- Asosiy sahifa
- Yangiliklar
- “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki”
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligini munosib nishonlash maqsadida “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida Oliy attestatsiya komissiyasi jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.

Jamoa xodimlari tomonidan o‘zlari faoliyat olib borayotgan binolar hududi va uning atrofidagi maydonlar tozalanib, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, yashil hududlardagi daraxtlar oqlandi, chim o‘tlari tekislanib, begona o‘tlardan tozalandi, ariqlar va yo‘laklar tartibga solinib, hudud obodonlashtirildi.

Bunday xayrli ishlar xalqimiz va mehnat jamoalarini hamjihatlik va ahillikka undagan holda ularni atrof-muhitni asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish orqali mamlakatimiz obodligi va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida yanada birlashtirishga xizmat qilmoqda.


OAK Axborot xizmati
Bosh menyu
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»
- Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
- Ochiq ma’lumotlar
- Ixtisosliklar ro‘yxati
- Rayosat majlislari
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
- Gender tenglik
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tahliliy ma’lumotlar
Yangiliklarga obuna bo‘lish
Foydali resurslar
So‘rovnoma
-
Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy veb-saytiga baho bering