O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni mazmun-mohiyati bilan tanishtirish va izlanuvchilarni qiziqtirayotgan savollarga tushuntirish berish maqsadida joriy yilning fevral–mart oylarida joylarda faoliyat ko‘rsatayotgan 80 ta oliy ta’lim (44) va ilmiy-tadqiqot (36) muassasalarida OAK rahbariyati va mas’ul xodimlari tomonidan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar va shu sohaga oid mutaxassislar ishtirokida (FA yosh olimlari, QSXVning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan muassasalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm, Samarqand, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari) uchrashuvlar tashkil qilindi. Uchrashuvlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining mohiyati va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga oid masalalar, shuningdek OAK va Ilmiy kengashlar faoliyati ochiqligi, shaffofligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan OAK tomonidan hujjatlarni qabul qilish jarayonlarini shaxsiy ishtiroksiz axborot texnologiyalari asosida qabul qilishga qaratilgan axborot tizimlari haqidagi savollarga tushuntirishlar berildi.