvofiqlashtiruvchi, mazmuniy-protsessual, faoliyatli-variativ va diagnostik-korreksion modullarni funksional integratsiyalash hamda tashxis, ehtiyoj, tanlov va refleksiyaga asoslangan individual kasbiy rivojlanish traektoriyasini loyihalash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetentligini rivojlantirish mexanizmi samaradorligi shaxsiy-kasbiy ehtiyojlarning xavfsiz va mas’uliyatli raqamli faoliyat motivatsiyasiga transformatsiyalanishi hamda individual kasbiy rivojlanish traektoriyasi natijadorligini o‘z-o‘zini baholash, qayta aloqa va elektron portfolio ma’lumotlarini triangulyasiyalash asosida aniqlashtirilgan. -
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak muhandislarni tayyorlashda raqamli texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02–“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6305.
Ilmiy rahbar: Axmedov Juraboy Raxmonberdievich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
Rasmiy opponentlar: Himmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mattiev Ilhom Begmatdulobovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. -
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Kollaborativ o‘qitish texnologiyalari vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch kompetensiyalarni shakllantirish, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8624.
Ilmiy rahbar: Narzikulova Dilnoza Hoshimjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Izbullaeva Gulchehra Valerievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Usarov Jabbor Eshbekovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
P. Tadqiqotning maqsadi kollaborativ o‘qitish texnologiyalari vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch kompetensiyalarni shakllantirishga oid tavsiyalar ishlab chiqish.
Sh. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalarini kollaborativ o‘qitish texnologiyalari vositasida shakllantirishning pedagogik shartlari muammoli, ijodiy, kollaborativ yondashuvlar hamda raqamli texnologiyalar integratsiyasi asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalarini shakllantirishni metodik modeliga maqsad, mazmunli, natija komponentlari amaliy yo‘naltirilgan ta’lim sharoitida raqamli ta’lim platformalariga moslashtirilgan vositalari bilan qayta aloqasi natijaviyligini tizimli ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalarini shakllantirishga doir mashg‘ulotlarning o‘quv-tashkiliy tuzilmasi kollaborativ ta’lim texnologiyasi, onlayn ta’lim platformalariga moslashtirilgan o‘quv resurslar bilan ishlash ko‘nikmalariga ko‘ra tizimlashtirish va integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalarini kollaborativ o‘qitish texnologiyalari vositasida shakllantirish metodikasining samaradorligi motivatsion-kognitiv, kognitiv-kreativ, jarayonli-integrativ mezonlar, ko‘rsatkichlar va darajalar tizimi matematik-statistik tahlil asosida aniqlashtirilgan. -
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarga ijtimoiy-gumanitar fanlarni kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish (pedagogik diagnostika va korreksiya fani misolida)”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8815.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: To‘raev Muzaffar Farmonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Fayzullaeva Nilufar Sadullaevna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. -
Dissertatsiya mavzusi,ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Badiiy tarjimada muallif uslubini qayta yaratish muammolari (Oskar Uayld asarlari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan: B2017.1.PhD/Fil170.
Ilmiy rahbar: Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, filologiya fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.08.08.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muxammadovna, filo1ogiya fanlari doktori (DSc), professor; Davlatova Muxayyo Hasanovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. -
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Geografiya ta’limida elektron axborot ta’lim resurslarni yaratish va ularni joriy qilish mexanizmlarini takomillashtirish (7-sinf Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi fani misolida”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (geografiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7858.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Dilnoza Narzullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07 raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rajabov Furqat Turakulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Alimkulov Nusratilla Rahmonkulovich, geografiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. -
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy qahramonlar faoliyati vositasida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish mexanizmlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Ped712.
Ilmiy maslahatchi: Safarova Roxat Gaybillaevna, pedagogkia fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.02.01.
Rasmiy opponentlar: Xusanova Sumbul Islamovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ibragimov A’lamjon Amrilloevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Bosh menyu
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»
- Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
- Ochiq ma’lumotlar
- Ixtisosliklar ro‘yxati
- Rayosat majlislari
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
- Gender tenglik
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tahliliy ma’lumotlar
Yangiliklarga obuna bo‘lish
Foydali resurslar
So‘rovnoma
-
Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy veb-saytiga baho bering