1. Moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi. 2021 yil 1-yarim yilligi yakunlari bo‘yicha byudjet smeta xarajatlari 1140,7 mln. so‘m miqdorida tasdiqlanib, to‘liq moliyalashtirildi va mablag‘lar maqsadli o‘zlashtirildi. OAK bo‘yicha ish haqi tasdiqlangan smeta xarajatlari asosida moliyalashtirilib, ish haqi va nafaqalar bo‘yicha to‘lovlar to‘liq amalga oshirildi.
2. Hajmiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi. Hisobot davrida ilmiy darajalar va ilmiy unvonlarda tasdiqlash, ilmiy kengashlar tuzish, axborot tizimlarini ishlab chiqish bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlar natijasida 700 nafar talabgor falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasida hamda 693 nafar talabgor ilmiy unvonlarda tasdiqlandi.
3. Investisiya dasturining bajarilishi. Investisiya dasturi yo‘q.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, ko‘rsatmalari va Vazirlar Mahkamasining qarori va topshiriqlarining ijrosi ta’minlandi, jumladan:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan OAK bo‘yicha buyruq imzolanib (№15, 05.02.2021 y.), chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Farmonda belgilangan bandlar ijrosini muddatida va sifatli tashkil etish yuzasidan ishchi guruhi tarkibi tasdiqlanib, quyidagilar amalga oshirildi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 3-bandining “d” kichik bandi ikkinchi xatboshisi ijrosi, jumladan ilmiy unvon va ilmiy darajalarni berish vakolatini 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab respublikaning nufuzli oliy ta’lim muassasalarining ilmiy kengashlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish bo‘yicha Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy darajali kadrlar tayyorlash va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilib, hujjat loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida muhokamadan o‘tkazildi (https://regulation.gov.uz/uz/d/27706, ID-27706). Qaror loyihasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali tegishli vazirlik va idoralarlar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (24.03.2021 y., №01-20/1680).
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 apreldagi PQ-5055-son “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi ta’minlandi. OAK bo‘yicha buyruq imzolanib (№39, 08.04.2021 y.), chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini tashkil qilish maqsadida ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Qarorining 13-ilovasi bilan tasdiqlangan “Suv xo‘jaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish bo‘icha «Yo‘l xaritasi»”ning 27-bandi ijrosi yuzasidan OAK Rayosatining 2021 yil 30 aprelagi 296/2-son qarori bilan Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzurida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash tuzildi (PhD.41/30.04.2021.T.131.01) hamda ilmiy kengashga 05.09.06 – «Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi», 05.09.07 – «Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi», 06.01.02 – «Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik» ixtisosliklari bo‘yicha dissertatsiyalar himoyasini o‘tkazishga ruxsat berildi.
v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 apreldagi PQ-5063-son “O‘zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan OAK bo‘yicha buyruq imzolanib (№40, 12.04.2021 y.), chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish hamda O‘zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»”ning 5-bandi ijrosi, vodorod energetikasi texnologiyalari sohasida doktorlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilish uchun xorijlik olimlarni jalb qilish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlanishi ko‘zda tutilgan “Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga tegishli o‘zgartirishlar kiritish orqali nizomning yangi tahriri 21-bandi beshinchi xatboshisi “Dissertatsiyaning titul varag‘i va dissertatsiya avtoreferati muqovasining orqa tomonida Hukumat qarorlarida ko‘zda tutilgan hollarda yoki xorijiy va milliy mutaxassislar hisobidan 2 nafar ilmiy rahbar (maslahatchi) istisno tarzida ko‘rsatilishi mumkin” mazmundagi tahrir kiritildi. OAK Rayosatining 2021 yil 30 iyundagi qarori bilan “Vodorod energetikasi texnologiyalari” ixtisosligi Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadarlar ixtisosliklari ro‘yxatiga kiritildi.
g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi PQ-5117-son “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan OAK bo‘yicha buyruq imzolanib (№54, 20.05.2021 y.), chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi hamda belgilangan vazifalarning ijrosi tashkil qilindi. Xorijiy filologiya fanlari yo‘nalishida ilmiy-tadqiqotlarni yanada chuqurlashtirish va ilmiy natijalarini ommalashtirish maqsadlarida Namangan davlat universiteti huzurida xorijiy filolgiya yo‘nalishida ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tuzildi.
OAK Rayosatining qarori (№302/5, 30.04.2021 y.) bilan “Vodorod energetikasi texnologiyalari” ixtisosligi tasdiqlandi. OAK Rayosatining qarori (№302/5, 30.06..2021 y.) bilan “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” ixtisosligi pasporti tasdiqlandi.
