O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida 2018 yilning 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar natijalari to‘g‘risida ma’lumot
Hajmiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi: OAK Rayosatida jami 1102 (896%, 123) ta attestatsiya ishi ko‘rib chiqildi. 154 (550%, 28) nafar talabgor fan doktori ilmiy darajasida, 432 nafar talabgor falsafa doktori ilmiy darajasida, 98 (653,3%, 15) nafar talabgor professor, 73 (486,6%, 15) nafar talabgor katta ilmiy xodim va 316 (619,6%, 51) nafar talabgor dotsent ilmiy unvonlarida tasdiqlandi hamda 3 ta fan doktori, 19 (633,3%, 3) ta fan nomzodi va 18 (1) ta PhD diplomi nostrifikatsiya qilindi. OAK Rayosatida 21 (350%, 6) ta attestatsiya ishlariga rad javobi berildi (jami ko‘rilgan ishlarga nisbatan 1,9%);
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida ko‘zda tutilgan topshiriqlarning bajarilishi.
“Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasidagi tadbirlar ijrosi bo‘yicha Oliy attestatsiya komissiyada quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Davlat dasturining 15-bandi (Jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari tizimlashtirilishini nazarda tutuvchi Davlat xizmatlari yagona reestrini shakllantirish) ijrosi bo‘yicha OAK tomonidan ko‘rsatiladigan 6 ta davlat xizmatlari bo‘yicha taklif Adliya vazirligiga taqdim etildi (falsafa doktori ilmiy darajasida tasdiqlash (PhD); fan doktori ilmiy darajasida tasdiqlash (DSc); ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash; dotsent ilmiy unvonida tasdiqlash; katta ilmiy xodim ilmiy unvonida tasdiqlash; professor ilmiy unvonida tasdiqlash). Ushbu takliflar Adliya va AKTR vazirliklarining 2018 yil 28 fevraldagi AV reg. 2976-son “Davlat xizmatlari yagona reestrini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlandi.
Davlat dasturining 18-bandi (Davlat boshqaruv organlari tizimini tubdan takomillashtirish) ijrosi yuzasidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilib, manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Bosh prokuraturaga kiritilgan (24.01.2018y.) va tegishli o‘zgartirishlar amalga oshirilgan. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha hujjatlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, O‘zbekiston Resublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi, Vazirlar Mahkamasi (2 ta kompleks), Bosh prokuratura, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligiga dastlabki kelishish uchun kiritildi (15.05.2018 y., №01-01/0673–0686). Bugungi kunda tegishli ishlar ishchi tartibida amalga oshirilmoqda.
Davlat dasturining 41-bandi (Davlat boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta’minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini joriy etish) ijrosi bo‘yicha OAK rahbariyatining oylik ish rejalariga muvofiq OTM va ITM ilmiy jamoasi bilan joylarda uchrashuvlar tashkil qilinib, ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar bo‘yicha muammolarni joyida hal etish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Mazkur amaliyot reja asosida izchil amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari qo‘mitasining Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini ta’minlash bo‘yicha monitoringini olib borish va muvofiqlashtirish jamoatchilik kengashining 2018 yil 24 maydagi qarori bilan tasdiqlangan «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi monitoringini olib borish va ularni baholash Metodikasi»da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha OAK buyrug‘i imzolandi va chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi (Buyruq №34, 30.05.2018 y.). Mazkur chora-tadbirlar rejasiga muvofiq Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritib borish yuzasidan ijtimoiy tarmoq (Facebook) va messendjerlarda (Telegram) sahifalar ochildi va ma’lumotlar doimiy ravishda joylashtirib borilmoqda. Bugungi kunda “Ma’rifat”, “Yoshlar ovozi” va “O‘zbekiston ovozi” gazetalari, “Til va adabiyot ta’limi”, “Sharq mash’ali”, “Meros”, “Fan sportga”, “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar”, “Iqtisodiyot va ta’lim”, “Zamonaviy ta’lim” va “Xalqaro moliya va hisob” jurnallari vakillari Oliy attestatsiya komissiyasida akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
Davlat dasturining 42-bandi (Jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning sabablari va yuzaga kelish shart-sharoitlarini kompleks bartaraf etish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish) ijrosi yuzasidan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va uni keltirib chiqaruvchi sabablarning oldini olish bo‘yicha OAKda 2018 yilning 1, 2 va 5 fevral` kunlari tegishli yig‘ilishlar o‘tkazildi (malakaviy imtihonlar bo‘yicha; milliy ilmiy nashrlar tahririyati mas’ul xodimlari bilan; ilmiy kengashlar rahbariyati bilan). Bosh prokuraturaga tegishli ma’lumotlar o‘z muddatida taqdim etib borilmoqda.
Davlat dasturining 167-bandi (O‘zbekiston Respublikasi «Fan to‘g‘risida»gi qonuni loyihasini ishlab chiqish) ijrosi bo‘yicha «Fan to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokamasida tegishli ravishda ishtirok etildi va OAKga kelishish uchun kiritilgan (28.12.2018 y., №29) mazkur qonun loyihasini o‘rganish asosida kelishuv imzolandi.
Boshqa ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar.
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF–4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomil-lashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan, jumladan quyidagi tadbirlar amalga oshirildi:
attestatsiya ishlariga talablarning yagonaligi ta’minlanib, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi sharoitida 636 nafar talabgor falsafa doktori (PhD) va 283 nafar talabgor fan doktori (DSs) ilmiy darajalarida tasdiqlandi.
mazkur Farmon ijrosi natijalari bo‘yicha press-konferensiya (28.06.2018 y.) tashkil qilinib, unda OAKda akreditatsiyadan o‘tgan 10 ta OAK vakillari hamda 60 dan ortiq tadqiqotchilar, ekspert kengashi a’zolari ishtirok etdi.
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalarini 2018-2019 o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha “Harakat dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosining bajarilishini o‘rganish, televidenieda yoritish va amaliy yordam ko‘rsatish Rejasi” ijrosi (№10159-xh, 13.06.2018 y.) yuzasidan quyidagilar amalga oshirildi.
Mazkur rejaga muvofiq joriy yilning 13-29 iyun` oraligida viloyatlar (Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Xorazm) va Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida 2018-2019 o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha “Harakat dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganilib, ularni televidenieda yoritish va usubiy yordam ko‘rsatish ishlari tashkil qilindi (davom etmoqda).
v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyundagi PQ-3769-son “2018/2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan OAK bo‘yicha buyruq imzolandi (№35, 06.06.2018 y.) va chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi (06.06.2018 y.). Mazkur qaror ijrosi yuzasidan yangi kiritilayotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalardan kelib chiqib, zarur hollarda “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxati”ga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan tahliliy faoliyat tashkil qilindi.
g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2018 yil 6 aprel` kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘simlik moddalari kimyosi institutida o‘tkazilgan majlis bayonining (09.04.018 y.; №5811-xh) 29-bandi ijrosini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha OAK buyrug‘i imzolanib, chora-tadbirlar rejasi va “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi (Buyruq №27, 11.04.2018 y.). Shuningdek, Respublika ilmiy jurnallari reytingini baholash dasturiga ega milliy axborotlar bazasini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi va umumlashtirish uchun O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga taqdim etildi (№01-14/0556, 21.04.2018 y.). O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2018 yil 14 maydagi 01-17/692-son xatiga javoban, topshiriq ijrosiga mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan kiritilgan takliflar asosida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga tegishli takliflar taqdim etildi (№01-02/0687, 15.05.2018y.).
Mutasaddi vazirlik va idoralar takliflari asosida “Respublika ilmiy jurnallari reytingini baholash dasturiga ega Milliy axborotlar bazasini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlandi (№24/1-1245, 18.06.2018 y.). Bugungi kunda respublika ilmiy jurnallari reytingini baholash dasturi asosida dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya qilingan ilmiy nashrlarning elektron ma’lumotlar bazasini loyihalash hamda milliy ilmiy jurnallarning jahon ilmiy-ta’limiy elektron resurslarga kiritilganligi bo‘yicha baholashni joriy etish, xorijiy va milliy tajribani umumlashtirish asosida “Dissertasiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya qilingan milliy ilmiy nashrlar reytingini baholash metodikasi” loyihasini ishlab chiqish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbirlar ijrosi har oy yakuni bo‘yicha OAK Rayosatida muhokama etib borilmoqda.
d) Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 iyundagi 468-son “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutini toshkil etish to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan OAK bo‘yicha buyruq imzolandi va chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi (№41 28.06.2018 y.). Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutida 01.04.10 – “Yarimo‘tkazgichlar” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash ochish bo‘yicha tegishli ishlarni o‘rnatilgan tartibda amalga oshirish hamda mazkur ilmiy kengash faoliyati monitoringini olib borish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Ilmiy kengashni tuzish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda 2018 yilning avgust-sentyabr` oyida amalga oshiriladi.
e) Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan, jumladan quyidagilar amalga oshirildi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/3-son qarori bilan tasdiqlangan (ro‘yxat raqami 2893, 2017 yil 23 iyun`) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 25-son, 568-modda) “Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizom”ning 5-ilovasi «Dissertatsiya avtoreferati yuborilishi shart bo‘lgan tashkilotlar Ro‘yxati»ga o‘zgartirishlar kiritildi;
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari pasportiga qo‘shimchalar kiritildi (№252/6.2, 26.04.2018 y., 04.00.10–Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) ixtisosligi pasportining yangi tahriri tasdiqlandi);
O‘zbekiston Respublikasi OAKning dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmy nashrlar Ro‘yxatiga “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnika instituti axborotnomasi” kiritildi;
shuningdek, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi sohasida qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini ilmiy jamoatchilikka etkazish rejasiga muvofiq joriy yilning yanvar`-iyun` oylarida Buxoro, Farg‘ona, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Andijon va Namangan viloyatlarida hamda Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan yosh olimlar va ilmiy tadqiqotchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilindi. O‘tkazilgan uchrashuvlarda 1440 dan ortiq kishi ishtirok etib, jami 692 ta savolga tushuntirishlar berildi va 123 nafar tadqiqotchiga uslubiy yordam ko‘rsatildi.
yo) Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda xo‘jalik birlashmalarida 2018 yilning I choragida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari ijrosi bo‘yicha ijro intizomining holati monitoringi natijalari to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining Bayonida (16.04.2018 y., 44-son)belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan OAK bo‘yicha buyruq imzolandi va chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi (№29, 23.02.2018 y.). Vazirlar Mahkamasining mazkur bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosi hamda hujjatlar bilan ishlashda ijro intizomini mustahkamlash masalalari OAK Rayosati majlisida muhokama qilinib, maqsadli va kompleks o‘rganishlarning sohani takomillashtirishga qaratilgan hujjatlar asosida tizimli ravishda o‘tkazilishiga hamda ular natijalarining muhokama qilib borilishiga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
OAKda ijro intizomi holatining kunlik, haftalik va oylik nazorati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2018 yilning 1-yarim yilligi yakunlari bo‘yicha yuqori tashkilotlardan jami 76 ta hujjatning bugungi kundagi ijrosi, jismoniy va yuridik shaxslarning 221 ta murojaatlari ijrosi muddatida ta’minlangan.
Ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha hisobot davrida yuqori tashkilotlardan 76(109 ta, 69,7%) ta hujjat kelib tushib, belgilangan topshiriqlarning bajarilishi ta’minlandi. Jismoniy va yuridik shaxslarning 221(224 ta, 98,6%) ta, jumladan 50 ta (25 ta, 200%) og‘zaki hamda 171(199 ta, 85,9%) ta yozma murojaatlari hisobga olindi. Barcha murojaatlarga o‘z vaqtida javob berildi.
Yuklab olish: OAK_hisobot_II_chorak.pdf