-
-
-
So‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi. Keng jamoatchilik muhokamasi natijasida «Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari» tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi: 1-ustuvorlik: inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish; 2-ustuvorlik: mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish; 3-ustuvorlik: milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash; 4-ustuvorlik: adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish; 5-ustuvorlik: ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish; 6-ustuvorlik: milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish; 7-ustuvorlik: mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.
Matbuot
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish va o‘rganish bo‘yicha Oliy attestatsiya komissiyasida amaliy seminar o‘tkazildi.
Tadbirni Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A.T.Yusupov kirish so‘zi bilan ochar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi – mamlakatimiz siyosiy hayotida eng muhim voqealardan biri ekanligi, unda yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish borasida yirik tashabbuslar ilgari surilib, kelgusi yillardagi eng muhim vazifalar belgilab berilgani barchamiz uchun dasturulamal ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng Murojaatnomada belgilangan va 2026 yilda amalga oshiriladigan eng muhim 6 ta ustuvor yo‘nalishning ahamiyati xususida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori, tarix fanlari doktori A.Mavrulov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori Sh.Allayorov hamda Jamoat xavfsizligi universiteti dotsenti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) B.G‘iyosov ma’ruza qildi. -
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 25 iyuldagi PF-117-son “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi bo‘yicha 9 dekabr kuni Oliy attestatsiya komissiyasining 2025 yil faoliyati, unda ijor intizomining ta’minlanishi yuzasidan OAK raisi A.Yusupov hisobot berdi.
Tadbirda keng ilmiy jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. -
Oliy attestatsiyasi komissiyasida joriy yilning 9 dekabr kuni mamlakatimizda keng miqyosda o‘tkazilayotgan “Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi” hamda 9-dekabr` - “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuni munosabati bilan “Oliy attestatsiyasi tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash” mavzusida OAK xodimlari va ilmiy jamoatchilikning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari Sh.Zulfiqorov hamda G.Nurmuhamedova tomonidan “O‘zbekiston Resbulikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi” hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish” va “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunlarning mazmun-mohiyati xususida ma’lumotlar berildi. -
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi bayrami shodiyonalari xalqimizning siyosiy-huquqiy tafakkuri hamda yuksak maqsadlari ifodasi bo‘lgan Bosh Qomusimizning jamiyatimiz har bir a’zosi taqdirida muhim ahamiyat kasb etishini namoyon etmoqda. Zero, bayram tadbirlari asnosida umumxalq referundumi asosida yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri inson manfaatlari, uning ajralmas haq-huquqlari himoyasida sobitligi vatandoshlarimiz ijtimoiy-iqtisodiy farovonligida o‘z inikosini topmoqda. -
Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi tomonidan Oliy attestatsiya komissiyasida yosh olimlar va innovatorlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.Tadbirda senatorlar, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi, Fanlar akademiyasi, Oliy attestatsiya komissiyasi rahbarlari, Yoshlar parlamenti a’zolari, ilmiy izlanuvchi yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
| Ko‘rsatkichlar | Jami | Jumladan | Shundan 2021 yilda | ||
| Fan doktori (DSc) | Falsafa doktori (PhD) | Fan doktori (DSc) | Falsafa doktori (PhD) | ||
| Ilmiy darajalarda tasdiqlanganlar soni | 7535 | 1863 | 5672 | 351 | 1976 |
|---|---|---|---|---|---|
| Ko‘rsatkichlar | Jami | Shundan 2021 yilda |
| Ilmiy unvonlarda tasdiqlanganlar soni | 5695 | 1535 |
|---|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF–4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni asosida 2017 yilning 1 iyulidan boshlab oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim ikki pog‘onali tizimning joriy qilinishi tarixiy ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur farmoni ta’lim va fan sohalarini sifat jihatdan rivojlantirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimining sifati va samaradorligini tubdan oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatida iqtidorli yoshlarni keng jalb qilish va ularning intellektual salohiyatini har tomonlama namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Bosh menyu
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»
- Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
- Ochiq ma’lumotlar
- Ixtisosliklar ro‘yxati
- Rayosat majlislari
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
- Gender tenglik
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tahliliy ma’lumotlar
Yangiliklarga obuna bo‘lish
Foydali resurslar
So‘rovnoma
-
Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy veb-saytiga baho bering







