2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ–2752-sonli qarori bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2017–2018 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturida belgilangan vazifalar hamda mazkur dasturning tegishli bandari ijrosini ta’minlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining idoraviy chora-tadbirlar rejasiga muvofiq quyidagilar amalga oshirilib, jumladan:
Davlat dasturi”ning 22-bandi ijrosi yuzasidan, jumladan mansabdor shaxslar va boshqa xodimlar tomonidan o‘z mansab va xizmat vazifalarini bajarish sifatini va samaradorligini baholash mezonlari bo‘yicha OAK idoraviy hujjati loyihasi ishlab chiqildi va Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasiga kelishish uchun taqdim etildi.
Davlat dasturinnig 48-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining 2017 yil 29 dekabrdagi 3-sonli majlis qarori bilan tasdiqlangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida korrupsiyaning holatini, uning jihatlarini, ko‘lamini, o‘sish sur’atlarini hamda tendensiyalarini, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan davlat siyosatining samaradorligini milliy, hududiy va sohalar kesimida o‘rganishni nazarda tutuvchi ijtimoiy, maxsus, ilmiy, innovatsion va boshqa tadqiqotlarni o‘tkazish Rejasi”ning 18-bandi ijrosi bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi.
Reja asosida joriy yilning yanvar`-iyun` oylarida jami 39 ta ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar faoliyati maqsadli o‘rganildi. O‘rganishning maqsadi ilmiy kengashlarda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonlarining OAK nizomlari talablariga muvofiq tashkil etilishi va korrupsiya holatlarini keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash va ularning oldini olishni ta’minlashdan iborat.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim sohasini yanada takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatida yoshlarning intellektual salohiyatini har tomonlama namoyon etishiga imkoniyatlarni kengaytirish, davlat attestatsiyasining barcha bo‘g‘inlarida talablarning yagonaligini tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ta’minlash yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. OAK Rayosatida jami 1102 ta attestatsiya ishi ko‘rib chiqildi. 154 nafar talabgor fan doktori ilmiy darajasida, 432 nafar talabgor falsafa doktori ilmiy darajasida, 98 nafar talabgor professor, 73 nafar talabgor katta ilmiy xodim va 316 nafar talabgor dotsent ilmiy unvonlarida tasdiqlandi hamda 3 ta fan doktori, 19 ta fan nomzodi va 18 ta PhD diplomi nostrifikatsiya qilindi. OAK Rayosatida 21 ta attestatsiya ishlariga rad javobi berildi.
OAK faoliyatining ochiqligini ta’minlash to‘g‘risida.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng ilmiy jamoatchilikka yetkazish yuzasidan «Ma’rifat» (30.06.2018 y., №52) va «Yoshlar ovozi» (26.06.2018 y., №74) gazetalarida oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi holati bo‘yicha maqolalar e’lon qilindi (A.Yusupov).
Samarqand (06.06.2018 y.) va Namangan (26.06.2018 y.) viloyatida oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi holati bo‘yicha radioefirda chiqish qilindi (A.Yusupov).
Oliy attestatsiya komissiyasida akkreditatsiyadan o‘tkazilgan OAV vakillari ishtirokida O‘zbekison Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF–4958-son Farmoni ijrosi bo‘yicha press-konferensiya tashkil qilindi (28.06.2018 y.).
Oliy attestatsiya komissiyasining Fasebook ijtimoiy tarmog‘i sihifasida (https://www.facebook.com/oakuzbekistan) quyidagi takliflar fuqarolarning fikr va mulohazarini o‘rganish maqsadida joylashtirildi:
- Xorijiy mutaxassislarning ilmiy rahbar/maslahatchilik qilishini e’tiborga olgan holda talabgorlarga 2 nafar ilmiy rahbar/maslahatchini biriktirish bo‘yicha taklif;
- Falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalari bo‘yicha impakt-faktorga ega jurnallarda qancha maqola chop etish va talabni amaliyotga joriy etish muddati bo‘yicha taklif;
- Falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalari bo‘yicha Xirsh indeksini qo‘llash hamda ilmiy darajalarga taqdim etish muddatlarini teng yarmiga qisqartirish yuzasidan taklif;
- “Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 25-bandiga ilmiy unvonlarga taqdim etish muddatlarini 50%ga qisqartirish bo‘yicha taklif.
- OAK ijtimoiy tarmoqlari sahifalarida 407 nafar obunachilar hisobga olindi.
OAK axborot xizmati faoliyati to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekbrdagi 365-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida OAK apparati tuzilmasida matbuot kotibi lavozimi bo‘lmagan, OAK apparati tuzilmasiga matbuot kotibi lavozimini kiritish bo‘yicha taklif ishlab chiqilib, Moliya vazirligiga kiritildi.
Fasebook va Telegram ijtimoiy tarmog‘ida OAK sahifasi ochildi va ularga davriy ravishda yangi ma’lumotlar joylashtirilib borilmoqda.
