O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2752-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida OAKda joriy yilning 27 iyul` kuni soat 15:00da OAK apparati xodimlari va ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar ilmiy kotiblari ishtirokida «Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid» mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan tayyorlangan videorolik namoyish etildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi mutaxassisi ma’ruza qildi. Ma’ruzada bugungi kunda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli tadbirlarning normativ-huquqiy, tashkiliy va amaliy jihatlari yoritib berildi hamda korrupsiya masalalari bo‘yicha tashkilotlar faoliyatini baholash mezonlari yuzasidan axborot berildi va korrupsiya masalalariga  oid qator savollarga malakali javob olindi.
Shuningdek, mazkur tadbirda ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar berish sohasida attestatsiya talablarining yagonaligini ta’minlash, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi holatlarga barham berish masalalari yuzasidan ham fikr almashinildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish