Egamberdiev Jasurbek Jahongirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Izohli lug‘atlarda fan-texnika terminlarini kodifikatsiya qilish tamoyillari” 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Fil910.
Ilmiy rahbar: Umarxodjaev Muxtor Eshonxodjaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
          Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.10.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Hamidulla Dadaboev, ikkinchi rasmiy opponent filologiya fanlari doktori, professor Dildora Hoshimova, uchinchi rasmiy opponent filologiya fanlari doktori, dotsent Ilhomjon Madrahimov. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston fanlar akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi turli davrlarda chop etilgan lug‘atlarda fan-texnika terminlarining kodifikatsiyalanishi hamda ularning son va sifat ko‘rsatkichlari xususiyatlarini ochiqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
  jahon lug‘atshunosligi amaliyotida so‘zlarni aniqlash, definisiyalash va izohlash tamoyillari asosida umumfilologik, terminologik hamda ensiklopedik lug‘atlarda terminlarning semantik mazmunini chuqur ochib berish barobarida ularning qo‘llanish doirasi, funksional imkoniyatlarini aniq belgilashga qaratilgan tavsiyalar tizimli yondashuv asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, ular empirik misollar orqali ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan va tadqiqot natijalari bilan dalillangan;
o‘zbek, ingliz, rus tillaridagi izohli lug‘atlar hamda turli manbalarda “termin” va “terminologiya” atamalarining ta’rifi va semantik mazmuni etarli darajada yoritilmaganligi aniqlanib, mazkur tadqiqot doirasida ushbu atamalarning to‘liq ta’rifi, shuningdek, zamonaviy lingvistik tizimdagi maqomi asoslangan; 
lug‘at tilning fonemik, morfemik, leksik, frazeologik, orfoepik me’yorlari, so‘zlarning funksional-semantik xususiyatlari hamda etimologiyasiga doir majmuaviy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, ilmiy, amaliy, tarixiy va madaniy qiymatga ega bo‘lgan, shuningdek, til o‘rganishning kundalik ehtiyojlariga xizmat qiluvchi universal lingvodidaktik resurs ekanligi ochib berigan;
soha terminlarini kodifikatsiyalash jarayoni lug‘atlarning tadrijiy rivojlanish tendensiyalari bilan bevosita bog‘liq ekanligi, lug‘atlar evolyusiyasi esa, o‘z navbatida, muayyan tarixiy davrlar, xususan, ijtimoiy-siyosiy sharoitlar, fan va ta’lim taraqqiyoti bilan shartlanganligi dalillangan;
izohli lug‘atlar tuzilishi davlatchilikning milliy madaniyat, davlat suvereniteti, davlat tilining rasmiyligi kabi tamoyillarining shakllanishi, tilning ijtimoiy, siyosiy hamda madaniy funksiyalarining kuchayishi bilan chambarchas bog‘liq ekanligi, ayniqsa, o‘zbek tilining to‘liq qamrovli, son va sifat jihatidan yuksak darajadagi izohli lug‘atlari, asosan, mamlakatning mustaqillik davrida, milliy tiklanish va o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgandan keyingi davrlarda shakllangani zamonaviy lug‘atshunoslik rakursida isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida: 
jahon lug‘atshunosligi amaliyotida so‘zlarni aniqlash, definisiyalash va izohlash tamoyillari asosida umumfilologik, terminologik hamda ensiklopedik lug‘atlarda terminlarning semantik mazmunini chuqur ochib berish barobarida ularning qo‘llanish doirasi, funksional imkoniyatlarini aniq belgilashga qaratilgan tavsiyalar tizimli yondashuv asosida ishlab chiqilganligi, ularning empirik misollar orqali ilmiy-nazariy jihatdan asoslanganligi va tadqiqot natijalari bilan dalillanganligiga oid xulosalardan 2021-2023 yillarda Qarshi davlat universitetida amalga oshirilgan SUZ-800-21GR-381 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida “General English” kurslarida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025 yil 29 yanvardagi 04/328-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ilmiy dalillar bilan boyitildi, xususan, fan-texnika sohasiga oid terminlar ma’nolarini to‘g‘ri tushunish va o‘quv jarayoniga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etgan;
