- Asosiy sahifa
- Hisobotlar
-
2021 yil yakunlari bo‘yicha byudjet smeta xarajatlari 2338,6 mln. so‘m (2020 yilning shu davrida 1892,6 mln. so‘m, 123,6%) miqdorida tasdiqlanib, to‘liq moliyalashtirildi va mablag‘lar maqsadli o‘zlashtirildi. OAK bo‘yicha ish haqi tasdiqlangan smeta xarajatlari asosida 1679,9 mln. so‘m (1431,9 mln. so‘m, 117,3%) miqdorida moliyalashtirilib, to‘lovlar to‘liq amalga oshirildi. Ish haqi va nafaqalar bo‘yicha to‘lovlar to‘liq amalga oshirildi.
2. Hajmiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi. Ilmiy darajalar va ilmiy unvonlarda tasdiqlash bo‘yicha ilmiy-tashkiliy chora tadbirlar amalga oshirilib,
yil yakunlari bo‘yicha samaradorlik ko‘rsatkichlarining bajarilishi ta’minlanib, jumladan hisobot davrida samaradorlik ko‘rsatkichlariga nisbatan o‘sish sur’atlari ilmiy darajalar bo‘yicha 120 foizni va ilmiy unvonlar bo‘yicha 128,2 foizni tashkil etdi... -
1. Moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi. 2021 yil 1-yarim yilligi yakunlari bo‘yicha byudjet smeta xarajatlari 1140,7 mln. so‘m miqdorida tasdiqlanib, to‘liq moliyalashtirildi va mablag‘lar maqsadli o‘zlashtirildi. OAK bo‘yicha ish haqi tasdiqlangan smeta xarajatlari asosida moliyalashtirilib, ish haqi va nafaqalar bo‘yicha to‘lovlar to‘liq amalga oshirildi.
2. Hajmiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi. Hisobot davrida ilmiy darajalar va ilmiy unvonlarda tasdiqlash, ilmiy kengashlar tuzish, axborot tizimlarini ishlab chiqish bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlar natijasida 700 nafar talabgor falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasida hamda 693 nafar talabgor ilmiy unvonlarda tasdiqlandi. -
OAK tomonidan Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati
-
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tanlov (tender) savdolari va amalga oshirilgan davlat xaridlari to‘g‘risida ma’lumot
-
Hajmiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi: OAK Rayosatida jami 484 (465,3%, 104) ta attestatsiya ishi ko‘rib chiqildi. 67 (515,3%, 13) nafar talabgor fan doktori ilmiy darajasida, 190 nafar talabgor falsafa doktori ilmiy darajasida, 35 (233,3%, 15) nafar talabgor professor, 29 (193,3%, 15) nafar talabgor katta ilmiy xodim va 142 (289,7%, 49) nafar talabgor dotsent ilmiy unvonlarida tasdiqlandi hamda 1 ta fan doktori, 7 (33,3%, 4) ta fan nomzodi va 7 ta PhD diplomi nostrifikatsiya qilindi);
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi sharoitida 598 ta talabgorning dissertatsiya himoyasi tashkil qilinib, jumladan 394 nafari falsafa doktori (PhD) va 198 nafari fan doktori (DSs) ilmiy darajalarida tasdiqlandi;
hisobot davrida belgilangan hujjatlarda ko‘rsatilgan topshiriqlarning ijrosi ta’minlandi hamda fuqarolarning barcha yozma va og‘zaki murojaatlariga o‘z muddatida javob berildi.
-
Hajmiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi: OAK Rayosatida jami 1102 (896%, 123) ta attestatsiya ishi ko‘rib chiqildi. 154 (550%, 28) nafar talabgor fan doktori ilmiy darajasida, 432 nafar talabgor falsafa doktori ilmiy darajasida, 98 (653,3%, 15) nafar talabgor professor, 73 (486,6%, 15) nafar talabgor katta ilmiy xodim va 316 (619,6%, 51) nafar talabgor dotsent ilmiy unvonlarida tasdiqlandi hamda 3 ta fan doktori, 19 (633,3%, 3) ta fan nomzodi va 18 (1) ta PhD diplomi nostrifikatsiya qilindi. OAK Rayosatida 21 (350%, 6) ta attestatsiya ishlariga rad javobi berildi (jami ko‘rilgan ishlarga nisbatan 1,9%);
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida ko‘zda tutilgan topshiriqlarning bajarilishi.
“Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasidagi tadbirlar ijrosi bo‘yicha Oliy attestatsiya komissiyada quyidagi ishlar amalga oshirildi...
-
Hajmiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi. OAK Rayosatida jami 1358 (409%, 332) ta attestatsiya ishi ko‘rib chiqildi. 187 (296,8%, 63) nafar talabgor fan doktori ilmiy darajasida, 571 nafar talabgor falsafa doktori ilmiy darajasida, 106 (342%, 31) nafar talabgor professor, 77 (226,4%, 34) nafar talabgor katta ilmiy xodim va 353 (273,6%, 129) nafar talabgor dotsent ilmiy unvonlarida tasdiqlandi hamda 3 ta fan doktori, 19 (380%, 5) ta fan nomzodi va 18 (1) ta PhD diplomi nostrifikatsiya qilindi. OAK Rayosatida 24 (266,6%, 9) ta attestatsiya ishlariga rad javobi berildi (jami ko‘rilgan ishlarga nisbatan 1,7%).
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida ko‘zda tutilgan topshiriqlarning bajarilishi.
Davlat dasturi doirasidagi tadbirlar ijrosi bo‘yicha Oliy attestatsiya komissiyada, jumladan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
rahbariyatning oylik ish rejalariga muvofiq Buxoro, Farg‘ona, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Samaqand, Andijon va Namangan viloyatlarida hamda Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tadqiqotchilar va ilmiy jamoatchilik bilan joyida uchrashuvlar va sayyor qabullar tashkil qilindi. O‘tkazilgan uchrashuvlarda 1950 nafardan ortiq kishi ishtirok etib, jami 822 ta savolga tushuntirishlar berildi va sayyor qabullarda 193 nafar tadqiqotchiga joyida uslubiy yordam ko‘rsatildi...
Bosh menyu
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»
- Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
- Ochiq ma’lumotlar
- Ixtisosliklar ro‘yxati
- Rayosat majlislari
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
- Gender tenglik
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tahliliy ma’lumotlar
Yangiliklarga obuna bo‘lish
Foydali resurslar
So‘rovnoma
-
Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy veb-saytiga baho bering