OAK Rayosatining qarori (№291/5, 30.01..2021 y.) bilan “Ma’naviyat tarixi va nazariyasi”, “Ma’naviy tarbiya” va “Ma’naviy jarayonlar va texnologiyalar” ixtisosliklari tasdiqlandi. OAK Rayosatining qarori (30.06.2021 y., №302/3) bilan Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti huzurida mazkur ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tuzildi. Mazkur ilmiy kengashga “Ma’naviyat tarixi va nazariyasi”, “Ma’naviy tarbiya” va “Ma’naviy jarayonlar va texnologiyalar” ixtisosliklari bo‘yicha dissertatsiyalar himoyasini o‘tkazishga ruxsat berildi.
d) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2021 yil 16 iyun` kuni “Oliy ta’lim sohasidagi islohotlar natijadorligi hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik” mavzusida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlandi. OAK bo‘yicha buyruq imzolandi (№69, 24.06.2021 y.) va chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Belgilangan vazifalar ijrosi bzasidan. Jumladan quyidagi takliflar kelishilgan holda tegishli hujjat tarkibida taqdim etildi:
1) Talabgorlarni falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarida mustaqil tasdiqlash vakolati oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar huzuridagi amaldagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarga quyidagi muddatlarda bosqichma-bosqich berish:
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab 1-ilovaga muvofiq o‘z yo‘nalishi bo‘yicha nufuzli oliy ta’lim muassasalari huzurida tuzilgan ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarga;
2022 yil 1 yanvardan boshlab amaldagi fizika-matematika, texnika, geografiya, tarix, yuridik, psixologiya, pedagogika, falsafa, filologiya, xorijiy filologiya va san’atshunoslik fanlari yo‘nalishlaridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarga;
2023 yil 1 yanvardan boshlab amaldagi kimyo, biologiya, geologiya-mineralogiya, veterinariya, arxitektura, islomshunoslik, siyosiy va sotsiologiya fanlari yo‘nalishlaridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarga;
2024 yil 1 yanvardan boshlab talabgorlarni bevosita ilmiy darajalarda tasdiqlash vakolatini 100% oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar tasarrufiga berish.
2) Talabgorlarni dotsent, katta ilmiy xodim va professor ilmiy unvonlarida mustaqil tasdiqlash vakolati oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar kengashlariga quyidagi muddatlarda bosqichma-bosqich berish:
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadigan respublikaning reyting bo‘yicha eng yaxshi 30 ta oliy ta’lim muassasasi kengashlariga, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tavsiya etgan ilmiy tashkilotlar kengashlariga hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Mudofaa vazirligi hay’ati tavsiya etgan idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, Hukumat qarorlarida nazarda tutilgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari kengashlariga;
2023 yil 1 yanvardan boshlab barcha oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar kengashlariga.
3) Oliy attestatsiya komissiyasining quyidagi funksiyalari 2021 yil
1 sentyabrdan boshlab tegishliligiga ko‘ra oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar kengashlari vakolatiga to‘laligicha o‘tkazish:
chet tili fani va ixtisosliklar bo‘yicha malakaviy imtihonlarni hamda qo‘shimcha imtihonlarni tashkil qilish, jumladan imtihonlarni qabul qilish komissiyalari tarkibini va imtihonlar dasturlarini tasdiqlash;
“Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish hamda ijtimoiy rivojlanishning ilmiy asoslari va amaliy yo‘nalishlari” fanidan maxsus imtihonni qabul qilish, jumladan maxsus imtihonni qabul qilish komissiyasi tarkibini va imtihon dasturini tasdiqlash;
ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar qoshidagi ilmiy seminarlar tarkibini tasdiqlash;
ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar asosida bir martalik ilmiy kengashlarni tuzish;
falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalari dissertatsiyalari ilmiy natijalari e’lon qilinadigan milliy va xalqaro ilmiy nashrlarda chop etiladigan maqolalarni qabul qilish (qilmaslik);
falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalari bo‘yicha tayyorlangan dissertatsiyalarni xorijiy davlatlarda himoya qilinishiga ruxsat berish.
4) 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab:
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro bitimlari va shartnomalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijiy davlatlarda mutaxassislarni maqsadli tayyorlash asosida, vazirlik va idoralarning yo‘llanmalari bilan xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvota (grant)lar hisobidan xorijiy davlatlarda mutaxassislarni maqsadli tayyorlash asosida xorijiy davlatlarda ilmiy darajalar olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri (ekspertizadan o‘tkazmasdan) tan olish;
dissertatsiya tayyorlamasdan oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar kengashlari qarori bilan nashr qilingan yakka mualliflikdagi monografiya taqdimnomasi muhokamasi asosida ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tavsiyasiga ko‘ra o‘rnatilgan tartibda falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini OAK Rayosati qarori bilan berish;
dissertatsiya tayyorlamasdan muayyan tarixiy mavzu tadqiqoti natijalari bo‘yicha kamida to‘rtta ilmiy yangiligi taqdimoti “O‘zbekiston tarixi” telekanalida o‘tkazilgan va ilmiy yangiliklari badiiy, hujjatli fil`mlar ssenariylarida foydalanilganligi bo‘yicha taqdimnoma va ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tavsiyasi asosida tadqiqot muallifiga o‘rnatilgan tartibda tarix va san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini OAK Rayosati qarori bilan berish;
dissertatsiya tayyorlamasdan aniq vazifalarni hal etish bo‘yicha ilmiy ishlanmalar, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan ilg‘or texnologik ishlanmalar muallifiga o‘rnatilgan tartibda taqdimnomani Yoshlar akademiyasi Kengashidagi muhokamasi va mazkur kengash tavsiyasi asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini OAK Rayosati qarori bilan berish.