o‘zbek, ingliz, rus tillaridagi izohli lug‘atlar hamda turli manbalarda “termin” va “terminologiya” atamalarining ta’rifi va semantik mazmuni etarli darajada yoritilmaganligi, tadqiqot doirasida ushbu atamalarning to‘liq ta’rifi, shuningdek, zamonaviy lingvistik tizimdagi maqomi asoslanganligiga oid natijalardan Qarshi davlat universitetida 2022-2024 yillarda amalga oshirilgan, Toshkentdagi AQSh elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan “The English Access Micro Scholarship Program” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025 yil 1 fevraldagi 04/377-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha fan-texnika sohasining zamonaviy yo‘nalishlaridan bo‘lgan sun’iy intellekt, kosmonavtika, kompyuter texnologiyalari, medisina va boshqa sohalar terminlarining semantik funksiyalari xususidagi tavsiya va ishlanmalar bilan boyitilgan;
lug‘at tilning fonemik, morfemik, leksik, frazeologik, orfoepik me’yorlari, so‘zlarning funksional-semantik xususiyatlari hamda etimologiyasiga doir majmuaviy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, ilmiy, amaliy, tarixiy va madaniy qiymatga ega bo‘lgan, shuningdek, til o‘rganishning kundalik ehtiyojlariga xizmat qiluvchi universal lingvodidaktik resurs ekanligi asoslanganligiga oid xulosalardan 2021-2013 yillarda “Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3-2019081773-raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha qisqacha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanildi (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025 yil 5 martdagi 01/04-189-son ma’lumotnomasi). Natijada lug‘at ilmiy dalillar bilan boyitildi, xususan, o‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari sohasiga oid terminlar ma’nolarini to‘g‘ri tushunish va o‘quv jarayoniga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etgan;
soha terminlarini kodifikatsiyalash jarayoni lug‘atlarning tadrijiy rivojlanish tendensiyalari bilan bevosita bog‘liq ekanligi, lug‘atlar evolyusiyasi esa, o‘z navbatida, muayyan tarixiy davrlar, ijtimoiy-siyosiy sharoitlar, fan va ta’lim taraqqiyoti bilan shartlanganligi dalillanganligiga oid xulosalardan 2022-2023 yillardagi “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va mul`timedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plami yaratish” mavzusidagi F3-2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek fol`klor san’ati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-inglizcha-nemischa izohli lug‘ati”ni yaratishda samarali foydalanildi (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025 yil 5 martdagi 1/04-190-son ma’lumotnomasi). Natijada lug‘at ilmiy dalillar bilan boyitildi, xususan, o‘zbek fol`klor san’ati sohasiga oid terminlar ma’nolarini to‘g‘ri tushunish va o‘quv jarayoniga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etdi;
izohli lug‘atlar tuzilishi davlatchilikning milliy madaniyat, davlat suvereniteti, davlat tilining rasmiyligi kabi tamoyillarining shakllanishi, tilning ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy funksiyalarining kuchayishi bilan chambarchas bog‘liq ekanligi, ayniqsa, o‘zbek tilining to‘liq qamrovli, son va sifat jihatidan yuksak darajadagi izohli lug‘atlari, asosan, mamlakatning mustaqillik davrida, milliy tiklanish va o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgandan keyingi davrlarda shakllangani zamonaviy lug‘atshunoslik rakursida isbotlanganligiga oid ilmiy natijalar va materiallardan 2023-2024 yillarda O‘ZMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanildi. Ko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallar tavsiya etilgan maqolalar bilan mazmunan boyitildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025 yil 7 martdagi 26-36-957-son ma’lumotnomasi). Natijada teleradiokompaniya ko‘rsatuvlarida ushbu dissertatsiya natijalaridan foydalanish o‘zining ijobiy samarasini berdi. Ko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni chuqurlashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan hamda ko‘rsatuv va eshittirishlarda ko‘tarilgan masalalarning ilmiy asosi kuchaytirilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish