Alixasanova Zulfiya Fizulievnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Lingvopragmaticheskie osobennosti floristicheskoy kartini mira v sravnitel`no sopostavitel`nom aspekte», 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4398.
Ilmiy rahbar: Djumanova Dilbar Rahimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Siddiqova Iroda Abduzuxurovna filologiya fanlari doktori, professor, Bakirov Poyan Uralovich filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi rus, o‘zbek va ozarbayjon tillarida olamning floristik manzarasiga xos lingvopragmatik xususiyatlarni qiyosiy-chog‘ishtirma tadqiq qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rus, o‘zbek va ozarbayjon tillari misolida leksik-semantik xususiyatlar hamda milliy-madaniy konnotatsiyalar yordamida namoyon bo‘ladigan olamning lisoniy, milliy va floristik manzaralar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va ularning shakllanishida floronimlarning bog‘lovchi ahamiyati madaniyatlararo tahlil orqali asoslangan;
rus, o‘zbek va ozarbayjon tillarida floronimlarning motivatsion-nominativ xususiyatlari universal hamda milliy o‘ziga xos jihatlarni yoritish natijasida namoyon bo‘ladigan so‘z yasalish va etimologik tahlil usullari orqali aniqlangan;
floronimik birliklarning pragmatik xususiyatlari, jumladan, ularning Muqaddas bitik matnlarida ramziy, didaktik, qiyosiy va tavsiflovchi funksiyalari qiyosiy-chog‘ishtirma hamda semantik tahlil usullari orqali isbotlangan;
madaniyatlararo tahlil usuli orqali insonni idrok etishning universal va o‘ziga xos modellari, uning ijtimoiy aloqalari hamda qadriyatlar tizimini aks ettiruvchi mikromatnlarda uchraydigan floronimlarning semantik, milliy-madaniy va pragmatik xususiyatlari aniqlanib, floronimlar olamning milliy manzarasi tarkibidagi asosiy element sifatida belgilangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olamning floristik manzarasini lingvopragmatik jihatdan qiyosiy-chog‘shtirma tadqiq qilish asosida:
rus, o‘zbek va ozarbayjon tillari misolida leksik-semantik xususiyatlar hamda milliy-madaniy konnotatsiyalar yordamida namoyon bo‘ladigan olamning lisoniy, milliy va floristik manzaralar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va ularning shakllanishida floronimlarning bog‘lovchi ahamiyati madaniyatlararo tahlil orqali asoslash; lingvistik tahlil o‘tkazish, xususan, o‘rganilayotgan tillarda floronimlarning hosilaviy, motivatsion-nominativ va semantik xususiyatlarini tahlil qilish kabi jihatlari qiyoslash, chog‘ishtirish orqali o‘rganilganligiga doir ilmiy-nazariy xulosalaridan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan ITD-2021-202298754 raqamli “Bo‘lajak o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilari uchun ko‘p tilli lingvopoetik qiyosiy-elektron platformasini yaratish” fundamental loyihasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 05-noyabrdagi 11-05-6340/03-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyiha doirasida o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilari uchun ko‘p tilli lingvopoetik qiyosiy-elektron platformasi resurslar bilan boyitilgan;
dissertatsiyaning rus, o‘zbek va ozarbayjon tillarida floronimlarning motivatsion-nominativ xususiyatlari universal hamda milliy o‘ziga xos jihatlarni yoritish natijasida namoyon bo‘ladigan so‘z yasalish va etimologik tahlil usullari orqali aniqlash hamda rus, o‘zbek va ozarbayjon tillari misolida leksik-semantik xususiyatlar va milliy-madaniy konnotatsiyalar yordamida namoyon bo‘ladigan olamning lisoniy, milliy va floristik manzaralar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikga doir ilmiy natijalar va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti tomonidan 2020-2022 yillarda o‘tkazilgan “Erudit” shifrli yopiq innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 24-dekabrdagi 10/2628-son ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion loyiha doirasida dastur, elektron resurslar, nazariy va amaliy materiallar tayyorlash uchun samarali manba bo‘lib xizmat qilgan;
rus, o‘zbek va ozarbayjon tillarida floronimlarning motivatsion-nominativ xususiyatlari universal hamda milliy o‘ziga xos jihatlarni yoritish natijasida namoyon bo‘ladigan so‘z yasalish hamda etimologik tahlil usullari orqali aniqlanganligi hamda floronimik birliklarning pragmatik xususiyatlari, jumladan, ularning Muqaddas bitik matnlarida ramziy, didaktik, qiyosiy va tavsiflovchi funksiyalari qiyosiy-chog‘ishtirma hamda semantik tahlil usullari orqali isbotlanganligiga oid natija va xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2025-yilda o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori ma’lumotlar bazasini yaratishda Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion grant loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 11-apreldagi 01/4-1348-son ma’lumotnomasi). Natijada taqdim etilgan xulosalar loyiha mazmun-mohiyatini boyitgan;
madaniyatlararo tahlil usuli orqali insonni idrok etishning universal va o‘ziga xos modellari, uning ijtimoiy aloqalari hamda qadriyatlar tizimini aks ettiruvchi mikromatnlarda uchraydigan floronimlarning semantik, milliy-madaniy va pragmatik xususiyatlari aniqlanib, floronimlar olamning milliy manzarasi tarkibidagi asosiy element sifatida isbotlanganligi haqidagi ilmiy natija va takliflardan O‘zbekiston rus milliy madaniy markazi Sirdaryo viloyati bo‘limi tomonidan 2021-2022 yillarda 69-06/105 sonli “Millatlararo totuvlik va barqarorlikni yanada rivojlantirish” amaliy grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston rus milliy madaniyat markazi Sirdaryo viloyati bo‘limining 2025-yil 17-yanvardagi 0125-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan nazariy va amaliy materiallarni tayyorlash uchun muhim manba vazifasini bajargan;
o‘zbek va ozarbayjon tillarida floronimlarning motivatsion-nominativ xususiyatlari universal hamda milliy o‘ziga xos jihatlarni yoritish natijasida namoyon bo‘ladigan so‘z yasalish hamda etimologik tahlil usullari orqali aniqlanganligi hamda floronimik birliklarning pragmatik xususiyatlari, jumladan, ularning mikromatnlar, Muqaddas bitik matnlarida didaktik, tavsiflovchi va metaforik funksiyalari qiyosiy-chog‘ishtirma va semantik tahlil usullari asosida isbotlanganligiga doir materiallardan Ozarbayjon Respublikasi Ozarbayjon milliy fanlar akademiyasi Nasimiy nomidagi Tillar instituti tomonidan 2022-2025-yillarga mo‘ljallangan O‘A-21-24 raqamli “O‘zbek-ozarbayjon adabiy tili va aloqalari” mavzusidagi fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (Ozarbayjon milliy fanlar akademiyasi Nasimiy nomidagi Tillar institutining 2025-yil 16-apreldagi ITD-00-33-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha mazmuni o‘zbek va ozarbayjon lingvomadaniyatlariga xos kontent, matn va resurslar bilan boyitilgan.