O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida 2018 yil 1-chorakda amalga oshirilgan ishlar natijalari to‘g‘risida ma’lumot

Hajmiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi: OAK Rayosatida jami 484 (465,3%, 104) ta attestatsiya ishi ko‘rib chiqildi. 67 (515,3%, 13) nafar talabgor fan doktori ilmiy darajasida, 190 nafar talabgor falsafa doktori ilmiy darajasida, 35 (233,3%, 15) nafar talabgor professor, 29 (193,3%, 15) nafar talabgor katta ilmiy xodim va 142 (289,7%, 49) nafar talabgor dotsent ilmiy unvonlarida tasdiqlandi hamda 1 ta fan doktori, 7 (33,3%, 4) ta fan nomzodi va 7 ta PhD diplomi nostrifikatsiya qilindi);

oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi sharoitida 598 ta talabgorning dissertatsiya himoyasi tashkil qilinib, jumladan 394 nafari falsafa doktori (PhD) va 198 nafari fan doktori (DSs) ilmiy darajalarida tasdiqlandi;

hisobot davrida belgilangan hujjatlarda ko‘rsatilgan topshiriqlarning ijrosi ta’minlandi hamda fuqarolarning barcha yozma va og‘zaki murojaatlariga o‘z muddatida javob berildi.

2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida ko‘zda tutilgan topshiriqlarning bajarilishi:

mazkur Davlat dasturining 267 raqamli topshirig‘i ijrosi quyidagi tashkilotlarga yuklatilgan: FA, OO‘MTV, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, FTA va OAK. Ushbu Davlat dasturi ijrosi yuzasidan OAK tomonidan maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilib, jumladan quyidagi taklif Fanlar akademiyasiga kiritildi (21.12.2017 y.; №01-08/1940);

oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha quyidagi hujjatlar loyihalari o‘rnatilgan tartibda manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Bosh prokuraturaga  kiritildi (28.12.2017 y.; №01-01/1967): O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

5. Boshqa ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PF–5264-son “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan buyruq imzolandi (№103, 01.12.2017 y.) va chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezi­denti­ning mazkur farmoni 7-bandi ijrosi yuzasidan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi sifati va samaradorligini yanada oshirish, shu jumladan ilmiy-tadqiqot faoliyati, uning natijalarini amaliyotga joriy etish tizimi hamda Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda takomillashtirish bo‘yicha tegishli takliflar tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etildi (08.02.2018 y.).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2017 yil 2 fevraldagi PQ–2752-son Qarori bilan tasdiqlangan “2017–2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi”ning 22-bandi, jumladan mansabdor shaxslar va boshqa xodimlar tomonidan o‘z mansab va xizmat vazifalarini bajarish sifatini va samaradorligini baholash mezonlari bo‘yicha OAK idoraviy hujjati loyihasi ishlab chiqildi va Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasiga kelishish uchun taqdim etildi (№01-10/0284, 28.02.2018 y.).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF–4958-son Farmoni ijrosi yuzasidan, jumladan quyidagilar amalga oshirildi:

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxatiga ilk bor 24.00.00–“Islomshunoslik fanlari” tarmog‘i kiritildi; Islomshunoslik fanlari oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxatiga 24.00.01–“Islom tarixi va manbashunosligi”, 24.00.02–“Qur’onshunoslik. Hadisshunos­lik”, 24.00.03–“Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot”, 24.00.04–“Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi” ixtisoslik­lari kiritildi;

Toshkent islom universiteti huzurida  ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashga “Dinshunos­lik” va “Islom tarixi va manbashunosligi” ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tuzildi;

tibbiyot fanlari bo‘yicha Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxatiga 14.00.39–“Toksikologiya”, 14.00.40–“Shoshilinch tibbiyot” ixtisos­liklari  kiritildi hamda ushbu ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzildi;

Oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxati yangi tahriri 3 tilda (o‘zbek, rus, ingliz) nashr qilindi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatining yangilangan 2018 yil tahriri chop etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti­ning 2018 yil 25 yanvardagi PQ-3494-son “Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risi­da”gi Qarori ijro uchun qabul qilinib buyruq imzolandi (№7, 26.01.2018 y.) va chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi (26.01.2018 y.). Mazkur qaror bilan tasdiqlangan “2018 yilda shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi”ining 8-bandi ijrosi yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi talabnomasi asosida:

tibbiyot fanlari bo‘yicha Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxatiga 14.00.40–“Shoshilinch tibbiyot” («Ekstrennaya medisina») ixtisos­ligi  kiritildi;

Sog‘liqni saqlash vazirligining murojaatiga (26.02.2018 y.; №8n-3/56) asosan Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi huzurida 14.00.40 – “Shoshilinch tibbiyot” ixtisosligi bo‘yicha, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot instituti huzurida 14.00.22–“Travmatologiya va ortopediya”, 14.00.28–“Neyro–xirurgiya” ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 yanvardagi 1-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 22 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida belgilangan topshiriq­larni so‘zsiz amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Rayosati bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan OAK bo‘yicha buyruq imzolandi (№2, 03.01.2018 y.). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Murojaatnomasida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan OAK Rayosati tomonidan tasdiqlangan (№247, 27.12.2017 y.) Oliy attestatsiya komissiyasi “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar, jumladan:

oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni, qarori hamda Vazirlar Mahkamasining qarori loyihalarini o‘z muddatida sifatli ishlab chiqishni ta’minlash;

oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari kengashlariga talabgorlarni bevosita dotsent ilmiy unvonida tasdiqlash va ilmiy unvon to‘g‘risidagi attestatni rasmiylashtirish huquqini berish bo‘yicha tegishli hujjatlarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy qilishni tashkil qilish;

eksperiment tarzida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari reytingida eng yuqori 10 talikka kirgan muassasalar huzurida faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarga talabgorlarni bevosita falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasida tasdiqlash va ilmiy daraja to‘g‘risidagi diplomni rasmiylashtirish huquqini berish bo‘yicha tegishli hujjatlarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy qilishni tashkil qilish bo‘yicha mas’ul xodimlar belgilandi va topshiriqlar ijrosi OAK Rayosatining har oy majlisida muhokama qilib borilishi belgilandi.   

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2017 yil 29 dekabrdagi 1399-III/QQ-283-III-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik muammo­lari va parlament tadqiqotlari institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori uchun qabul qilinib, buyruq imzolandi (№1, 04.01.2018 y.). Mazkur qo‘shma qarorda belgilangan vazifalar, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiya va avtoreferatlar ma’lumotlari elektron bazasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bilan birgalikda foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli texnik ishlar amalga oshirildi hamda mazkur Institut so‘roviga binoan OAK vakolati doirasida statistik, axborot-tahliliy va boshqa materiallarni taqdim etilishi bo‘yicha mas’ul xodimlar belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining 2017 yil 2 fevraldagi    04/2-214-son topshirig‘i ijro uchun qabul qilinib buyruq imzolandi (№12, 08.02.2018 y.). Mazkur buyruq asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasining “Onlayn maslahatchi” moduli orqali OAKga kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida qabul qilish va ularga tezkor hamda samarali maslahat berilishini ta’minlash bo‘yicha OAK Ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi va murojaatchilarga onlayn maslahat xizmatini ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasining “Onlayn maslahatchi” moduli faoliyatini tashkil etish yuzasidan berilgan Tavsiyalarga muvofiq tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining 2018 yil 14 fevraldagi 04/1-328-son topshirig‘i ijrosi yuzasidan davlat organlarida murojaatlar bilan ishlash samaradorligini va shaffofligini oshirish, bir-birini takrorlovchi tizimlarni qisqartirish, davlat organlariga kelib tushayotgan barcha murojaatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona tizim doirasida birlashtirishni ta’minlash maqsadida OAK veb-saytidagi OAK raisi virtual qabulxonasi tizimi faoliyati yakunlandi hamda murojaatlarni www.pm.gov.uz manzilidagi veb-sayt orqali OAKga yuborish imkoniyati haqidagi ma’lumot joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining 2018 yil 27 fevraldagi 04/2-425-son topshirig‘i ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5278-son Farmoni ijrosi doirasida OAK tomonidan ko‘rsatiladigan barcha davlat xizmatlari qayta xatlovdan o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining (22.02.2018 y., №1-8-4/1-248/8) “Davlat xizmatlari yagona reestrini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasiga tegishli takliflar shakllantirilib, OAK tomonidan Davlat xizmatlari yagona reestriga kiritish uchun 6 ta davlat xizmati Davlat xizmatlari agentligiga taqdim etildi. Ushbu takliflar Adliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 28 fevraldagi AV reg. 2976-son “Davlat xizmatlari yagona reestrini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlandi. Hozirgi kunda mazkur davlat xizmatlari reglamentlarini qayta ko‘rib chiqish va amaldagi me’yoriy-texnik hujjatlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi yig‘ilishining 5-son bayonida (12.01.2018 y., №14-11-1) belgilangan topshiriqlar ijro uchun qabul qilinib buyruq imzolandi (№3, 16.01.2018 y.) va chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi (16.01.2018 y.). Vazirlar Mahkamasining mazkur hujjatida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan OAK raisi va bosh ilmiy kotibining oylik ish rejalari tasdiqlanishi hamda mazkur rejalar ijrosi to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlarning Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentiga har oy yakunida sifatli taqdim etilishi, shuningdek ijro intizomini mustahkamlash va attestatsiya talablarining yagonaligini ta’minlash maqsadida OAK har bir mas’ul xodimining oylik ish rejasini ishlab chiqilishi va uning ijrosi bo‘yicha haftalik hisobotini tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

