Xalmatova Dilobad Alimjanovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarga ijtimoiy-gumanitar fanlarni kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish (pedagogik diagnostika va korreksiya fani misolida)”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8815.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: To‘raev Muzaffar Farmonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Fayzullaeva Nilufar Sadullaevna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarga ijtimoiy-gumanitar fanlarni kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarga ijtimoiy-gumanitar fanlarni kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘qitishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari ta’lim mazmunining ilmiyligi, mustaqil va kreativ faollik hamda tahliliy-tanqidiy fikrlash tamoyillariga ustuvorlik berish, shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatga yo‘naltirilgan va interfaol yondashuvlarning diagnostik-korreksion funksiyalarini o‘zaro uyg‘unlashtirish hamda talabalarning shaxsiy va kasbiy diagnostika ko‘nikmalarini izchil rivojlantirish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarga ijtimoiy-gumanitar fanlarni kompetensiyaviy yondashuv hamda diagnostik-korreksion mezonlar asosida o‘qitishning takomillashtirilgan metodik modeli maqsadli-motivatsion, mazmuniy-didaktik, diagnostik-korreksion va natijaviy-baholash komponentlarining funksional integratsiyasi, talabalarning kasbiy-pedagogik tayyorgarlik darajalarini reproduktiv, produktiv va ijodiy mezonlar asosida bosqichma-bosqich tashxislash, aniqlangan bilim va kompetensiya bo‘shliqlarini individual hamda guruhiy korreksiyalash va prognostik monitoring orqali keyingi rivojlanish traektoriyasini belgilash asosida takomillashtirilgan;
talabalarga ijtimoiy-gumanitar fanlarni kompetensiyaviy yondashuv hamda diagnostik-korreksion mezonlar asosida o‘qitishning axborot-didaktik va metodik ta’minoti dars mashg‘ulotlarini modellashtirish va pedagogik vaziyatlarni formallashtirish, talabalarning kasbiy diagnostik kompetensiyasi hamda axloqiy-tarbiyalanganlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan elektron ta’lim resurslari, keys-stadi, diagnostik treninglar va raqamli test tizimlarini HEMIS, Moodle hamda pedagogik klaster muhitiga funksional integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorgarlik va axloqiy-tarbiyalanganlik darajalarini aniqlashning miqdor va sifat ko‘rsatkichlari reproduktiv, produktiv va ijodiy darajalarni diagnostik-prognostik parametrlar, mezonli indikatorlar hamda talabalarning bilim va kompetensiyalaridagi bo‘shliqlarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan differensial-korreksion mexanizmlar bilan muvofiqlashtirish asosida optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalarga ijtimoiy-gumanitar fanlarni kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
ta’lim mazmunining ilmiyligi, mustaqil va kreativ faollik hamda tahliliy-tanqidiy fikrlash tamoyillariga ustuvorlik berish, shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatga yo‘naltirilgan va interfaol yondashuvlarning diagnostik-korreksion funksiyalarini o‘zaro uyg‘unlashtirish hamda talabalarning shaxsiy va kasbiy diagnostika ko‘nikmalarini izchil rivojlantirish asosida aniqlashtirilgan talabalarga ijtimoiy-gumanitar fanlarni kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘qitishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlariga doir nazariy-metodik tavsiyalardan muallifdoshlikda nashr etilgan “Ijtimoiy pedagogika” nomli darslik tarkibida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-sonli buyrug‘i asosida nashr tavsiyanomasi). Natijada, tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarini tizimli kasbiy faoliyatga tayyorlash sifatini oshirishga va ijtimoiy-pedagogik kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
maqsadli-motivatsion, mazmuniy-didaktik, diagnostik-korreksion va natijaviy-baholash komponentlarining funksional integratsiyasi, talabalarning kasbiy-pedagogik tayyorgarlik darajalarini reproduktiv, produktiv va ijodiy mezonlar asosida bosqichma-bosqich tashxislash, aniqlangan bilim va kompetensiya bo‘shliqlarini individual hamda guruhiy korreksiyalash va prognostik monitoring orqali keyingi rivojlanish traektoriyasini belgilash asosida takomillashtirilgan talabalarga ijtimoiy-gumanitar fanlarni kompetensiyaviy yondashuv hamda diagnostik-korreksion mezonlar asosida o‘qitishning takomillashtirilgan metodik modeliga oid ilmiy takliflaridan “Pedagogik diagnostika va korreksiya” nomli yangi avlod darsligini ishlab chiqishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 12-apreldagi 491-sonli buyrug‘i, №491-212 tartib raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, ushbu darslikning ta’lim jarayoniga joriy etilishi bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tashxisiy yondashuvlar asosida tayyorlash, o‘quv kurslari mazmunini optimallashtirish va amaliy tajriba-sinov ishlarining metodik sifat darajasini tubdan oshirish imkonini bergan;
dars mashg‘ulotlarini modellashtirish va pedagogik vaziyatlarni formallashtirish, talabalarning kasbiy diagnostik kompetensiyasi hamda axloqiy-tarbiyalanganlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan elektron ta’lim resurslari, keys-stadi, diagnostik treninglar va raqamli test tizimlarini HEMIS, Moodle hamda pedagogik klaster muhitiga funksional integratsiyalash asosida takomillashtirilgan talabalarga ijtimoiy-gumanitar fanlarni kompetensiyaviy yondashuv hamda diagnostik-korreksion mezonlar asosida o‘qitishning axborot-didaktik va metodik ta’minotiga doir taklif va tavsiyalaridan “Pedagogika” va “Pedagogika va psixologiya” ta’lim yo‘nalishlari doirasida o‘qitiladigan mutaxassislik fanlarining o‘quv dasturlari hamda sillabuslarini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026-yil 5-martdagi 02/01-01-146-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur metodik yangiliklarning amaliyotga integratsiya qilinishi bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishga hamda oliy ta’lim muassasalarida innovatsion didaktik muhitni loyihalash samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
reproduktiv, produktiv va ijodiy darajalarni diagnostik-prognostik parametrlar, mezonli indikatorlar hamda talabalarning bilim va kompetensiyalaridagi bo‘shliqlarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan differensial-korreksion mexanizmlar bilan muvofiqlashtirish asosida optimallashtirilgan bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorgarlik va axloqiy-tarbiyalanganlik darajalarini aniqlashning miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga doir xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi “Toshkent viloyati teleradiokanali” davlat muassasasining “Zavqli kun” ko‘rsatuvi ssenariylarini g‘oyaviy shakllantirish va boyitishda foydalanilgan (“Toshkent viloyati teleradiokanali” davlat muassasasining 2026-yil 23-fevraldagi 01-04-30-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda bo‘lajak o‘qituvchi shaxsining ijtimoiy-axloqiy nufuzini, pedagogik diagnostika madaniyatini hamda zamonaviy pedagog kadrlarning kasbiy tayyorgarlik darajalarini ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib qilishning medialashgan axborot-ma’rifiy ta’minoti tizimli ravishda kengaytirilgan.