5) 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab:
falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga talabgorlar tomonidan «Scopus» va «Web of science» xalqaro ilmiy-texnik bazalar ro‘yxatidagi nufuzli ixtisoslashgan ilmiy nashrlarda maqolalar chop etish talabi bosqichma-bosqich joriy qilish;
izlanuvchilarga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida ixtisoslik bo‘yicha malakaviy imtihonlarni sessiya shaklida (fevral`, may, noyabr` va dekabr` oylarida) qabul qilish amaliyotini bekor qilgan holda ularni o‘quv yili davomida muntazam tashkil qilish yo‘lga qo‘yiladi;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga kirishda chet tili fani bo‘yicha imtihonni topshirishni nazarda tutgan holda mazkur imtihonni oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga qabul qilgandan keyin topshirish amaliyoti bekor qilish;
falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalari dissertatsiyalari mavzularini ro‘yxatga olish va ularni «Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»da e’lon qilish amaliyoti bekor qilish;
ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash qarori bilan dissertatsiyani yetakchi tashkilotda qo‘shimcha muhokamadan o‘tkazish tartibi bekor qilish;
ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda talabgorlarni ilmiy darajada tasdiqlashni “ochiq” ovoz berish yo‘li bilan tasdiqlash amaliyotini yo‘lga qo‘ygan holda ilmiy kengashda ovoz berish jarayonini o‘tkazuvchi hisob komissiyasini tuzish va “yopiq” ovoz berish tartibini bekor qilish;
ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi dissertatsiyasi bo‘yicha monografiya e’lon qilish amaliyotini bekor qilish.
5. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida 2021 yilning
1 yanvaridan boshlab «Elektron OAK» tizimi amaliyotga joriy qilindi. Bugungi kunga qadar jami 7878 ta hujjat, jumladan 1493 ta attestatsiya ishi hamda 6385 ta hujjat tegishli axborot tizimlari asosida elektron tarzda axborot tizimlari asosida qabul qilindi va jo‘natildi. Axborot tizimlari asosida ekspertiza va boshqa attestatsiya jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Dissertatsiya va avtorefe-ratlarda ko‘chirmachilikning oldini olish bo‘yicha yangi AntiPlagiarism.uz plagiatni aniqlash tizimini ishlab chiqish ishlari davom ettirilmoqda. Mazkur plagiatni aniqlash tizimining texnik topshiriqlari ishlab chiqildi; dasturiy-texnik ta’minotni amalga oshirilmoqda; dasturiy-texnik ta’minoti test rejimida dastlabki sinovdan o‘tkazilmoqda; 2021 yilning sentyabr` oyidan boshlab amaliyotga joriy etilishi ta’minlanadi. Ma’lumot uchun: mazkur tizimning qidiruv ma’lumotlar bazasi 885 mln.dan ortiq manbani o‘z ichiga olgan; matnni bir vaqtning o‘zida bir qancha tillarga tarjima qilgan holda plagiatni aniqlash imkoniyati yaratiladi; Antiplagiarism.uz tizimi “Dissertatsiyalar jamoaviy elektron ekspertizasi axborot tizimi” bilan integratsiya qilinadi.
Ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilib, yuqori tashkilotlardan kelib tushgan hujjatlar ijrosi to‘liq ta’minlandi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning barcha murojaatlariga o‘z vaqtida javob berildi.
Ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha yuqori tashkilotlardan 174 (129 ta, 124,1%) ta hujjat kelib tushib, shu davrga belgilangan topshiriqlarning ijrosi to‘liq ta’minlandi. Jismoniy va yuridik shaxslarning 116 (127 ta, 91,3%) ta jumladan 5 (4 ta, 125%) ta og‘zaki hamda 111 (123 ta, 90,2%) ta yozma murojaatlari hisobga olindi. Barcha murojaatlarga o‘z vaqtida javob berildi.
6. Soha bo‘yicha mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar. Mavjud muammolar:
1) OAK faoliyatini takomillashtirish va ayrim funksiyalarini joylarga berish;
2) ilmiy unvonlar va ilmiy darajalarda mustaqil tasdiqlash huquqini OTM/ITMlarga bosqichma-bosqich oshirib borish; 3) attestatsiya talablarining yagonaligini ta’minlash.
Ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar:
1) Davlat rahbarining 2021 yil 16 iyun` kuni “Oliy ta’lim sohasidagi islohotlar natijadorligi hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari”ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlar ijrosini ta’minlash;
2) dissertatsiyalar sifati va samaradorligini hamda attestatsiya talablarining yagonaligini ta’minlash yuzasidan nizom talablariga to‘la rioya qilinishini tashkil qilish.
2021 yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar.
1) Dissertatsiyalar sifati va samaradorligini, attestatsiya talablarining yagonaligini ta’minlash; 2) ilmiy unvon va ilmiy darajalarni berish vakolatining respublikaning nufuzli oliy ta’lim muassasalarining ilmiy kengashlariga bosqichma-bosqich o‘tkazilishini tashkil qilish.