2017 yilda Vazirlar Mahkamasi apparati, vazirliklar, idoralar va xo‘jalikbirlashmalari hamda mahalliy hokimiyat organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi Rayosati bayonida (19.02.2018 y., №23) belgilangan topshiriqlar ijro uchun qabul qilinib buyruq imzolandi (№16, 23.02.2018 y.) va chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Vazirlar Mahkamasining mazkur bayonida belgilangan topshiriqlar va OAKda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari OAK Rayosati majlisida muhokama qilindi (28.02.2018 y.).

Vazirlar Mahkamasining mazkur hujjatida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan hududlarda, jumladan joriy yilning yanvar`–mart oylarida Buxoro, Farg‘ona, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida hamda Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy jamoat va tadqiqotchilar uchun sayyor qabullar tashkil qilindi. Sayyor qabullarda jami 1145 nafar  kishi ishtirok etib, 562 ta savolga tushuntirish berildi, 103 nafar tadqiqotchiga uslubiy yordam ko‘rsatildi.

OAK tarkibiy bo‘linmalarida hukumat qarorlari va topshiriqlari ijrosining tashkil etilishi, ijro intizomi samaradorligini ta’minlash yuzasidan joriy yilning yanvar–mart oylarida OAK Axborot-tahlil bo‘limi (Dalolatnoma №1, 31.01.2018 y.), Monitoring bo‘limi (Dalolatnoma №2, 28.02.2018 y.) va Kotibiyatida (Dalolatnoma №3, 30.03.2018 y.)  maqsadli o‘rganishlar o‘tkazilib, o‘rganish natijalari bo‘yicha mazkur bo‘linmalarda ijro intizomini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

OAKda ijro intizomi holatining kunlik, haftalik va oylik nazorati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2018 yilning 1-choragi yakunlari bo‘yicha yuqori tashkilotlardan jami 41 ta hujjatning bugungi kundagi ijrosi, jismoniy va yuridik shaxslarning 90 ta murojaatlari ijrosi muddatida ta’minlangan.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi  304-son «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan, jumladan quyidagilar amalga oshirilmoqda:

oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sohasida qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini ilmiy jamoatchilikka etkazish rejasiga muvofiq joriy yilning yanvar`-mart oylarida Buxoro, Farg‘ona, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida hamda Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan yosh olimlar va ilmiy tadqiqotchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilindi;

oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi sharoitida 394 nafar tadqiqotchi falsafa doktori (PhD) va 198 nafari fan doktori (DSs) ilmiy darajalarida tasdiqlandi.

Ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha hisobot davrida yuqori tashkilotlardan 50ta (2017 yilning shu davrida 59 ta, 84,7%) hujjat kelib tushib, shundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1(4 ta, 25%)ta farmoni, 1(3 ta, 33,3%) ta qarori hamda Hukumatning 2(3 ta, 66,6%) ta qaror va farmoyishlari kelib tushgan. Hisobot davrida belgilangan topshiriq­larning bajarilishi ta’minlandi.

2018 yilning I choragida OAKga jismoniy va yuridik shaxslardan 96ta (135 ta, 71,1% ) murojaat kelib tushib (23 ta og‘zaki, 73ta yozma), barcha murojaatlarga o‘z vaqtida javob berildi.

Yuklab olish: OAK-hisobot-2018-I-chorak.pdf 

Yangiliklarga obuna bo‘lish