OAK oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan dolzarb masalalarni muhokama qilish va sayyor qabullarni tashkil etish maqsadida quyidagi viloyatlar oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida uchrashuv va sayyor qabullar tashkil qilinib, jumladan:
– Samarqand viloyatida ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar va ilmiy unvonlarga talabgorlar bilan 6 iyun` kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutida uchrashuv va sayyor qabul tashkil qilindi;
– Toshkent shaharida ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar va ilmiy unvonlarga talabgorlar bilan 22 iyun` kuni O‘zbek tili va adabiyoti va fol`klor institutida uchrashuv va sayyor qabul tashkil qilindi;
– Namangan viloyatida ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar va ilmiy unvonlarga talabgorlar bilan 26 iyun` kuni Namangan muhandislik-texnologiya institutida uchrashuv va sayyor qabul tashkil qilindi.
OAKda “Ma’rifat”, “Yoshlar ovozi”, “O‘zbekiston ovozi”, “Til va adabiyot ta’limi”, “Sharq mash’ali”, “Fan sportga”, “Zamonaviy ta’lim”, “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar”, “Xalqaro moliya va hisob” gazeta, jurnal va elektron jurnal tahririyati vakillari akkreditatsiyadan o‘tkazildi
Axborotni elektron shaklda tarqatish samaradorligi to‘g‘risida.
OAKning rasmiy veb-saytida (http://oak.uz/) quyidagi nomativ-huquqiy hujjatlar joylashtirildi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekbrdagi 365-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi to‘g‘risida nizom”, “OAK Kotibiyati to‘g‘risidagi nizom”, “OAK Axborot-tahlil bo‘limi to‘g‘risidagi nizom”, “OAK Monitoring bo‘limi to‘g‘risidagi nizom”, “OAK Buxgalteriyasi to‘g‘risidagi nizom”lar;
“Akkreditatsiyadan o‘tkazilayotgan ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom” hamda “Akkreditatsiyadan o‘tkazilayotgan ommaviy axborot vositalari vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom”;
OAK Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/3-son qarori bilan tasdiqlangan “Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizom”, OAK Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/4-son qarori bilan tasdiqlangan “Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom”, OAK Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/5-son qarori bilan tasdiqlangan “Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom”, OAK Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/6-son qarori bilan tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom”, OAK Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/7-son qarori bilan tasdiqlangan “Ekspert kengashi to‘g‘risidagi nizom”lar;
OAK Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/8-son qarori bilan tasdiqlangan “Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalari”, OAK Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/9-son qarori bilan tasdiqlangan “Dissertatsiyalar ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishini baholash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar”;
OAK Rayosatining 2017 yil 27 iyundagi 240/11.3-son qarori bilan tasdiqlangan “Dissertatsiya himoyasi haqidagi ma’lumotlarni OAK veb-sayti va «OAK Byulleteni»da e’lon qilish tartibi”, OAK Rayosatining 2018 yil 6 yanvardagi 248/2-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi kollegial organlari ochiq majlislarida axborotdan foydalanuvchilarning hozir bo‘lishi tartibi”;
OAK Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/5-son bilan tasdiqlangan “Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori;
OAK Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/7-son bilan tasdiqlangan “Ekspert kengashi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori;
OAK Rayosatining 2017 yil 29 martdagi 236/3-son qarori bilan tasdiqlangan “Talabgorlarning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatga layoqatini aniqlash bo‘yicha test o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”ning bekor qilinishi to‘g‘risidagi qarori;
OAK Rayosatining 2018 yil 6 yanvardagi 248/2-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida jismoniy va yuridik shaxslarning taklif, ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqishning asosiy qoidalari”;
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyati bo‘yicha ma’lumotlarni olish tartibi”;
OAK Rayosatining 2018 yil 6 yanvardagi 248/2-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati majlisida axborotlardan foydalanuvchilarning ishtirok etish tartibi”;
«Fan doktori (Doctor of Science, DSc) ilmiy darajasini berish» davlat xizmati, «Falsafa doktori (Doctor of Philosophy, PhD) ilmiy darajasini berish» davlat xizmati, «Professor ilmiy unvonini berish» davlat xizmati, «Dotsent ilmiy unvonini berish» davlat xizmati, «Katta ilmiy xodim ilmiy unvonini berish» davlat xizmati, «Ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash» davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va reglamentlar;
Shuningdek,OAK rasmiy veb-sayti (http://feedback.oak.uz/)da oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasiga oid ma’lumotlarni olish bo‘yicha elektron talabnomalarni yuborish onlayn xizmati ishga tushirildi;
OAK rasmiy veb-sayti (http://feedback.oak.uz/)da oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasiga oid ma’lumotlarni olish bo‘yicha elektron talabnomalar ijrosini onlayn nazorat qilish xizmati ishga tushirildi;
“OAK Byulleteni” jurnalining 2018 yil 2-son nashri va “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi sharoitida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarida tasdiqlangan mutaxassislar to‘g‘risidagi ma’lumotlar” 2 jildli kitobi nashr qilinishi uchun tayyorlandi.
Jamoatchilik komunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida.
OAK rasmiy veb sayti (http://oak.uz)da aholi bilan qayta aloqaning “tezkor aloqa” xizmati ishga tushirildi;
OAK faoliyatiga oid ma’lumotlarni OAK Fasebook va Telegram ijtimoiy tarmoqlarida ochilgan sahifalari yordamida olish imkoniyati yaratildi;
OAK rasmiy veb-sayti (http://oak.uz)ning Android qurilmalarda foydalanishga mo‘ljallangan mobil ilova ishlab chiqildi.
Yuklab olish: Antikorrupsiya_boyicha_davlat_dasturi.pdf