Ziyadullaev Ilxom Oblakulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nemis tilida fe’l-neologizmlarning verbotsentrik xususiyatlari”, 10.00.04 – Evropa, Amerika, Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil270.
Ilmiy rahbar: Ismailov Yusub Niyazmetovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshid Zaynievich filologiya fanlari doktori, professor; Axmedov Anvar Botirovich, filolofiya bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi hozirgi nemis adabiy tilida fe’l-neologizmlarning integratsiya jarayonidagi verbotsentrik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
semantik derivatsiya mexanizmlari yordamida paydo bo‘lgan fe’l-neologizmlarining yangi leksik semantik variantlari asl fe’ldan konnotativ, qo‘llanilish sohasi va sintaktik strukturasi bilan farqlanishi nemis tili materialida gap bo‘laklari o‘rtasidagi subeksentrizm, subekt-predikat va verbosentrizm kabi ierarxiya munosabatlarini asoslash orqali aniqlangan;
verbotsentrik konsepsiyasida gapning fe’l-predikati valentlik tashuvchisi sifatidagi xususiyati, boshqa bo‘laklarning unga tobelik munosabati, valentlikni boshqaruvchi aktant va sirkosantlar boshqa gap bo‘laklari bilan majburiylik va ixtiyoriylik asosida ifodalanishi Valentlik tahlili hamda aktant va sirkonstantlarning sintaktik distribusiyasi asosida isbotlatgan;
fe’l-neologizmlarning paydo bo‘lishi, shakllanishi, tilga singishini, til sathlariga integratsiya jarayonidagi lingvistik belgilari, turlarga tasniflanishi va paradigmatik munosabatlarda sinonimiya, antonimiya, gipo-giperonimiya xususiyatlari transformatsion-sintaktik tahlil orqali asoslangan;
nemis tilida fe’l-neologizmlarning valentligi bo‘yicha gap modellari orasida bir valentli (bir majburiy, bir majburiy va bir ixtiyoriy, ikki va uch ixtiyoriy) va ikki valentli sintaktik qurilmalar (ikki majburiy, ikki majburiy va bir ixtiyoriy, ikki, uch ixtiyoriy) ustuvorligi valentlik modelini aniqlashda sintaktik-pozision tahlil usuli orqali isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nemis tilida fe’l-neologizmlarning verbotsentrik xususiyatlarini tadqiq etishdan olingan natijalar asosida:
nemis tili materialida gap bo‘laklari o‘rtasidagi subeksentrizm, subekt-predikat va verbotsentrizm kabi ierarxiya munosabatlarining tilshunoslikdagi terminologik ahamiyati dalillanganiga oid xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida amalga oshirilgan “O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining nofilolgik fakultetlarida bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha nemis tili fanini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishga oid darslik yaratish” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 27-dekabrdagi 89-03-4484-son ma’lumotnomasi). Natijada darslik mazmuni verbotsentrizm, fe’l valentligi, neologiya, neologizm, neografiya, konversiya kabi lug‘aviy birliklarning ma’nolari bilan boyitilgan;
verbotsentrik konsepsiyasida gapning fe’l-predikati valentlik tashuvchisi sifatidagi xususiyati, boshqa bo‘laklarning unga tobelik munosabati, valentlikni boshqaruvchi aktant va sirkosantlar boshqa gap bo‘laklari bilan majburiylik va ixtiyoriylik asosida ifodalanishi hamda ushbu ilmiy nazariyada o‘ziga xos “bo‘shliq”lar mavjudligi isbotlanganiga doir taklif va tavsiyalardan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi ICM, KA-107-International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projecs” (Evropa ittifoqi hamda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasidagi kredit safarbarligi) mavzusidagi 2019–2022-yillarda amalga oshirilgan xalqaro loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 14-avgustdagi 137a-son ma’lumotnomasi). Natijada fe’l-neologizmlarning tavsifi, klassifikatsiyasi, turdosh tushunchalardan farqlanish mezonlari, assimilyasiya jarayonida grammatik, fonetik, orfografik o‘zgarishlari, shuningdek, ularning lingvomadaniy va milliy-madaniy xususiyatlari ochib berilgan;
fe’l-neologizmlarning paydo bo‘lishi, shakllanishi, tilga singishi, til sathlariga integratsiya jarayonidagi lingvistik belgilari turlarga tasniflanishi va paradigmatik munosabatlarda sinonimiya, antonimiya, gipo-giperonimiya xususiyatlari negizida asoslangani borasidagi xulosalardan 2020–2023-yillarda amalga oshirgan Evropa Ittifoqining Erasmus+dasturi ICM, KA-107-International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projecs between Uzbek State University of world languaGES (Uzbekistan) and Ruhr University Bochum (Germany) – 2020-1-DE01-KA107-005433-(Evropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Boxumdagi Rur universiteti (Germaniya) o‘rtasidagi kredit safarbarligi) mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 14-avgustdagi 137b-son ma’lumotnomasi). Natijada nemis tilida fe’l-neologizmlar gap sintaktik strukturasi valentligiga ko‘ra o‘rganilgan, verbalizatsiya, prefiksatsiya, suffiksatsiya, so‘z qo‘shilish, semantik derivatsiya, so‘z kengayishi va torayishi, teleskopiya, kontaminatsiya kabi lingvistik hodisalarning fe’l-neologizm valentligiga ta’sir doirasi izohlangan;
nemis tilida fe’l-neologizmlarning valentligi bo‘yicha gap modellari orasida bir valentli (bir majburiy, bir majburiy va bir ixtiyoriy, ikki va uch ixtiyoriy) va ikki valentli sintaktik qurilmalar (ikki majburiy, ikki majburiy va bir ixtiyoriy, ikki, uch ixtiyoriy) ustuvorligi tasniflash usuli orqali isbotlangani borasidagi ilmiy-nazariy mulohazalar 2022-yilning 12-mayda “O‘zbekiston va Germaniya yosh germanshunos olimlar onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi”da qilingan “Hozirgi zamon nemis tilida neologizmlarning til lug‘at tarkibini yangilashdagi o‘rni” mavzusidagi ma’ruzada jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilgan (O‘zbekiston-Germaniya Do‘stlik jamiyatining 2023-yil 21-iyuldagi OD-06-son ma’lumotnomasi). Natijada tezisda keltirilgan fe’l-neologizmlarning paradigmatik munosabatdagi enantiosimiya, giponimiya kabi lingvistik hodisalar izohi konferensiya materiallarini boyitgan.