- Asosiy sahifa
- E’lonlar
-
(O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti birinchi prorektori Azamat Akbarovning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diplomi yuzasidan)
2019 yil dekabr` oyining boshlarida OAKga “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining birinchi prorektori Azamat Akbarovga Bosniya va Gersegovina davlatining BURCH xalqaro universiteti tomonidan berilgan va 2019 yil 5 fevralda OAK Rayosatining qaroriga asosan nostrifikatsiya qilingan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diplomining qalbakiligi to‘g‘risida og‘zaki ma’lumotlar kelib tushadi.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2752-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida OAKda joriy yilning 27 iyul` kuni soat 15:00da OAK apparati xodimlari va ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar ilmiy kotiblari ishtirokida «Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid» mavzusida tadbir o‘tkazildi.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni mazmun-mohiyati bilan tanishtirish va izlanuvchilarni qiziqtirayotgan savollarga tushuntirish berish maqsadida joriy yilning fevral–mart oylarida joylarda faoliyat ko‘rsatayotgan 80 ta oliy ta’lim (44) va ilmiy-tadqiqot (36) muassasalarida OAK rahbariyati va mas’ul xodimlari tomonidan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar va shu sohaga oid mutaxassislar ishtirokida (FA yosh olimlari, QSXVning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan muassasalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm, Samarqand, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari) uchrashuvlar tashkil qilindi. Uchrashuvlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining mohiyati va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga oid masalalar, shuningdek OAK va Ilmiy kengashlar faoliyati ochiqligi, shaffofligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan OAK tomonidan hujjatlarni qabul qilish jarayonlarini shaxsiy ishtiroksiz axborot texnologiyalari asosida qabul qilishga qaratilgan axborot tizimlari haqidagi savollarga tushuntirishlar berildi.
Bosh menyu
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»
- Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
- Ochiq ma’lumotlar
- Ixtisosliklar ro‘yxati
- Rayosat majlislari
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
- Gender tenglik
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tahliliy ma’lumotlar
Yangiliklarga obuna bo‘lish
Foydali resurslar
So‘rovnoma
-
Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy veb-saytiga baho bering