- Asosiy sahifa
- E’lonlar
-
Koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish yuzasidan joriy qilingan karantin sharoitida izlanuvchilar va mutaxassislar sog‘lig‘ini asrash, ortiqcha harakatlarning oldini olish va attestatsiya jarayonini samarali tashkil qilish maqsadida OTM/ITM tajriba-sinov tariqasida malakaviy imtihonlarni 2020 yil may oyi sessiyasida onlayn (masofaviy) shaklda karantin talablariga qat’iyan rioya qilgan holda o‘tkazishi mumkin.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2020 yil 30 aprel` kuni o‘tkazilgan yig‘ilish 28-son bayoni ijrosi yuzasidan (09.05.2020 y., №02-1498) joriy yilning may-iyun` oylarida koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha joriy qilingan karantin talablari va nizomlarda belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilgan holda tajriba-sinov tariqasida dissertatsiyalar himoyasini onlayn shaklda tashkil etish yo‘lga qo‘yildi.
-
Oliy attestatsiya komissiyasida karantin sharoitida attestatsiya hujjatlarini (ilmiy darajalar, ilmiy unvonlar va himoya haqidagi e’lonlar) attestatsiya@oak.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinishi yana bir bor ma’lum qilinadi.
Attestatsiya hujjatlari faqat tashkilot rasmiy elektron pochtasi orqali yuborilganida qabul qilinadi. Hujjatlarni soat 9:00 dan 18:00 gacha yuborish tavsiya etiladi.
-
Mamlakatimizda joriy qilingan karantin talablariga qat’iy amal qilgan holda, 2020 yil may oyi sessiyasida oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot musassalarida izlanuvchilarning malakaviy imtihonlari onlayn shaklda qabul qilinadi. Ushbu imtihonlar 2020 yil 1 martgacha tasdiqlangan imtihonlarni qabul qilish komissiyalari va imtihon dasturlari asosida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur jarayonda imtihon topshiruvchilar va komissiya a’zolari o‘zlari faoliyat olib borayotgan oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot musassalarida turib ishtirok etadilar. -
Koronavirus pandemiyasi tufayli joriy qilingan karantin sharoitida izlanuvchilar va mutaxassislarning sog‘lig‘ini asrash, ortiqcha harakatlarning oldini olish hamda attestatsiya jarayonini samarali amalga oshirish maqsadida ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tomonidan tajriba-sinov tariqasida dissertatsiyalar himoyasi onlayn shaklda tashkil etiladi.
Bunda barcha ishtirokchilar - talabgor, ilmiy rahbar, rasmiy opponent va ilmiy kengash a’zolari o‘zlari faoliyat olib borayotgan oliy ta’lim yoki ilmiy tadqiqot muassasasi (ish bajarilgan tashkilot)da turib ishtirok etadilar. -
Sirdaryo viloyati hokimligi insonparvarlik yordamlari yuboriladigan manzillar haqidagi ma’lumotni e’lon qildi. -
Oliy attestatsiya komissiyasi koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha quyidagi qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgiladi:
1. Ilmiy darajalar bo‘yicha:
ilmiy kengashlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni qabul qilish nomuayyan muddatga to‘xtatildi.
Izoh: nomuayyan muddat o‘tganidan keyin ilmiy kengashlar tomonidan taqdim etiladigan attestatsiya ishlari va boshqa hujjatlarni ko‘rib chiqish tegishli tartib-qoidalarga rioya qilgan holda OAK tomonidan tezkor ko‘rib chiqilishi ta’minlanadi.
Nomuayyan muddat o‘tganidan keyin dissertatsiyalar himoyalarini sessiyalar tarzida tashkil etish bo‘yicha tegishli tartib-qoidalarga rioya qilingan holda OAK tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi.2. Ilmiy unvonlar bo‘yicha:
ilmiy unvonlar bo‘yicha oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni qabul qilish nomuayyan muddatga to‘xtatildi. -
Oliy attestatsiya komissiyasi koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlarni belgiladi:
1. Ilmiy darajalar bo‘yicha:
ilmiy jamoatchilik, izlanuvchilar hamda dissertatsiya yoqlaydigan talabgorlar va ularning yaqinlari sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida ilmiy kengashlar va ilmiy seminarlar majlislarini o‘tkazish nomuayyan muddatga to‘xtatildi;
ilmiy kengashlar va ilmiy seminarlarga taqdim etilgan hujjatlar(dissertatsiya, avtoreferat va boshqalar) elektron tarzda ko‘rib chiqiladi. Hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari ish bajarilgan muassasalar va talabgorlarga tegishli elektron manzillar orqali etkaziladi;
dissertatsiya himoyasi kuni belgilanib, nashr qilingan avtoreferatlar asosida keyinchalik dissertatsiya himoyasiga ruxsat beriladi. -
(O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti birinchi prorektori Azamat Akbarovning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diplomi yuzasidan)
2019 yil dekabr` oyining boshlarida OAKga “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining birinchi prorektori Azamat Akbarovga Bosniya va Gersegovina davlatining BURCH xalqaro universiteti tomonidan berilgan va 2019 yil 5 fevralda OAK Rayosatining qaroriga asosan nostrifikatsiya qilingan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diplomining qalbakiligi to‘g‘risida og‘zaki ma’lumotlar kelib tushadi.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2752-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida OAKda joriy yilning 27 iyul` kuni soat 15:00da OAK apparati xodimlari va ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar ilmiy kotiblari ishtirokida «Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid» mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Bosh menyu
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»
- Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
- Ochiq ma’lumotlar
- Ixtisosliklar ro‘yxati
- Rayosat majlislari
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
- Gender tenglik
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tahliliy ma’lumotlar
Yangiliklarga obuna bo‘lish
Foydali resurslar
So‘rovnoma
-
Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy veb-saytiga baho bering