Begmatova Gulshoda Hamidovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Kollaborativ o‘qitish texnologiyalari vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch kompetensiyalarni shakllantirish, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8624.
Ilmiy rahbar: Narzikulova Dilnoza Hoshimjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Izbullaeva Gulchehra Valerievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Usarov Jabbor Eshbekovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
P. Tadqiqotning maqsadi kollaborativ o‘qitish texnologiyalari vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch kompetensiyalarni shakllantirishga oid tavsiyalar ishlab chiqish.
Sh. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalarini kollaborativ o‘qitish texnologiyalari vositasida shakllantirishning pedagogik shartlari muammoli, ijodiy, kollaborativ yondashuvlar hamda raqamli texnologiyalar integratsiyasi asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalarini shakllantirishni metodik modeliga maqsad, mazmunli, natija komponentlari amaliy yo‘naltirilgan ta’lim sharoitida raqamli ta’lim platformalariga moslashtirilgan vositalari bilan qayta aloqasi natijaviyligini tizimli ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalarini shakllantirishga doir mashg‘ulotlarning o‘quv-tashkiliy tuzilmasi kollaborativ ta’lim texnologiyasi, onlayn ta’lim platformalariga moslashtirilgan o‘quv resurslar bilan ishlash ko‘nikmalariga ko‘ra tizimlashtirish va integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalarini kollaborativ o‘qitish texnologiyalari vositasida shakllantirish metodikasining samaradorligi motivatsion-kognitiv, kognitiv-kreativ, jarayonli-integrativ mezonlar, ko‘rsatkichlar va darajalar tizimi matematik-statistik tahlil asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kollaborativ o‘qitish texnologiyalari vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch kompetensiyalarni shakllantirish metodikasini takomillashtirishga oid ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalarini kollaborativ o‘qitish texnologiyalari vositasida shakllantirishning pedagogik shartlari muammoli, ijodiy, kollaborativ yondashuvlar hamda raqamli texnologiyalar asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” nomli darslikning mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 28-yanvardagi № 4094-7769-79e0-88d7-d843-5144-2469-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish faoliyatini raqamli ta’lim vositalari asosida takomillashtirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalarini shakllantirishni metodik modeliga maqsad, mazmunli, natija komponentlari amaliy yo‘naltirilgan ta’lim sharoitida raqamli ta’lim platformalariga moslashtirilgan vositalari bilan qayta aloqasi natijaviyligini bevosita ta’minlash orqali takomillashtirishga oid takliflar “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” nomli darslikning mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 28-yanvardagi № 4094-7769-79e0-88d7-d843-5144-2469-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalarini shakllantirishga erishilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalarini shakllantirishga doir mashg‘ulotlarning o‘quv-tashkiliy tuzilmasi kollaborativ ta’lim texnologiyasi, onlayn ta’lim platformalariga moslashtirilgan o‘quv resurslar bilan ishlash ko‘nikmalariga ko‘ra tizimlashtirish va integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’limda innovatsiya va integratsiya” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 18-yanvardagi № 2558-8769-95b9-73b4-c3f6-3752-2889 -son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining raqamli texnologiyalarga moslashtirilgan o‘quv resurslari bilan ishlash kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalarini baholash mezonlari kommunikativ ko‘nikmalar, o‘zini-o‘zi rivojlantirish, mas’uliyat, axborot bilan guruh bo‘lib ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish, motivatsiyani oshirish, ko‘nikmalarni shakllantirish, ijodiy faoliyat, refleksiya va teskari aloqa hamda kollaborativ texnologiyalar asosida takomillashtirishga oid metodik tavsiyalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihani o‘zbek tilining alifbosi va imlo qoidalariga muvofiq ona tili adabiyotini o‘rgatishga oid onlayn ilovalar va vebga moslashtirilgan o‘quv resurslarni ishlab chiqishda ilmiy-metodik manba bo‘lib xizmat qilgan. Bu takliflar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsdan tashqari o‘quv faoliyatini tashkil etish metodikasini takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish